Chunki Alloh buyuradi:
- Asr (vaqti)ga qasamki, (barcha) inson ziyon-baxtsizlikdadir. Faqat iymon keltirgan, yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq yo‘lini tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina (najot topguvchilardir). (Val-Asr surasi)
Barcha ishlar Allohning izni bilan yuradi. Bir ishning kechnkkanligi sizni shoshma-shosharlikka yetaklamasin. Chunki, shubhasiz, Alloh, birov shoshgani bilan shosha qolmaydi. Kim Allohning hukmlariga qarshi chiqsa, uni Alloh uradi. Kim Allohni laqillatmoqchi bo‘lsa, Alloh uning hiylasini buzadi. «Demakki, idorani va hokimiyatni qo‘lga olsangiz, darhol yer yuzida buzg‘unchilik chiqarib, qarindoshlik munosabatlaringizni ham parchalab uzib tashlaysiz, shundaymi?» Men ansorlarga yaxshi muomala kilishingizni sizlarga tavsiya etaman. Zero, ular siz, muhojirlardan oldin Madinani boshpana va iymon uyi qilgandilar. Ularga (ansorlarga) yaxshilik qilishingizni o‘gitlayman. Ular (ansorlar) sizlarni mollariga sherik qilmadilarmi? Ular sizning ro‘zg‘oringizga mo‘lchilik, qut-baraka qo‘shmadilarmi? Ular o‘zlarida qanchadan-qancha muhtojliklar bo‘lgani holda, sizlarni siylab, nafslarini tiymadilarmi? Ogohlantirib qo‘yay: kimki taqdir taqozosi bilan ulardan ikki kishi orasida hakamlik (qozilik) qilayotgan bo‘lsa, yaxshisiga yaxshilik bilan muomala qilsin, qusurli bo‘lganining qusurini kechirsin, ko‘rmaslikka olsin. Hech bir narsani ulardan ustun qo‘ymanglar. Men sizlardan ayrilib ketayotirman. Sizlar ham mening orqamdan borasiz va men bilan qovushasiz. Xabaringiz bo‘lsin, topishadigan joyimiz mening hovuzimning bo‘yidir. U hovuzga «Kavsar tarnovi»dan shunday bir suv oqib yotgan bo‘ladiki, sutdan oq, ko‘pikdan yumshoq, boldzn shirinroqdir. Qim undan bir marta ichsa, ortiq hech qachon suvsamaydi, chanqog‘i abadiyan qonadi. Uning toshlari inju, oqib kelayotgan daralaridan mushk hidi ke-ladi. Kimgaki barcha yaxshiliklar harom bo‘lsa, ertaga o‘sha, hisob-kitob beriladigan joyda ham unga harom bo‘lajak. Xabaringiz bo‘lsin, kim ertaga men bilan qovushishni sevsa (xohlasa), qo‘lini, tilini yomonliklardan va yoqimsiz qiliqlardan tiysin.
Shu payt Abbos luqma tashladi:
- Ey Allohning Rasuli, Qurayshlarga ham nasihat qiling!
Rasululloh (s.a.v.) buyurdilar:
— Men bularni Qurayshlarga vasiyat qilayotirman. Insonlar, Qurayshlarga — yaxshilari yaxshilariga, yomonlari yomonlariga tobedirlar. Quraysh oilasi ham insonlarga yaxshilik qilsa, yaxshilikni tavsiya etsinlar. Ey insonlar, gunohlar ne’matlarni o‘zgartiradi — ne’matlarning qo‘ldan ketishiga sabab bo‘ladi. Insonlar (tobea — payg‘ambarga ergashuvchilar) yaxshi bo‘lgan paytlarida yo‘lboshchilari ularga yaxshi muomala qiladilar. Insonlar (tobea) yomonlashgan paytlarida yo‘lboshchilari ularga zulm qiladilar, ularni ezadilar.