forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Oila va jamiyat => Mavzu boshlandi: Abdusalom 16 Iyun 2006, 09:29:10
-
Assalomu alaykum!
Silaga bir savol bilan murojaat qilmoqchi edim.
Sizning ismingiz qanday ma'noni anglatadi? Sizga kim ism qo'ygan?
Avvalo o'zim boshlab bersam. Mani ismimni buvamla qo'yishgan. Aslida ismim Abdusalom bo'lgan bo'lsa kerak. Lekin o'sha paytdagi o'ris hujjatnavislari, Assalom shunday o'zgartirishgan.
Salom, bu Allohning sifatlaridan. Arab tilidan, tinchlik, salmatlik degan ma'noni bildiradi. Biz har doim bir-birimizga salom beramiz. Bu "Sizga tinchlik, ofiyat bo'lsin degani".
Mavzu arxsivi (http://ziyouz.proboards20.com/index.cgi?board=jamiat&action=display&thread=1137577955&page=1)
-
Assalamu alaykum. Meni ismim Nargiza. Ismimni onam qo'yganlar. Menimcha bu - nargis gulidan olingan. Lekin ismim islomiy bo'lmagani uchun turmush o'rtog'im doimo ismingizni almashtiring deydila. Sizni ismni almashtirishga munosabatingiz qanday.
-
Manimcha Nargiza opa, sizning ismingiz ham juda chiroyli.
Nargiz gulini ko'rmaganman-u, lekin hushbo'y, chiroyli gul deyishadi.
Ota-ona suyub qo'ygan ismni o'zgartirish manimcha shart emas.
Islomda musulmon bo'lgach, ism ham albatta islomiy bo'lishi kerak degan hukm bo'lmasa kerak.
-
Assalamu alaykum,Doniyor.
Fikrlaringiz uchun tashakkur.
Alloh rozi bo'lsin.
-
Assalomu alaykum!
Mening asl ismim ma'nosi quyidagicha:
Davronbek - bu so'z uch til mahsuli bo'lib,
davr - arabcha, zamon, davr ma'nolarini bildiradi;
on - forscha ko'plik qo'shimchasi, davron - zamonlar, davrlar ma'nosida;
bek - o'zbekcha, hokim, ega ma'nolarida qo'llaniladi.
Uchchala ma'no qo'shilib - Zamonlar, davrlar begi degan nom kelib chiqayapti.
Bu ismni menga dadam, opoqim (bobo, marg'ilon shevasida Toshkent shevasidan farqli o'laroq "opoqi" deganda erkak kishi tushuniladi) qo'yganlar.
-
AbdulAziz ismi "Hamisha g'olib, sharafli, ulug' Allohning quli" degan ma'noni ifodalaydi.
Bu ism arabcha bo'lib, quyidagi so'zlardan tashkil topgan:
Abd - qul ma'nosida keladi.
al-Aziz - Alloh taoloning sifati bo'lib, ulug', g'olib, sharafli ma'nolarini anglatadi.
Aziz so'zi alohida quyidagi ma'nolarni anglatarkan:
1. Hamisha g'olib, bo'ysunmas, yengilmas.
2. Kamyob, nodir, topilmas.
3. Makarram, sharafli.
4. Misr podsholarining laqabi. Misr azizi (Yusuf alayhissalomning laqabi).
-
Assalomu Alaykum .Aziz forumdoshlar .
Mani ismim Munira ismimni buvamlar qo'yganlar
lekin ma'nosini bilmayman iltimos biladiganla yozivoriyla
agar malol kelmasa sizlarga oldindan katta raxmat .
-
Assalamu alaykum. Meni ismimni onam qo'yganlar.
Onamni eng yahshi ko'rgan ismlari ekan.
Mubashshir - Hushhabar - Hushhabarchi ma'nolarida keladi.
Qur'oni karim oyatlarida juda ko'p keladi bu so'z.
-
Assalomu Alaykum .Aziz forumdoshlar .
Mani ismim Munira ismimni buvamlar qo'yganlar
lekin ma'nosini bilmayman iltimos biladiganla yozivoriyla
agar malol kelmasa sizlarga oldindan katta raxmat .
Va alaykum assalom Muniraxon!
Ismingiz ma'nosi arab tilidan, "nurlangan" degan ma'noni bildirarkan. Judayam chiroyli ism ekan.
-
Assalomu Alaykum .
Laylo opa sizga katta raxmat mani juda ham xursand qildiz shuncha yildan buyon ismimni ma'nosini bilishni juda -juda xoxlar edim mana niyatimga ham yetdim sizga yana bir bora katta raxmat .yana bir bora RAXMAT OPAJON !!!!!!!!
-
Shoir:
Mening forumdagi ismim ma'nosi:
Shoir - she'r yozuvchi.
To tirikdirki tabiat,
To quyosh sochgayki nur,
Uch egiz bordir tushuncha,
Uch bu so`z yondosh bo`lur:
Mohiru mehru mahorat,
Olimu ilmu amal,
Oshiqu ishqu mashaqqat,
Shoiru she'ru shuur.
-
Maknuna:
Assalomu alaykum!
Mani ismimni oyimla qo'ygan ekanlar. ma'nosini uladan so'raganimda "bu chiroyli, yaxshi, xosiyatli ism" deganlar.
Tog'risini etsam ismimni ma'nosini to'liq bilmayman.
Maknuna ismining ma'nosini ham bilib beringlar, iltimos.
-
Maknuna nomi arab tilidan olingan bo'lib, quyidagi ma'nolarni anglatar ekan:
1. Ko'zdan yiroq. Yashirin.
2. Berkitilgan. Maxfiy sir.
3. Qo'l yetmaydigan, yashiringan, maxfiy. Jannatdagi hurlarning sifati. (Qur'oni karimning "Voqea" surasi, 23-oyatida kelgan).
-
Noza:
Assalomu alaykum.
Avvalo shu sahifani ochganingiz uchun kotta rahmat!
Abdulaziz kotta rahmat!
Man Olloh nasib qilsa albatta qizimni ismlarini Maknuna deb qo'ymoqchiman. Bu ismni birinchi marta kollejda o'qiyotganimda eshitgandim, va eshitishim bilan juda yoqib qolgan edi.
Maknunahondan ismingizni ma'nosi nima deb so'raganimda unchalik yaxhsi bilmaslarini aytgandilar.
Shunday qilib ular bilan tanishib olgan edik.
Esizdami Maknunahon?
Agar iloji bo'lsa mani ismimni ma'nosini ham bilib bersangizlar?
-
Maknuna:
Noza, niyatizga erishing, qizingiz eng kamida mandaka bo'sin ! :D
Sizzi ismingiz ham albatta juda chiroylik ism.
Yaxshi mavzuni boshlab beribsiz. Balki boshqa yangi mavzu ocharmiz....
-
Maknuna:
Ba'zi ismlarning ma'nosi
Alisher (ma’nosi — dovyurak, jasur, sherdek kuchli bo‘lib o‘ssin. Ali hamisha qo‘llab-quvvatlasin).
Aziz ( ma’nosi — qadr-qimmatli, muhtaram, ulug‘ kishi bo‘lsin).
Yolqin (ma’nosi — o‘t-olov kabi ravshan, nurli bo‘lsin).
Zarif (ma’nosi — ozoda, toza, pokiza, ziynatli va ziyrak bo‘lsin. Aqlli va dono bo‘lib yursin).
Zufar (ma’nosi — yengilmas yo‘lboshchi, g‘olib va muzaffar).
Ma’sud (ma’nosi — baxtiyor, quvnoq va jiddiy, baxtli).
Nurkamol (ma’nosi — kamolot nuri, mukammal, vazmin, ko‘ngli yorug‘).
Umid (ma’nosi — ko‘p kutilgan bola, orzuli, umidli, xolis niyatli).
Sharaf (ma’nosi — or-nomusli, iftixorli, aziz va hurmatli, bir so‘zli).
Fattoh (ma’nosi - hal etuvchi, mushkulotlarni yenguvchi, g‘olib va odil).
Diyora (ma’nosi — muqaddas Vatan farzandi).
Zavqiya (ma’nosi — xursand va baxtiyor, qag‘ajon, sho‘x qiz).
Zulfinur (ma’nosi — yonib turuvchi, zebo sochli qiz).
Kibora (ma’nosi — ulug‘larga mansuf, aslzoda).
Marg‘uba (ma’nosi — qumsalgan, suyukli, xokisor).
Matluba (ma’nosi — iltijo g‘ilingan, orzu qilingan).
Shahlo (ma’nosi — qora ko‘zli, go‘zal, xushro‘y qiz).
Sahila (ma’nosi — omadli, muloyim, dilbar va saxiy.
Mohina (ma’nosi — nafis, oyga o‘xshash, ozoda va nozik qiz).
-
Noza
Ism ma’nosi: ishvali, erka, so’zlari shirin, jon bahshida, farog’atli damlarni sevguvchi, nozikxirom, kelishgan, zebo va orasta dilbar, nozu karashmali qiz.
Dilnoza — Dilni noz etuvchi, shirin suxan bilan dilni maftun etuvchi.
-
Nodira — ism Qur’oni karim lafzlaridan olingan.
Ism ma’nosi: Noyob, kam uchraydigan, bebaho, porloq, nurli, tengi yo’q, tanho, dunyoda yolg’iz, yakkayu yagona. Go’zal, husnu jamolda, lutfu kamolotda tengi yo’q sohiba.
-
Abdumannon:
:)
Assalomu alaykum!
Alloh rozi bo'lsin foydali mavzu bo'libdi.
Mening ismim Abdumannon, ma'nosini tahminan bilaman (Mannan _arabchadan ko'p ehson etuvchi Allohning sifati, abd old qo'shimcha prefixni bilasizlar -qul), ammo aniq bilishni istar edim, mumkin bo'lsa o'z fikrlaringizni bayon etsangizlar, rahmat!
-
Maknuna:
AbdulAziz, boshqa forumdoshlar ismlari ma'nosini ham bilib bering, iltimos.
-
AbdulAziz, boshqa forumdoshlar ismlari ma'nosini ham bilib bering, iltimos.
OK, boshladik:
Behzod
Ism ma’nosi: oliyhimmat, vijdonli, pok, mard, go’zal xulqli, ulug’sifat, salobatli, zotan ulug’, asl zot, tag-tugli, nasl-nasabi toza, pok va oliyjanob siymo.
-
Kumush
Ism ma’nosi: qadimda ota-bobolarimiz qish oldi hovuzlarga suv to’ldirishgan va uni pok saqlamoq niyatida unga har xil kumush idish solib qo’yoshgan. Demak, Kumush ismining asl ma’nosi pokizalikdir.
Kumushbibi — bu ismning erkalab aytilgan ko’rinishi.
-
Firuza
Ism ma’nosi: baxtli, toleli, baxtiyor demakdir. Aslida qimmatbaho, ko’k tusli tosh ham firuza deyiladi. Firuzabaxt, gulshani Firuza deb ismni ulug’lasak, u holda farzandni mamnunlik bilan baxtiyor, xushtole, baxt-saodatli ekanini ifodalab, uni yashnagan bog’ga tenglashtiriladi. U nurli tole egasi, iqboli baland sohibadir.
-
Abdurasul:
Assalomu Alaykum Ziyo.uz hodimlari ishlaringiz yahshimi charchamayapsizlarmi meni savolim boredi. Meni ismim Abdurasul meni bazilar Rasul deb chaqirishsin deyshdi bazilar esa Abdurasul deb chaqirish kerak deyshayapti. Bir domladan eshitdim meni Muhammadrasul deb chaqirish kerak dedilar. Iltimos meni ismim to'g'risida izoh bersangiz. Meni ismimn nima deb atash mumkin. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Ishlaringizda omad tilab qalaman. Javobingizni mail-pochtamda kutaman rahmat.
-
Abdurasul:
Assalomu Alaykum Ziyo.uz hodimlari ishlaringiz yahshimi charchamayapsizlarmi meni savolim boredi. Meni ismim Abdurasul meni bazilar Rasul deb chaqirishsin deyshdi bazilar esa Abdurasul deb chaqirish kerak deyshayapti. Bir domladan eshitdim meni Muhammadrasul deb chaqirish kerak dedilar. Iltimos meni ismim to'g'risida izoh bersangiz. Meni ismimn nima deb atash mumkin. Javobingiz uchun oldindan rahmat. Ishlaringizda omad tilab qalaman. Javobingizni mail-pochtamda kutaman rahmat.
Ba’zi-bir holatlarda shu «Abd» banda so‘zini qo‘shish noto‘g‘ri ma’noda ishlatiladi, bu «Abdurasul, Abdinabiy» degan ismlarda, mumkin emas. Rasul - Payg‘ambar, Nabiy - Payg‘ambar, demak Rasulga banda bo‘lmaydi odam, Allohga banda bo‘ladi. Shuning uchun «Abdurasul» deb ism qo‘yish mutlaqo noto‘g‘ri, «Abdinabiy» deb ism qo‘yish mutlaqo noto‘g‘ri hisoblanadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
-
Doni
Ism ma’nosi: yaqin, tanish.
Doniyor — yaqin do’st, yaqin yor, birodar.
Yana Qur’oni karimda zikr qilinmagan Doniyol degan ulug’ zot ham o’tgan.
-
Moh
Ism ma’nosi: Oy. Mohu mehr: Oy va Quyosh.
Bu ism Oy tavsifiga bag’ishlangan va moh deb atalgan, mahvash — oydek go’zal, demakdir. Oy adabiy ilimizda mohi anvar — eng porloq Oy, mohitobon — toblanuvchi, yorqin Oy kabi birqancha turda tasvirlanadi.
Mohinur — Nurlangan, nur taratuvchi, go’zal Oy.
-
Shamshir
Ism ma’nosi: [/i]qilich[/i].
Majozan: o’tkir, yetuk, zehni shamshirdek kesgir ilm sohibi, hayot tajribalariga ega bo’lgan zot.
-
Ota
Ism ma’nosi: ilmu odob, ma’rifiy kamolot bobida yetuk peshvo, barkamol rahbat, ishonchli murabbiy demakdir.
Sohibqiron Amir Temur davrlarida barcha shahzoda, amirzoda, malikalarni oily maqomda tarbiya qilish maqsadida ular yoshligidanoq ilm bobida benazir murabbiylar qo’liga topshirilgan va bunday maqomga ega bo’lgan zotlar Otabek eb atalgan.
Otabek — ismning erkalanib aytilishi.
-
Husan
Ism ma’nosi: o’ta go’zal odob, chiroyli husni xulq sohibi bo’lib, odob ziynati bilan bezangan va shu sababli doimo rohatda bo’luvchi zot
Payg’ambarimiz Muhammad s.a.v.ning nabiralari, Hazrati Alining o’g’illari ismi ham Husayn bo’lgan.
-
Shohista
Ism ma’nosi: diqqat-e’tiborga arzigulik, maqbul, maqtovga loyiq, izzt-hurmatga sazovor, ko’ngildagidek yarashiqli, istak-orzulariga muvofiq va munosib, dillarga ma’qul tushgan sohibjamol qiz.
-
Assalomu Alaykum .
Laylo opa sizga katta raxmat mani juda ham xursand qildiz shuncha yildan buyon ismimni ma'nosini bilishni juda -juda xoxlar edim mana niyatimga ham yetdim sizga yana bir bora katta raxmat .yana bir bora RAXMAT OPAJON !!!!!!!!
Va alaykum assalom Azizaxon!
Tashakkur sizga ham.
Forumdagi ismingiz ham juda go'zal.
Nega Munira degan nom bilan ishtirok etmaysiz?
-
Assalomu alaykum!
Tanlangn mavzu menga juda ham yoqdi. Men bir narsani bilmoqchiman, ismim Nazirjon, aytingchi Nazirjon ismi qanday ma`noni bildiradi, kimdan so`rasam hamma har xil fikr aytishadi, iltimos aniqroq ma`lumot beringlar
Qaysidir kitobda o`qiganimda, "O`xshashi yo`q, buyuk" ma`nosini bildirar ekan
Oldindan rahmat!
-
Assalomu alaykum!
Tanlangn mavzu menga juda ham yoqdi. Men bir narsani bilmoqchiman, ismim Nazirjon, aytingchi Nazirjon ismi qanday ma`noni bildiradi, kimdan so`rasam hamma har xil fikr aytishadi, iltimos aniqroq ma`lumot beringlar
Qaysidir kitobda o`qiganimda, "O`xshashi yo`q, buyuk" ma`nosini bildirar ekan
Oldindan rahmat!
Nazir ismi arab tilidan quyidagi ma'nolarni ifodalar ekan:
- yagona, boshqalarda topilmaydigan fazilat egasi.
- o'xshashi topilmaydigan, tengsiz.
-
Assalomu alaykum!
Rostdanmi, men shunaqa ekanmanmi? :D
Hurmatli AbdulAziz sizga katta rahmat, bu ma`lumotlarni anchadan beri qidiraman, va nihoyat topdim desam ham bo`ladi. Rahmat
-
Assalomu alaykum!
Mening ismim Farhod. Men haligacha ismimning aniq ma'nosini bilmayman.
Navoiyning talqini bilan o`zimni ovutib yuraman:
1. Firoq, Rashk, Hajr, Oh, Dard (arabchada "Farhod" bo`ladi).
2. "Far" - nur, Himmat, Iqbol, Davlat, ya'ni, Himmat, iqbol, davlat nuri.
Bular to`grimi-notpo`g`rimi bilmadim. Bilassizmi, men o`z ismimni juda hurmat qilaman, sababi uni menga rahmatli otam qo`ygan.
-
Assalamu alaykum...Ismim Mas'ud...arabchadan tarjima qilsak, "baxtli" degan ma'noni beradi...
-
Va alaykum assalom Azizaxon!
Tashakkur sizga ham.
Forumdagi ismingiz ham juda go'zal.
Nega Munira degan nom bilan ishtirok etmaysiz?
[/quote]
Assalomu Alaykum Laylo opa man bu o'zimni ismim Munira bilan kirganimda qabul qilmagan shunga nima deyishni bilmay shu ismni topib kirganman mani dugonami ismi ham Munira ular ham shu ism bilan kirgan shuning uchun mani qabul qilmaganmi bilmadim.
Raxmat sizga opajon yana bir bora .
-
Assalamu alaykum...Ismim Mas'ud...arabchadan tarjima qilsak, "baxtli" degan ma'noni beradi...
Judayam chiroyli ism.
Manga ham yoqadi.
Abdulloh ibn Mas'ud r.a.ning ismlariga nomdosh...
-
Assalomu Alaykum
Mani asl ismim Munira .Lekin aslida Odina bo`lishi kerak ekan.chunki man Juma kuni tug`ulganekanmande.
Munira ismimni manosini bilman .Lekin Odina ni manosini bilmiman .Shuni bilip bersalaring.
Oldindan katta raxmat
-
Assalomu Alaykum
Mani asl ismim Munira .Lekin aslida Odina bo`lishi kerak ekan.chunki man Juma kuni tug`ulganekanmande.
Munira ismimni manosini bilman .Lekin Odina ni manosini bilmiman .Shuni bilip bersalaring.
Oldindan katta raxmat
Odina, menimcha Odina - juma, ya`ni muborak kun degani, agar shundan kelib chiqadigan bo`lsak, muborak, muqaddas deganidir!
-
Assalomu Alaykum
Javob uchun raxmat sizga
-
Assalomu alaykum!
Xalqimizda juda ham ismlar ko'p.
Lekin ularni orasida albatta ko'p uchraydiganlari bor.
Sizning fikringizcha qaysi o'zbek ismi keng tarqalgan?
-
Assalomu alaykum!
Xalqimizda juda ham ismlar ko'p.
Lekin ularni orasida albatta ko'p uchraydiganlari bor.
Sizning fikringizcha qaysi o'zbek ismi keng tarqalgan?
Hozir manimcha, tarixiy ismlar "moda"ga kirayapti. Masalan,Farangiz,Shoxrux,Gulbadan...
-
Erkaklar ismidan: Abdulla, Sardor, Sherzod
Qizlar ismidan: Nargiza, Nilufar, Shahnoza
-
Mani fikrimcha eng ko'p tarqalgan ismlar:
Qizlarda: Nargiza, Dilnoza, Shaxnoza va Nodira....
Yigitlarda: Sardor, Alisher.....
-
Mani fikrimcha eng ko'p tarqalgan ismlar:
Qizlarda: Nargiza, Dilnoza, Shaxnoza va Nodira....
Yigitlarda: Sardor, Alisher.....
Assalamu alaykum!
Hmm, mavzuni nomi "Eng ko'p tarqalgan o'zbek ismlari" deb qo'yilibdiyu, lekin manimcha bu yerdagi ismlani kopchiligi o'zbekcha emasku :).
-
Mani fikrimcha eng ko'p tarqalgan ismlar:
Qizlarda: Nargiza, Dilnoza, Shaxnoza va Nodira....
Yigitlarda: Sardor, Alisher.....
Assalamu alaykum!
Hmm, mavzuni nomi "Eng ko'p tarqalgan o'zbek ismlari" deb qo'yilibdiyu, lekin manimcha bu yerdagi ismlani kopchiligi o'zbekcha emasku :).
Aziz singiljonim Islimakhanim!
Bu ismlarni aslida o'zbekchami yo boshqachami bilmiman, lekin shuni aniq bilamanki bizni O'zbekistonimizda bu ismlar keng tarqalgan!:)
Salomat bo'ling!
-
[Aziz singiljonim Islimakhanim!
Bu ismlarni aslida o'zbekchami yo boshqachami bilmiman, lekin shuni aniq bilamanki bizni O'zbekistonimizda bu ismlar keng tarqalgan!:)
Salomat bo'ling!
Aha, tushunarli, unda let's change da name of topic: "Yurtimizda keng tarqalgan ismlar" yoki "O'zbekistonda keng tarqalgan ismlar" deb ;)
Selametle
-
ikbaljohn yagona yo eshitganmsila oldin? 8)
-
ikbaljohn yagona yo eshitganmsila oldin? 8)
Judayam ko'p marta eshitganmiza! :)
-
[Aziz singiljonim Islimakhanim!
Bu ismlarni aslida o'zbekchami yo boshqachami bilmiman, lekin shuni aniq bilamanki bizni O'zbekistonimizda bu ismlar keng tarqalgan!:)
Salomat bo'ling!
Aha, tushunarli, unda let's change da name of topic: "Yurtimizda keng tarqalgan ismlar" yoki "O'zbekistonda keng tarqalgan ismlar" deb ;)
Selametle
Singiljonim, o'ylab ko'rsam sizni taklifiz to'g'ri ekan. Taklifiz qabul qilindi!
Alloh rozi bo'lsin sizdan!:)
-
Singiljonim, o'ylab ko'rsam sizni taklifiz to'g'ri ekan. Taklifiz qabul qilindi!
Alloh rozi bo'lsin sizdan!:)
Ajmain :)
-
Mani fikrimcha eng ko'p tarqalgan ismlar:
Qizlarda: Nargiza, Dilnoza, Shaxnoza va Nodira....
Yigitlarda: Sardor, Alisher.....
Assalamu alaykum!
Hmm, mavzuni nomi "Eng ko'p tarqalgan o'zbek ismlari" deb qo'yilibdiyu, lekin manimcha bu yerdagi ismlani kopchiligi o'zbekcha emasku :).
Ha, demak, o'zbekcha ismlardan:
Eldor, Elbek, O'tkir
Qiz bolalar ismlaridan:
Gulchiroy, Guli, Chaman
-
Singiljonim, o'ylab ko'rsam sizni taklifiz to'g'ri ekan. Taklifiz qabul qilindi!
Alloh rozi bo'lsin sizdan!:)
Ajmain :)
Singlim Islimakhanim shu ko'p narsa yozdizde, lekin mavzu bo'yicha hich nima yozmadiz! Sizni fikringizni ham bilish biz uchun qiziq yurtimizni bir vakilasi sifatida! Mavzu bo'yicha ham u bu narsa yozing! ;)
-
Assalamu alaykum!
Fikrimni bildirishimni xoxlagan ekansiz, qo'limizdan kelgancha, harakat qilamiz: manimcha o'zbekistonda Nargiza, Dildora, Nigora, Aziza, Gulnoza kabi qizlani ismlari ko'p tarqalgan ekan.
O'gil bollani ismlaridan esa Alisher, Rustam, Anvar, yana shunga o'xshash....
Lekin shaxsan o'zimga Rayyona ismi yokadi. bollani ismlaridan esa Muhammaddan chiroylisi bo'lmasa kerak...
-
O'g'il bolladan: Abdulla, Shohruh, Bekzod, Sherzod
Qiz bolladan: Nargiza, Nilufar, Gulnoza, Shahlo.
-
Qizladan:Shaxlo,Shaxina,Sabrina,Shaxrizoda,Parizoda va Maftuna
O'g'il bolladan:Mirodil,Muxammadamin,Firdavrs manimcha shula
-
Assalamu alaykum
Meni asl ismim Rayhona ma'nosini aniq bilmaymanu lekin rayhon Jannat guli yana anig'ini bilmayman, Salsabiyla ismini esa men juda yaxshi ko'raman chunki Qur'oni karimda Salsasbiyla oyatlarda kelgan manosini biladiganlar bo'lsa jo'natib yuborila iltimos rahmat tashakkur
-
Iqboljon:arabcha Iqbol kelajak,olg'a boruvchi ma'nosini anglatadi!
-
Assalomu Alaykum
Javon uchun raxmat sizga
Iyye AbdulaAziz!Javon bormi bizgayam? :D
-
Uzr, javon nima degani? Tushuntirvorila, plz!
-
Uzr, javon nima degani? Tushuntirvorila, plz!
Assalamu alaykum.
Islimakhanim, Ikbaljohn hazillashibdilar.
Bu yerda Odinahon Javob o'rniga adashib javon deb yozib yuborganlar.
Shu holos.
Ikabljohn, Odinahon bizni oramizda yo'qlar.
Shuning uchun u kishini hatolarini aytib kulish yahshi emas.
Gapim og'ir botmasin.
Mo'min mo'min uchun ko'zgu...
-
Assalamu alaykum.
Islimakhanim, Ikbaljohn hazillashibdilar.
Bu yerda Odinahon Javob o'rniga adashib javon deb yozib yuborganlar.
Shu holos.
wa aleykum salam, Nergiz hanim! Allah razi olsun, hepsi anlasildi! Offtop uchun uzr soriman...
-
Assalomu alaykum!!!
Men o'z ismim haqida gapiradigan bo'lsam
Akbar-ya'ni ollohning sobiq quli, yordamchisi degan ma'noni anglatar ekan. Menimcha har bir ismning o'ziga xos bir ma'nosi bo'lsa kerak.
Nima bo'lganda ham sog'lik omonlik hamisha hamrohimiz bo'lsin.
-
Assalomu Alaykum
Javon uchun raxmat sizga
Iyye AbdulaAziz!Javon bormi bizgayam? :D
Xmm bunaqa juvonla forumda xammagayam berila verilmaydi,(ayniqsa urushqoqlarga)!!!!
-
ha albatta man O'z ismimni ma'nosini bilaman Ma'ruf arab tilida = mashhur , tabiqli , ma'lum tanilgan bilingan degan ma'nolarga ega.
-
Assalomu alaykum. Mani ismim Shoxista! ilgari eshitgandim faqat bitta ma`nosini ya`ni qat`iy sozida turadigan ma`nosini anglatarkan. lekin yana biror ma`nosi bo`lsa, bilsayla mang ham etib qoyila :) Oldindan raxmat!
-
Davron aka etkanlaridek:
Behzod
Ism ma’nosi: oliyhimmat, vijdonli, pok, mard, go’zal xulqli, ulug’sifat, salobatli, zotan ulug’, asl zot, tag-tugli, nasl-nasabi toza, pok va oliyjanob siymo.
yana bir o'qiganim esa:
BEHZOD (f.t.)- yaxshi saodatli kunda tug’ilgan, yaxshi aslzoda bola.
-
Акмал - комил, мукаммал деган маънони билдиради. Акмал, камол, комил, ссзлариниг сзаги битта. (Араб тилида ссз тузилиши шунақа)
-
Assalomu alaykum!
Ushbu o'yin sharti ham boshqalariga o'xshaydi. ya'ni 1-user bir ism aytadi. 2-user shu ismning so'nggi harfiga boshqa ism aytadi. Oyin shu tarzda davom etadi.
Ismning qaysi tildan olingani yoxud qaysi millatga xosligi va ma'nosi, Shu ismli mashhur shaxslar haqida ham ilova qilish maqsadga muvofiq.
Masalan: Abdulloh (arabcha ism, "Allohning quli" degan ma'noni bildiradi) - Hilola (arabcha ism, yangi chiqqan oydek go'zal).
Demak, boshladik:
AbdulAziz (arabcha ism, musulmon xalqalarida keng tarqalgan, "izzat va kuch-qudrat sohibi bo’lgan g’olib Allohning bandasi" degan ma'noni bildiradi. Hazrati Umarning avlodi, buyuk xalifa - Umar ibn AbdulAziz)
-
Zilola - Zilol suvdek pok ma'nosida ekan...
-
Abdurahmon - arabcha ism bo'lib, Rahmonning, yan'ni Allohning quli ma'nosini anglatadi. (Abdurahmon ibn Avf - sahobalardan biri (Alloh rozi bo'lsin))
-
NAJMIDDIN (arabcha) - dinning yulduzi, dinning iqboli. Mashhur kishilardan: Najmiddin Kubro
-
Nabiyulloh - arabcha ism bo'lib, Allohning Nabiyi, rasuli degan ma'noni anglatadi. Suyukli Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ismlaridan biri
-
HUMOYUN (forscha) - muborak, qutlug’. Mashhur insonlar: Humoyun mirzo (Boburning o'g'li)
-
Nilufar (xindcha ism)- ma'nosi:zebo qiz
Shunday gul bo'lib, chiroyli bo'lgani uchun ota onalar shu ismni farzandlariga qo'yishsa kerak
-
Rohatoy - Menimcha qalblarga rohat bahsh etguvchi.
-
Mening ismim Go'zal.Ma;nosi ham botinan, ham zohiran chiroyli degani,go'zal xulqli bo'lsin deb dadam shu ismni qo'yganlar.
-
Binyamin - Yusuf a.s.ning ukalari...
-
Nodira-- arab tilida kamyob.ya'niy juda kam uchraydigan degan ma'noda.O'zbek mumtoz shoirasi .
-
Abdulaziz- arabcha, izzat va kuch-qudrat sohibi bo`lgan g`olib Allohning bandasi
-
Zulayho - (ar.) — taxminan: kichik, kenja qiz (ism ma’nosi tamoman Aniqlangan emas). Ba’zilar sirganchiq, silliq, muloyim, deb talqin qilishgan.
Ba'zi rivoyatlarga ko'ra, Yusuf qissasida ismi zikr etilgan, keyinchalik Yusuf alayhissalomga turmushga chiqqan ayol.
-
Oisha (ar.) - yashovchi, barhayot, joni toshdek mustahkam qiz.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning suyukli ayollarining ismlarii
-
ABBOS (arabcha ism) - ma'nosi: qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi.
Abbos - Payg'ambarimiz SAVning amakilari
-
Said - baxt saodatli.
-
Dilorom - dilga orom beruvchi, ko`ngilga taskin va huzur-halovat baxsh etuvchi.
-
MALOHAT (arabcha) - ko’rkam, go’zal, malohatli qiz.
-
Tohir - (arabcha ism) - pokiza, begunoh.
Payg'ambarimiz Muhammad SAVning sifatlari.
-
RAVSHAN (forscha) - nurli, yorug’, charog’on yoki iqboli porloq bola bo’lsin.
-
NE’MATULLOH (arabcha) - Allohning saxovati, marhamati, Allohning ne’mati degan ma'nolarni bildiradi.
-
Hadyatulloh(Arabcha) - ALlohning hadyasi, sovg'asi... degan ma'noda.
-
Hoji- muqaddas haj ziyoratida bo`lgan ziyoratchi
-
Islom - arabchadan bo’ysunuvchi, itoatkor, xudojoy ma'nolarida. Muqaddas dinimiz nomi ham - Islom!
Mashhur shaxslardan - Islom xoja. Xiva xoni vaziri, ulug' mutafakkir.
-
Mubina - Arabcha, Ochiq-ravshan ma'nosida, Qur'oni Karimning sifatlaridan.
-
Abdujalil (ar.) - Mukammal va ulug' zotning, ya’ni Allohning quli
-
LUTFIYA (arabcha) - muruvvatli, mehrli, suluv qiz
-
Ahmad (ar.) - Allohga ko'p hamd aytuvchi kishi yoki maqtovga olqishga sazovor.
Muhammad sollalohu alayhi vasallam sifatlaridan biri
-
DAVLAT (arabcha) - davlatmand, boy, saodatli, tolei porloq bo’lsin deb shu ismni qo'yishadi.
Shu ismli mashhurlardan - alloma Davlatshoh Samarqandiy.
-
Tayyib (ar.) - Pok, xushtabiat.
Rasul alayhissalomning sifatlaridan biri.
-
Bashir - Arabcha, hushxabar keltiruvchi.
Rasululloh s.a.v. sifatlaridan.
Shu bilan birga Qur'oni karimning ham sifatlaridan.
-
RUSTAM (forscha) - kuch-qudratli, botir, yengilmas, dovyurak jasur, matonatli.
Pahlovon Rustam mashhur.
-
RUSTAM-Buyuk polvonning ismi bo'lib, u haqida ertaglar ko'p. Shu o'rinda bir rivoyat esimga keldi: Rivoyat qilishlaricha Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.) hazrati Ali qilgan qahramonliklarni ko'rib hitoban-Rustamona ish qildingiz- der ekanlar. Bir kuni Hazrati Ali Men kimmanu, Rustam kim (yani men kuchliroqman) deb o'ylanib qolibdilar. O'sha kuni kechasi bir tush ko'ribdilar. Tushlarida Bir yo'lda ketarmishlar, qarasalar bahaybat bir odam judayam katta tog'ni ko'tarib ketayotgan ekan. Shuni ko'rib bu kim bo'di ekan, men qilolmaydigan ishga qodir ekan deb hayollaridan o'tkazibdilar. yo'llarida davom etar ekanlar bir Qushga ko'zlari tushibdi. U qush chunonam chiroyli sayrar, u sayraganda boshqa qushlar uni tomasha qilishar ekan. anashu qushga mahliyo bo'lib, hangu mang bo'lib turganlarida anashu qush darahtdan tushib judayam kir narsalarni yeyishni boshlabdi. Shu payit Hazrat Alinig unga bo'lgan ihlosi so'nib, yo'llarida davom etibdilar. Qarasalar yo'lda bir chol eshshakda ketayotib hurjuni yerga tushib ketibdi. Hazrati Ali yugirib borib haligi hurjunni ko'tarmoqchi bo'libdilar lekin hech kuchlari yetmabdi. Rossa urinib ko'tarmoqchi bo'larmishlaru lekin ololmasmishlar. Shunda haligi Chol hurjunni bir qo'llari bilan ko'tarib yolida davom etibdi. shu payit Hazrati Ali uyg'onib ketibdilar. Ertasi kuni tushlarini Payg'ambarimiz(s.a.v.)ga bayon qilibdilar. Payg'ambarimiz (s.a.v) shunday ta`bir qilgan ekanlar: Anavi sen ko'rgan bahaybat inson Rustam edi hatto sen ham uni oldida lol qolding. Anavi qush bo'lasa Ohirgi zamonning olimlari va imomlaridir. Ular judaham chiroyli hutbalar qiladi, va`z nasihatlar o'qiydi, hamma ularning gapirgan gaplariga mahliyo bo'ladi lekin ularning yeydigan narsalari shubhali taomldir.
Anavi sen ko'rgan chol bu Menman(yani payg'ambarimiz), hurjun esa ohiratning yuki bo'lib, uni sen ko'tarolmaysan. Ey Ali Hechqachon men kuchliman deb kibr qilma sen ko'tara olmaydigan yuklar ham bor.- deb marhamat qilgan ekanlar. Birodarlar ushbu rivoyatdan hissa chiqarish o'zingizga havola.
Alloh hamamizni Paygambarimiz(s.a.v.)ga tobe aylasin. omin.
-
MUHAMMAD (arabcha) - maqtaladigan, maqtovga, olqishga loyiq, sazovor.
Muhammad SAV - oxirzamon payg'ambari.
-
Dilnoza (toj.) - dili nozik ma'nosida. Forumdagi NOZA ning asl ismi. :D
-
ABBOS (arabcha)- qovog’i soliq, xo’mraygan, jiddiy. Ba’zi bolalar shu holatda tug’iladi.
payg'ambarimizning amakilari.
-
Salim: Eksiksiz, sağ, sağlam
-
MUBORAK (arabcha) - qutlug’, saodatli.
Misr presidenti Husni Muborak
-
Kamoliddin- arabcha, dinning kamoli, rivoji yoki dinning barkamoli, yetuk namoyondasi
-
NAZIFA (arabcha) - pokiza.
PS. Adham ismini ma'nosini kim biladi
-
ABDULAZIM (a.) - buyuk Allohning bandasi.
-
Madina - bu ism Arabistondagi muqaddas ziyoratgoh shahar bo’lgan Madina nomidan olingan. Asl ma'nosi "shahar" demakdir.
-
Aziz: Onur sahibi yüce, Saygıdeğer, Manevi gücü çok üstün
-
Zaynab - arabchadan kelishgan, xushqomat, suluv ma'nolarini bildiradi.
payg'ambarimiz Muhammad SAVning qizlari ismi ham Zaynab bo'lgan.
-
Behzod - forchadan olingan ekan, yaxshi saodatli kunda tug’ilgan degam ma'nolar kelar ekan.
Shu nomli mashhur kishilardan - Kamoliddin Behzod, Behzod Muhammadkarimov.
-
Nuriddin- dinni nuri degan manoni bildiradi.
-
Nadir: Ender, az bulunur, seyrek
-
Ruxsora - go'zal yuzli.
-
Afifa - arabcha ism, pok, iffatli, nomusli, haromdan (gunohdan) saqlangan ma'nolarini bildiradi.
-
ALI (a.)- oliy, eng yuksak.
-
Ibodat- arabcha, toat-ibodat qilish, Xudoga sig`inuvchi, Unga bo`ysunuvchi yoki ibodat paytida tug`ilgan qiz
-
Assalomu alaykum!
Sevara ismining ma'nosini kim biladi,nimani anglatadi?
-
Bu ismni ma'nosi ko'rinib turibdi shekilli. "Sevmoq" fe'lidan kelib chiqqan bo'lsa kerak. Sevadigan (ALLOHni, insonni, vatanni....) inson bo'lsin deb qo'yiladi shekilli. Balki umuman noto'g'ri o'ylavotgandirman ???
-
Assalomu alaykum!
Sevara ismining ma'nosini kim biladi, nimani anglatadi?
Yoqimtoy,..
-
ТЕМУА - темирдай бақувват деган маъно - Буюк бобокалонимиз Амир Темур шарафларига
-
А ЎЗБЕҲ - (форсча) - А ЎЗ - схши, БЕҲ - кун, схши кун маъносида, сғлимнинг исмидан ташқари бу исмни ҳозирча хеч қаерда учратмадим. Ушбу постни сғлимга бағишлайман.
-
А ЎЗБЕҲ - (форсча) - А ЎЗ - схши, БЕҲ - кун, схши кун маъносида, сғлимнинг исмидан ташқари бу исмни ҳозирча хеч қаерда учратмадим. Ушбу постни сғлимга бағишлайман.
Go'zal ism ekan. Behruzni eshitgandim, lekin man ham RO'ZBEHni endi eshitib turibman.
Husniya - go'zal husnli, istarasi ochiq qiz.
-
Улуғбек - исмимни дадам қсйганлар. Маъноси сзи ксриниб турибди.
-
Ismim Xushnudbek.
Dunyoda har doim ko'rgan kunlari xursandchilik bo'lsin, doimo kulib yursin degan maqsadda qo'yishgan. Aytgancha ismimni kichkina xolam qo'ygan ekan.
-
Naimjon - arabcha so'zdan tashkil topgan bo'lib, Rohat va farog'atda yashovchi degan ma'noni anglatadi va Na'im degan jannatni ham otidan kelib chiqqan.
-
Assalomu alaykum
Ismim Dilsora ismimni buvijonim qo'yganla ma'nosi chiroyli ko'ngil bo'lsa kerak yana Valahu alam
Sora- Ibrohim alayhissalomning ayollarini ismi ekan, chiroyli degan ma'noni anglatar ekan :)
-
Assalamu alaykum!
Tan olamizmi yo'qmi, atrof-muhit qo'yilayotgan ismlarda ham o'z aksini topyapti. Hozirgi kunda qo'shiqchilar, mashhur aktyor,aktrisalarning ismini qo'yish urfga kiryapti : Ozodbek, Asilbek va hokazo...
-
Assalamu Alaykum. Hozir bilmadimu, lekin 1-2 yilcha avval Islomiy ismlar, sahobalar ismlarini qo'yish keng tarqalayotgan edi. Dunyo bo'yicha eng ko'p tarqalgan ism Muhammad ismidir.
-
Qizladan: Gulnoza dilnoza shaxnozda dilfuza dildora Umida
OGil boladan: Sardor johongir nodir furqat farrux jovohir
manimcha shula
-
Ugil bolalar: Nodir, Shuhrat, Akbar, Jamshid va Sardor
Qizladan: Dilfuza, Iroda, Malika, Feruza va Dilbar
The Alchemist
-
Sanjar,Jamshid,Akbar,Dilnoza,Feruza
-
Tog'risi judayam ko'p eshitgan ismlarim: Feruza, Temur, Shohruh, Jahongir, Nodira, Nargiza, Komola, Shahnoza, Madina... va hokazo
-
MAn qizlarni ismidan eng ko'p eshitadiganim Madina, Shaxnoza, Dilnoza.
O'g'il bolalarni ismidan esa, Akmal, Sherzod, Abror....esimdan chiqmiydi xech, birinchi o'qigan maktabimda sinfimizda naq 5 ta Abror ismli bolalar bo'lardi, "Abror" diyishsa, 5tasi baravariga "xa" deb jabov berardi...
-
Mani judayam kop eshitgan ismladan Nodira,Nargiza indi, Gozal, Shirin, Asal va xokozo..... Manimcha chiroyli ism qoyish xar bir ota onaning aloxida vazifasidir!!! Qanaqadir insonlaga taqlid qilib xoyu xavaslaga uchib bachkanalidan chetroda bosey nur ustiga alo nur bolardi manimcha
-
Mani ismim haqida ham malumot bersangiz.
-
Anisa: Muslima ayollarda yo'lboshchisi
-
hozirgi kunda O'zbekistonda turli xil qishloqlaridi har xil bemaza ismlar qo'yish urf bugan aniqrog'i koreys filmlariga
Misol uchun: Jumong, Jangbogo, Sasiyono, Jungsang bu ismlarni odamlar manosini bilmi qo'yishvotdi. Keyingi kunlarda hamma ko'rib borayotgan Qashqilar makoni filmidagi Aktyorlardi ismi juda urf bo'lib ketgan.
Nemati o'lim manosini bildari odamlar bu ismlardi manosiga tushunishmayabdi.
-
ЖАМШИД (ф.т.) - буюк, қудратли.
Manba: muslimaat.uz
-
Ziyovuddin - manimcha arabcha yoki forscha bo'lsa kerak. Ziyo - nur Din - din. Dinni nuri. O'zbekchasiga Nuriddin bo'ladi :). Tag'in bilmadim.
-
Ziyovuddin - manimcha arabcha yoki forscha bo'lsa kerak. Ziyo - nur Din - din. Dinni nuri. O'zbekchasiga Nuriddin bo'ladi :). Tag'in bilmadim.
ЗИА (а.) - нурли, толеи порлоқ бола. :) Davomini o'zingiz tahmin qilgandek manimcha :)
-
:as:
ismimning ma'nosi yetuk ,kamolotga yetishgan degan ma'noni anglatar ekan .
-
Assalomu Aleykum!!!
Meni ismim NODIRBEK uning manosi quyidagicha:
NODIR-noyob, qimmatbaho, qadrli bola.
-
Dilafruz
fors-tojikcha, dilni shodlantiruvchi, hursandchilik ulashuvchi
-
Menimcha bundan keyin o'qil bollarda Po'lat, O'mer ismlari mashhur bo'lib ketsa kerak...
-
Xaqiqatda yuqorida userlar aytgan ismlar nihoyatda ko'p O'zbekistonda.
Aylantirib qo'yaverishadi shu ismlarni.
Alhamdulillah hozirda Muhammad Amin, Abu Bakr, Usmon, Umar, Mustafo, Bilol, Xadicha, Mo'mina, Muslima, Oisha, Sumayya, . . . ismlari ko'paymoqda.
InshaAlloh ismlariga mos ravshda barchaga o'rnak bo'ladigan ummat ko'payishini Allohdan so'rab qolamiz.
-
Yurtimiz mustaqil bo'lgandan keyin birin-ketin Islom nomli bolalar yurtimizda ko'paydi, keyinroq yanada jozibali jaranglashi uchun oldiga "nur" qo'shib Nurislomlar ko'payishdi.
-
Ayam Mustaqil bo'lib, Dinimizni yana ham yaxshi o'rgana boshlagan paytlari shunday degandilar: "Farzandiga chiroyli, İslomiy ism qo'yish farz ekan. Chunki narigi dunyoda ism bilar chaqirilar ekan bandalar. Men kim nima desa qo'yaverganman".
Masalan meni ismimni amakim qo'ygan ekan, "aya maktabda yaxshi ko'rgan opamni ismi Zamira" :) Ayamlar ho'p deb qo'yishibdi. Singlim Oltinoyni ham oyoq ham qo'l barmog'lar 6 donadan edi, dadamni dadalari Abdulhamid otam "Olloh bizga Oltinday qiz berdi", deb ismi Oltinoy bo'libdi.
Eng kichkina ukamga ayam "Abdulloh yoki Sobirjon qoyaylik", deganlarida biz opalari "donolik" qilib: "eee aya u ismlar huddi katta odamlarni ismiday-ku", deb Dilmurod qo'yganmiz eh eh....
-
Assalomu alaykum man kop eshtadigan ismla. Mubina, Omina, Muslima, Hadicha, Muhammad, Ismoil, shu ismlani hozirda juda ko'p eshtvoman.
-
Menimcha bundan keyin o'qil bollarda Po'lat, O'mer ismlari mashhur bo'lib ketsa kerak...
bunga yana 2ta ism qo'shib qo'ying Memati (o'zbekchasiga Ne'mat) va Abdulhay.
-
Oldinlari qizlarning Mashkura, Muharram, Mastura, Salima ismlari ko'p qo'yilgan. Hozirda Muftuna, Mubina, Robiya ismlarni ko'p uchratamiz.
O'g'il bolalarda Hayrullo, Lutfullo, Sayfullo, Habibullo, Nurillo, Sa'dullo..... ayniqsa maktab yoshidagi bolalarda ko'p uchraydi.
-
Menimcha bundan keyin o'qil bollarda Po'lat, O'mer ismlari mashhur bo'lib ketsa kerak...
bunga yana 2ta ism qo'shib qo'ying Memati (o'zbekchasiga Ne'mat) va Abdulhay.
Mematining ma'nosi Ne'matga to'g'ri kelmaydi.
Memati - arabcha (mamot) "o'lim" degan ma'noni bildiradi.
-
Meni ismim Arabcha bo'lib, (Zamira) Fotiha surasining ohirgi oyatidagi "Valaddalin" so'zidagi "D" vayo "Z" harfi bilan va ohiridagi "İ" esa uzun shaklda yoziladi.
Chunki boshqa "Z" lar bilan yoki qisqa "İ" bilan yozilgan Zamira so'zining ma'nosi umuman boshqacha.
İsmimning ma'nolariga kelsak:
1. Bir narsaning ichki tarafi.
2. Huquqiy sohada: Bir voqea-hodisaning ich yuzi.
3. Negiz, o'zak.
4. Majoziy ma'noda esa: Yurak, qalb. G'oya. Niyyat.
5. "Qalbdagi yashirin sir", degan ma'nolarni bildiradi.
Tatarcha va Qozoqchadagi "Damir" yoki "Damira" ismlari meni adashim sanaladi. Chunki qardoshlar "D" bilan biz esa "Z" bilan o'qigan ekanmiz bu so'zni...
-
amani ismim LOLA ayamni 9yil farzand kutganlar va tushlariga qulida lola ushlab turgan chaqaloqni kurganlar va mani tugilganimdan kein ismimni LOLA qoeganlar uzlarini isimlari esa HOSIYAT 9maeda 45 yilda tugilganlar ayajonim
-
Meni ismim Oysha ismimni ayam qo'yganlar. Tug'iliwimdan oldin Oysha qo'yaman deb niyat qilgan ekanlar keyin men kattaroq xol bn tug'ilganman mullaga borib "Xolida qo'yiw wartmi?"deb so'rawganida mulla wart emas degan ekanlar. Shunaqa qilib Oysha bo'lib qolganman. :)Aslida Oisha bo'lishi kerak pasport olayotganda Oishaga o'zgartiriwga harakat qilib ko'ramiz Xudo xohlasa...
Ismimni ma'nosiga keladigan bo'lsak, Oisha arabcha ism bo'lib, "barhayot yashovchi" degan ma'noni bildiradi.
Rasuli akram (S.A.V.) ning eng sevimli ayollarining ismi Oisha R.A. bo'lgan buni hamma bilsa kerak...
-
Mani ismim nickimdan ham ko'rinib turibdi Dilafruz. Ismimni buvimla qo'yganla oyimlani ismlari Dilfuza. Bir-biriga uyqosh bo'sin diyishgan rostan ham qatga borsam Dilfuza ortolarim bilan mani adashtirishadi. ISmimni ma'nosiga kese, Dillarni quvontiruvchi, yashnatuvci degani ma'noni bildiradi. Qaysi tildan olinganini bilmiman.
Lekin hazrat Navoiyning bir g'azalida ham ismimni uchratganman
-
Meni ismim Arabcha bo'lib, (Zamira) Fotiha surasining ohirgi oyatidagi "Valaddalin" so'zidagi "D" vayo "Z" harfi bilan va ohiridagi "İ" esa uzun shaklda yoziladi.
Chunki boshqa "Z" lar bilan yoki qisqa "İ" bilan yozilgan Zamira so'zining ma'nosi umuman boshqacha.
İsmimning ma'nolariga kelsak:
1. Bir narsaning ichki tarafi.
2. Huquqiy sohada: Bir voqea-hodisaning ich yuzi.
3. Negiz, o'zak.
4. Majoziy ma'noda esa: Yurak, qalb. G'oya. Niyyat.
5. "Qalbdagi yashirin sir", degan ma'nolarni bildiradi.
Tatarcha va Qozoqchadagi "Damir" yoki "Damira" ismlari meni adashim sanaladi. Chunki qardoshlar "D" bilan biz esa "Z" bilan o'qigan ekanmiz bu so'zni...
Kapalak opa, ismim haqida töliqroq ma'lumot olganimdan judayam xursandman. Alloh rozi bölsin. Sizdek inson bilan adash bölishning öziyam baxt :)
Zamira[\b]- olijanob, pokdomon, vijdonli qiz, ma'nolarini bilaman xolos.
-
:bsm:
Omina ismini manosi nima ekan?
-
Omina ismini manosi nima ekan?
:bsm:
Omina ismini manosi nima ekan?
Amonatli, to`g`ri, haqgo`y degan ma`noni bildiradi.Payg`ambarimiz s.a.v.ni bolidai muhtaramalarini ismlari Omina bo`lgan.
Arablarda ayol jinsidagi ismlar ohiriga tamarbuta qoyilib,uni o`qilganda unli tovushni beradi.
Erkak jinsli ismda domma b-n tugaganda, sizni ismingizni o`g`il blaga ishlatsak Amin (to`g`ri so`zli) ma`nosi kelib chiqadi.
Huddi bizdagi Kamol va Kamola degandek.
-
:bsm: :as:
Meni ismim ma'nosiga kelsak - Avazbek "Avaz" arabcha so'z bo'lib, "o'rinbosar", degan ma'noni bildiradi.
Ismimni buvimlar qo'yishgan ekanlar. Men tug'ilganda akamlar O'tkirbek vafot etishgan ekanlar shuning uchun shu ismni tanlashgan ekanlar.
-
O'g'limni ikki ismini ma'nolari:
Abdulaziz- Aziz bo'lgan Allohning quli.
Ensar-"Nasır" negizidan bo'lib, "yordamchilar", "mudofiylar" degan ma'noni bildiradi.
Payg'ambarimiz (S.A.V) Madinaga hijrat etganlarida u kishiga yordam berganlarga Alloh tarafidan berilgan sifat, deb ham bilinar ekan.
Yana bir ma'nosi: "Sevgi-muhabbat ila quchoq ochgan, shafqat bilan yondoshgan, Allohning diniga yordam bergan"
-
Men Eshonov Bohodir,.....
-
Men Eshonov Bohodir,.....
Tushunmadim ???
-
Men Eshonov Bohodir,.....
:bsm:
:as:
Мен ҳам тушунмадим. Сабаби, фойдаланувчи исми қиз бола никига манимча. Яна билмадим. ???
-
O'g'limni ikki ismini ma'nolari:
Abdulaziz- Aziz bo'lgan Allohning quli.
Ensar-"Nasır" negizidan bo'lib, "yordamchilar", "mudofiylar" degan ma'noni bildiradi.
Payg'ambarimiz (S.A.V) Madinaga hijrat etganlarida u kishiga yordam berganlarga Alloh tarafidan berilgan sifat, deb ham bilinar ekan.
Yana bir ma'nosi: "Sevgi-muhabbat ila quchoq ochgan, shafqat bilan yondoshgan, Allohning diniga yordam bergan"
:as:
ABDÜLAZİZ: (Ar.) Er. - Büyük ve aziz olan, izzet ve şeref sahibi Al¬lah'ın kulu. (bkz. Aziz). Aziz Allah'ın isimlerindendi r. - Sultan Abdülaziz: 32. Osmanlı padişahının adı.
ENSAR: (Ar.) Er. 1. Yardımcılar, muavinler, müdafiler, koruyucular. 2. Medine'ye hicretle Mekkeli muhacirlere yardım eden, Medineli müslümanlara verilen ad. Kur'an-ı Kerim'de çok geçen kelimelerden birisidir.
-
Men Eshonov Bohodir,.....
Tushunmadim ???
:as:
BelleQizcha BIR xazl qili debdilade.
p.s. Men Eshonov Bohodir,.....- bir nech yil avval loterea o'yinida yutgan odam telvizorga chiqib shunaqa dirdi
-
Men Eshonov Bohodir,.....
Boho, rostan o'zinmisan?
(joke)
-
Men Eshonov Bohodir,.....
Boho, rostan o'zinmisan?
(joke)
hahahahhahaha/.
-
Mening ismim Abdulaziz.
Menimcha, no comment... ;)
-
Muhumi, Bohodirakamiz, neksiya yutvotganlari uchun mas, telvizorga chiqanlari uchun kopro hursand boganla....
-
Assalomu alaykum mani ismim Mohichehra. Ismimni dadam qo'yganlar, ma'nosi Oychehrasi degani.
-
a.a.
tushunmadim?! nmaga ko'pchilini forumda ismi bowqacha hayotda bowqacha?
umuman bowqacha ismla bilan kirganakansila,qiziq
-
Ma'nosi: "Izzat va e'tiborli.
Allohning sifatlaridan yasalgan
ism"...
Ismim Aziza:)
-
meni ismim İsmoil yoki Bobur iktasnyam ma'nosini tuligicha bilmayman ewtkanim Bobur. weryurak deganimdi adawmasam İsmoilni manosini bilmadim.
-
meni ismim İsmoil yoki Bobur iktasnyam ma'nosini tuligicha bilmayman ewtkanim Bobur. weryurak deganimdi adawmasam İsmoilni manosini bilmadim.
Бобур (лотин алифбосида - Bobur шаклида ёзилади) - маъноси номaълум. Баъзи манбаларда:
1) йўлбарс, арслон,
2) улуг, улкан, буюк,
3) тез гапирадиган одам маъноларида талқин қилинган (ўзбекча).
Исмоил айнан: "Худо эшитди" ёки Аллоҳдан сўраб олинган, Аллоҳ туҳфа қилган бола. Иброҳим алайҳиссаломнинг ўғиллари номи. Шу туфайли туғилган болага Ишмаел (Исмоил) деб исм беришган. Бу ном Муҳаммад (с.а.в.) ўғилларининг исми ҳам бўлган. Шакллари: Исмоилжон, Исмоилхон (қад. яҳ.).