Qulupnoyli sutli shirinlik:)  ( 3026 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  08 Mart 2012, 20:02:12

 :asl3:

Har hafta sut olganim uchun, o'ylanaman, bu safar nima qilsam ekan, deb:)

Qulupnay bor edi, biroz undan ishlatay, dedim, o'rtaga biram shirin narsa chiqdiki, xuddi qulupnayli muzqaymoqday edi mazasi, sizlarga ham tavsiya etaman:)


Masalliqlar:

(menda 6 bakalda bo'ldi)

1 litr sut
6 qoshiq shakar
2 qoshiq un
2 qoshiq kraxmal

Qulupnayli sous uchun

3 qoshiq shakar
1 stakan qulupnay
(orasiga solish uchun yana 1 stakan, mayda to'g'ralgan qulupnay)

Avvalo sutli qorishmamizni tayyorlaymiz. Masalliqlarni solib, qozonda, o'rta olovda pishiring. Qaynay boshlagandan keyin yana 5 daqiqa pishiring, muttasil aralashtirib turing, tagi olmasin. Idishlarga soling, yarmigacha kelsin. Bularni ilishini kuting. Bu orada qulupnay va shakarni robotta ezib oling. Yana 1 stakan qulupnoyni mayda tograng. Sutli qorishma iligandan keyin avval maydalangan qulupnoylarni butun idishlarga bir xil solib chiqing, ustiga esa qulupnoyli sousni toking. Muzlatgichda 2-3 soat tursin, qotishi kerak chunki. Yoqimli ishtaha:)


Qayd etilgan