Assalamu alaykum.
Man yaqinda " Baliq moyi" haqda eshitib qoldim. Unda ayniqsa A vitaminiga juda boyligi bilan hozirgi tehnika rivojlangan paytda ko'plab insonlarga foydasi kotta ekan.
Hozirgi vaqtda kapsula ko'rinishdayam chiqayotgan ekan. Lekin shu Baliq moyini qaysi yoshda qancha miqdorda iste'mol qilish,qaysi vaqtda ,nimalar bilan bilan yeyish mumkinmas. Shular haqda ma'lumot kerak edi. Ajabmas,biladiganlar bilimlari bilan bo'lishsa. Judayam qiziqib qoldim shu Baliq moyiga
Umid bilan kutib qolamiz...
Va alaykum assalom.
Baliq moyi yoki Omega-3! Bunday moy odatda aptekalarda sotiladi. Men bizdagi baliqlar bilan yaxshi tanish emasman, adashmasam omega-3 faqat dengiz baliqlaridan olinadi.
O'simliklarda, ya'ni yong'oq, yeryong'oq, zaytun va boshqa urug'larda ham omega-3 moddasi bisyor.
Omega-3 inson miyasini oziqlantiradi, xotirani kuchaytiradi.
Baliq moyini sut maxsulot (sut, qatiq, qaymoq)lari bilan birga iste'mol qilib bo'lmaydi, bu oshqozon hazm qilish sistemasini buzadi, insonda davosi og'ir pes kasalini keltirib chiqaradi. Shu bilan kalla-pocha go'shtlar bilan ham iste'mol qilib bo'lmaydi.
Baliq moyini istagan yoshdagilar iste'mol qilishi mumkin, adashmasam bir yoshgacha bo'lgan bolalar bir choy qoshiqdan oshirmasligi kerak edi. bu haqda o'tgan yili Ansora opa bilan yozishgandik forumda, bir poisk berib qarab ko'ring.
A-vitaminiga boy deb ko'p iste'mol qilish mumkin emas, organizmda qandaydir vitamin meyordan oshib ketsa boshqa dardlarni keltirib chiqaradi.
Bolalarda tez-tez uchraydigan "Raxit" "Gipoksiya" va "Disploziya" kasalliklari va ularning da'volari haqida bilmoqchi edim. Iltimos yorsam bersangizlar
Hozirgi kundagi "pampors" tagliklari haqida ham... Ko'pchilik o'g'il bolalarga zarari bor demoqda...
Raxit D vitamin yetishmovchiligidan rivojlanadi, bunda bosh kattalashib ketishi, X oyoqlik kuzatiladi.
Muddatidan erta tug'ilgan bolalarda D vitamin zaxirasi juda kam bo'ladi, shunga ular raxitga moyil bo'lib o'sadi.
Davolariga kelsak, bolalarni ko'proq toza havoda sayr qildirish, quyosh nuridan bahra oldirish lozim. Quyosh nuri bolaga to'g'rima-to'g'ri tushib turishi kerak, eng yaxshi vaqt ertalabki 10gacha va asrdan shomgacha. Shu vaqtda bolani quyosh nuri tushib turgan joyda uhlatib qo'yilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.
X oyoqlikka taglik(pampers)larning aloqasi yo'q, bu raxitning belgisi, vaqtida davolatib olish zarur.
X oyoqlik ayniqsa qiz bolada kuzatilsa buni kechiktirmay zudlik bilan chorasini ko'rish kerak bo'ladi, buni davolovchi vrachi D, P, Ca vitaminlarini o'z meyorida tavsiya etadi.
O'zboshimchalik bilan D vitaminni ko'p qabul qilish mumkin emas, bu bir darddan chekinib boshqasini orttirib olish bo'ladi.