GULJA qirg'ini.
1995 yilning 5-fevral kuni Hitoydagi Sharqiy Turkiston muhtor viloyatining GULJA shahrida hitoyliklar zulmidan to'ygan mahalliy turkiy-musulmon halq norozilik namoyishiga chiqdi.Halq eng oddiy insoniy munosabatni,hitoylik halq bilan teng huquqlilikni talab qilib chiqqan edi.Chunki aslida mahalliy halq bo'lgan uyg'urlar huquqi hitoylik halqnikidan har sohada past edi!
Vaqt o'tgan sayin tinch namoyishchilar safi oshib borar va bundan hitoy hukumati nihoyatda qo'rqar edi.Hukumat darhol minglab qurollangan askarlarni namoyishchilar yo'liga joylashtirdi.Eng dahshatli voqealar endi boshlanishini bechora sodda halq hayoliga ham keltirmas,namoyishni esa o'zining oddiy insoniy huquqi deb hisoblar edi.
Bir payt halq oldida turgan hitoylik askarlar bechora aholiga qarata nogahon o't ocha boshladi,o'q yomg'iri ostida to'zg'ib ketgan yuzlab odamlar o'sha erning o'zida jon bera boshladi.U erda bolalar,ayollar,qariyalar ham bor edi,lekin kofirlar hech kimga shavqat qilmadi.
Otishlar namoyishdan keyin ham tinmadi.Endi askarlar uyma-uy yurib shubhali odam(o'zlarining nazdida) deb hisoblaganlarini ham ota boshladi va qamoqqa ola boshladi.Aslida "qamoq" degani ham o'lim bilan barobar edi.Chunki u erdagi qiynoqlardan hech kim sog' chiqmasligini kunday ravshan.
Bu qirg'inda tahminan minglab insonlar vafot etdi va yana shunchasi qamoqlarga olindi.Aslida aniq ma'lumotlarni hech kim bilmaydi.Hitoy hukumati GULJA qirg'ini haqidagi ma'lumotlarni qattiq sir tutadi.Ba'zi huquq himoyachilariga ko'ra esa o'sha kundan keyin 8 ming(!) odam shundoq yo'qolib qolgan.
Tili va madaniyati jihatidan o'zbeklarga eng yaqin halq bo'lgan uyg'urlar hozirda dunyoning turli mamalakatlarida istiqomat qilishadi.Ular yaqinda bu qirg'inga 10 yil to'lishi munosabati bilan bir necha mamlakatlarda katta norozilik chiqishlari uyushtirdilar.
http://www.youtube.com/watch?v=4RUCOrg2Pb0