Yana bir savolda. Rosa ezma bola ekan bu deb o'ylayotgan bo'lishingiz mumkin. Balki gaplarim kulgili ham tuyulayotgandir. O'zi diniy masalalarga kamdan-kam aralashaman. Faqat menda savol tug'ilgandagina so'rayman xolos. Eslatib o'taman, men quyidagi fikrlarim bilan biron narsaga qarshi chiqmoqchi emasman, shunchaki o'zimga MA'LUMOT olmoqchiman. Biron narsani bilmasdan yurgandan ko'ra, so'rab bilib olgan ma'qulroq men uchun.
1. Yangi yil xususida. Avvalo yangi yilni Rojdestvo bilan farqi bor-yo'qligini bilmoqchiman. Nasorolarda Rojdestvo bayrami 26 dekabrdan boshlanadi. Va yana bir qancha diniy tadbirlari mavjud. Bu o'z yo'liga. Bunday diniy tadbirlar biz uchun harom. Bu aniq. Lekin yangi yilni kutib olishni nasoro diniga biron aloqasi bormi? Buni so'rayotganimni boisi, hatto Nasoro dini peshvolari ham o'z dini ahliga Yangi yil bilan Rojdestvoni aralashtirmasliklarini so'rab kelishadi. Rojdestvo bayrami siymosi sifatida Santa Klausni olishiga ular ham qarshilik qilishadi. Diniy bayramni Dunyoviyga aylantirmanglar degan hayqiriqlar bilan chiqishi haqida eshitgan joyim ham bor.
Aslida Islomda ham Hijriy taqvim bo'yicha yangi yil kirib kelganda "yangi yilingiz bilan" deya qutlanadi, tabriklanadi. Milodiy taqvim bo'yicha ham xuddi shunday qutlovlar berish mumkin emasmi?
Uzoqqa bormasdan, oddiy misol sifatida o'zimdan keltirsam. Bizning oilamizda ham har yangi yil kelishi arafasida dasturxon yoziladi. Yangi yilni xush kayfiyatda kutib olish va yil bo'yi ushbu xush kayfiyat hamroh bo'lishi uchun ham shunday qilamiz. Agar Qashqadaryoda bo'lsak, unda yangi yil kirgandan so'ng barcha qarindoshlarnikiga mehmon bo'lib kirib chiqamiz. Yangi yilda omad va baxt hamroh bo'lishini tilaymiz.
Menimcha Forumdagi ko'pchilik userlarimiz oilasida ham shunday bo'lishi kerak.
Yana bir narsa. Bizda bir tushuncha mavjud, bayram dasturxoni deganda darrov ko'z oldimizga ichkiliklar keladi. Ammo Ollohga shukrki hamma xonadonlarda ham bundayin emas. Shu sababli ichkilikni ro'kach qilib, bid'atga chiqarish nojoiz.
Ushbu ishlarda biron diniy qarash yoki bid'at bormi?
2. 8-mart bayramini asli Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqalishi haqidagi bir maqolani o'qib qolgandim. Bugun uyga borib o'sha maqolani topib, forumga joylashga harakat qilaman.
3. Yana bir savol.
Yangi yil, 8-mart, Navro'zni islomiy diniy bayram emasligini ta'kidlab o'tishgan:
Diniy bayram emas degani nishonlash mumkin emas deganimi? Shu haqida biror sharh yoki fatvo bo'lsa yomon bo'lmasdi. Ya'ni aniq ta'qiqlangan joyi bormi? Chunki o'zi shundog'am bular islomiy bayram emasligi aniq. Adashmasam Islomiy davlatlarda ham diniy bo'lmagan bayramlar (mustaqillik kuni, konstitutsiya kuni kabi) ham nishonlanadi shekilli.
Yana bir bor savollar uchun uzr.