Assalomu alaykum.
Ulomolarimiz Allohning muhabbatiga erishishlik Rasululloh (s.a.v.)ning sunnatlariga to'liq ergashish bilan bo'ladi deydilar. Rasuli akram (s.a.v.)ning sunnatlaridan biri tahajjud namozi o'qishlikdir. Kelinglar azizlar kechalari tahajjud namozlari o'qiylik va Allohning muhabbatiga erishishga intilaylik.
Kechaning uchdan biri qolganda Robbimiz dunyo osmoniga tushib "Kim duo qiladi ijobat qilaman, kim istig'for aytadi mag'firat qilaman" deganda tahajjud namozlari o'qiylik azizlar. Va sajdada Allohga duo qilaylik, bir-birimizni haqqimizga duo qilaylik. Zero sajdada qilingan duolar va g'oyibning g'oyibga qilgan duosi tez ijobat bo'ladi inshaalloh.