Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 484225 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:57:21

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Olloh taolo Rasulullohga Havozan mol-dunyosidan ko‘p o‘ljalar ato etgach, ul zot uni har bir kishiga yuz tuyadan taqsim qila boshladilar. Shunda ansorlar: «Olloh o‘z rasulini mag‘firat qilsin, Qurayshga nasiba berdilar-u, bizni unutdilar, vaholanki hali mushriklarning qilichimizdagi qoni qurigani yo‘q!» — deyishdi, Rasulullohga ularning bu gaplari yetkazildi. Janob Rasululloh ansorlarga odam yuborib, ularni teridan yopilgan bir qubba ostiga yig‘dilar, lekin boshqalarni chaqirmadilar. Ansorlar yig‘ilgach, Rasululloh o‘rinlaridan tUrdilar-da: «Sizlar haqqingizda menga aytishgan gap Qanday gap bo‘ldi?!»—deb so‘radilar. Ansorlar orasidagi faqih kishilar: «Ey Ollohning rasuli! Boshliqlarimiz hech narsa deyishgani yo‘q, faqat yoshlarimizgina: «Olloh o‘z rasulini kechirsin. Qurayshga o‘lja berdilar-u, bizni unutdilar, vaholanki hali mushriklarning qilichimizdagi qoni qurigani yo‘q!»—deyishdi»,—deb aytishdi. Janob Rasululloh- «Men endigina kufrdan qaytib islomga kirganlarga o‘ljabera yotirman, maqsadim ularni islomga ko‘proq jalb qilmoqlikdur. Ular uylariga o‘ljalar birlan qaytgan chog‘larida, sizlar uylaringizga payg‘ambar birlan qaytmoqqa rozi bo‘lmaysizlarmi?! Olloh haqi, sizlar olib qaytadirgan narsa, ular olib qaytadirgan narsadan yaxshiroqdur!»— dedilar. Ansorlar: «Yo Rasulalloh, albatta biz shunga rozimiz!»— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom «Kelajakda boylikka ruju’ qilganlarning shohidi bo‘lursizlar. Olloh Taolo birlan uning rasuliga ro‘baro‘ bo‘lguningizcha sabr qilingizlar, men Havzi Kavsar bo‘yida bo‘lgayman» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:57:30

Anas: «Ammo ular sabr qilishmadi»,— deydilar.

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom ansorlarni yig‘dilar-da: «Quraysh yaqindagina jaholatu badbaxtlik iskanjasidan qutulgandur, men ularni to‘g‘ri yo‘lga solib, qalblarida islomga nisbatan do‘stlik. Uyg‘otmoqchiman. Ular uylariga o‘ljalar birlan qaytgan chog‘da, nahotki sizizlar payg‘ambarni uyingizga olib qaytmoqqa rozi bo‘lmasangizlar?!»—dedilar. Ansorlar: «Ha, rozimiz!» —deyishdi. Rasululloh: «Agar odamlar o‘zga bir vodiy bo‘ylab yursalar, men ansorlar vodiysi bo‘ylab yurgayman!» - - dedilar».

Abdulloh Ibn Mas’ud bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Hunayn g‘azotida olingan o‘ljalarni taqsim qildilar. Shunda ansorlardan bir kishi: «Olloh taoloni yuz-xotir qilmay taqsim qilindi»,— dedi. Men bu gapni Janob Rasulullohga borib aytdim. Buni eshitib, Janob Rasulullohning yuzlari o‘zgarib ketdi, keyin: «Musoni Olloh taolo Rahmat qilsin, u kishiga bundan qam ko‘p ozor yetkazishgan, ammo sabr qilgan erdilar!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:57:46

Abdulloh Ibn Mas’ud razayallohu anhu bunday deydilar: «Hunayn voqeasidan keyin, Payg‘ambar alayhissalom ba’zi odamlarni ortiqroq ko‘rib, ko‘proq o‘lja berdilar. Chunonchi, Aqra’ga yuz tuya, Uyaynaga ham shuncha tuya in’om qildilar. Shunda bir Odam «Ollohni yuz-xotir qilmay taqsim qilindi»,— dedi.Men bu gapni Janob Rasulullohga borib aytdim. Ul zot: «Olloh taolo Musoni rahmat qilsin, u kishiga bundan ko‘p ozor yetkazilganda sabr qilgai erdilar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:57:54

Anas ibn Molik raziyallohu anhu bunday. deydilar: «Hunayn kuni Havozan, G’atafon va boshqa bir qancha qabilalar bola-chaqasi-yu podalari birlan kelgan erdi. Rasululloh birlan ersa o‘n ming lashkar va yana Makkadan kelib qo‘shilgan yoshlar bor erdi. Hammalari chekinishdi, Janob Rasululloh yolg‘iz o‘zlari qoldilar. Shunda ikki bor alohida-alohida nido qildilar. Avval, o‘ng tomonlariga qarab: «Ey ansorlar jamoasi!» —deb nido qildilar. Ular: «Labbayka, yo Rasulalloh! Biz siz birlan birgamiz, xushnud bo‘lingiz!»— deyishdi. So‘ng, chap tomonlariga qarab: «Ey ansorlar jamoasi!» — deb nido qildilar. Ansorlar: «Labbayka, yo Rasulalloh! Xursand bo‘lingiz, biz siz birlan birgamiz!» — deyishdi. Shunda Bayzo degan xachirlarida o‘ltirgan erdilar, undan tushdilar-da: «Men Ollohning bandasi va rasuliman!» — dedilar. Mushriklar tor-mor bo‘ldi, ko‘p o‘lja olindi. Janob Rasululloh o‘ljani muhojirlar birlan Makka yoshlariga taqsimlab berdilar, ammo ansorlarga bermadilar. Shunda ansorlar: «Qachon qiyinchilik bo‘lsa, biz chaqirilamiz, o‘ljani ersa boshqalarga beradilar!» — deyishdi. Bu gap Rasulullohga yetkazildi. Ul zot barcha ansorlarni to‘plab: «Menga sizlar haqingizda atishgan gap qanday gap bo‘ldi?!»—dedilar. Ular sukut saqlashdi. Janob Rasululloh ularga: «Ey ansorlar jamoasi, boshqalar bu yerdan o‘lja olib qayqa-yu, sizlar payg‘ambar birlan qayqangiz, rozi bo‘lmagaysizmi?» — dedilar. Ansorlar: «Ha, rozi bo‘lgaymiz!»— deyishdi. Payg‘ambar alayhissalom: «Agar odamlar vodiy bo‘ylab yursa-yu, ansorlar dara bo‘ylab yursa, men ansorlar darasi bo‘ylab yurgan bo‘lur erdim!»—dedilar».

Hishom Anasdan: «Ey Abu Hamza, shunda siz ham o‘sha yerdamidingiz?» — deb so‘radilar. Anas: «Usha yerda bo‘lmay, qaerda bo‘lardim!»—dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:58:29

59-bob. Najd tarafga lashkar yuborilgani haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga lashkar yubordilar, ularning orasida men ham bor erdim. Uljamiz o‘n ikki tuya bo‘ldi, sovg‘a-salomlarimiz ham tuya-tuya bo‘lib, o‘n uch tuya mol birlan qaytib keldik».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:58:44

60-bob. Payg‘ambar alayhissalomning Xolid ibn Validni Banu Jaziyma qabilasiga
yuborganlari haqida


Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Xolid ibn Validni Jaziyma qabilasiga yubordilar Xolid ularni islomga da’vat qildi, ular (shoshib qolganlaridan) «Islomni qabul qildik» deyish o‘rniga «Dindan chiqdik, dindan chiqdik (ya’ni, «Mushriklikni tark etib, islomni qabul qildik»)»,— deyishdi. Xolid ularni tushunmay jang boshlab, ko‘pini qirib tashladi, qolganini asir oldi. Keyin, har bir kishiga o‘z asirini topshirib: «Uldiringiz!» —dedi. Shunda men: «Asirimni o‘ldirmayman, sheriklarim ham o‘z asirlarini o‘ldirishmaydi!» — dedim. So‘ng, Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdik. Ul zot qo‘llarini ko‘tarib ikki bor: «Yo Olloh, Xolid qilgan gunohdan xalos qilgin!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:58:56

61-bob. Abdulloh ibn Huzofa va Alqama ibn Mujazzizning lashkar tortib yo‘lga
chiqqanligi haqida


Ali raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom (ansorlardan tuzilgan) lashkarni jo‘natayotib, ularga ansorlardan birini boshliq qilib tayinladilar-da, unga itoat qilmoqni buyurdilar. Yo‘lda amirning (bir narsadan) g‘azabi qaynab: «Rasululloh sizlarni menga itoat qilmoqqa buyurdilarmi?» — dedi. Askarlar: «Ha»,— deb javob berishdi. «Unday bo‘lsa, o‘tin to‘planglar!» — dedi amir. Ular o‘tin to‘plashdi. «Ut yoqinglar!» —dedi u, ular o‘t yoqishdi. «Endi o‘tga kiringlar!» — dedi amir. Hammalari o‘tga kirmoqchi bo‘lishdi-yu, lekin bir-birlarini ushlab to‘xtashdi. Keyin: «Utdan payg‘ambar oldiga qochamiz!» — deb turganlarida olov o‘chib qoldi, amirning g‘azabi ham tindi. Bu gap payg‘ambarimizga yetganda, u kishi: «Agar o‘tga kirganlarida, undan qiyomatgacha ham chiqolmasdilar, xayrli ishga buyurilgandagina itoat qilish lozim!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:59:09

Abu Muso birlan Maozning Hajjat ul-Vido’dan oldin Yamanga yuborilgani haqida Abu Burda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Abu Muso birlan Maoz ibn Jobalni Yamanga yubordilar. Yamanda ikki viloyat bo‘lib, Abu Muso biriga, Maoz ersa ikkinchisiga yuborildi. Janob Rasululloh ularga: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, mamnun qilinglar, nafratlantirmanglar!» — deb tayinladilar. Keyin, ularning har biri o‘z ishiga ketdi. Ulardan qay biri bo‘lmasin, o‘ziga tegishli viloyat yerlarida yurganida sherigining viloyatiga yaqin borib qolsa, darhol uni izlab topib: «Janob Rasulullohning o‘gitlari va ul zotga bergan va’damiz esingdami?» — deya u birlan so‘rashardi. Chunonchi, bir kuni Maoz o‘z viloyati bo‘ylab ketayotganida Abu Musoga tegishli yerlarga yaqin borib qoldi. Shunda u xachiriga minib Abu Musoni izlab ketdi. Borib qarasa, Abu Muso o‘ltiribdi, atrofini odamlar o‘rab olgan, ro‘parasida ersa ikki qo‘li bo‘yniga bog‘lab qo‘yilgan bir kishi turibdi. Maoz Abu Musoga: «Ey Abdulloh Ibn Qays! Bu kim'»—dedi. Abu Muso: «Bu odam islomdan qaytib, qayta kofir bo‘ldi»,— dedi. Maoz: «Bu o‘ldirilmaguncha, xachirimdan tushmagayman!»— dedi. Abu Muso: «Bu xuddi shu maqsadda keltirilgandur, xachiringdan tushaver!» — dedi. Maoz yana: «Bu o‘ldirilmaguncha tushmayman!»—dedi. Abu Muso boyagi odamni qatl qilmoqqa amr berdi, uni o‘ldirishdi. Maoz xachiridan tushib. «Ey Abdulloh! Qur’onni qanday o‘qiyotirsan?»—dedi. Abu Muso: «Kecha-kunduz tinmay takror qilayotirman, ey Maoz, sen o‘zing qanday o‘qiyotir-san?»—dedi Maoz: «Men kechaning dastlabki qismida uxlayman, keyin turaman. Uyquni ikki qismga bo‘lib qo‘yganman. Olloh taolo muyassar qilgancha Qur’on o‘qiyman, bedorligimni rejalashtirganimdek, uyqumni ham rejalashtirib qo‘yganman»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:59:22

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom uni Yamanga yuborgan erdilar, undan Yamanda qilinadirgan sharob haqida so‘radilar. Abu Muso: «Ular tayyorlaydirgan sharob «Bita’» va «Mizar» deb nomlanadi»,— dedi. Roviy: «Men Abu Burdadan «Biga’» va «Mizar» nima?»—deb so‘rasam, u: «Bita’» — asal nabizi, «Mizar» — arpa nabizi»,— dedi. Rasululloh: «Har qanday mast qiluvchi ichimlik haromdur!»—dedilar».

Abu Burda bobolari Abu Musodan naql qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom Abu Muso birlan Maozni Yamanga yuborayotib, ularga: «Osonlashtiringlar, qiyinlashtirmanglar, xushnud qilinglar, nafratlantirmanglar, bir-biringizga itoat qilinglar!» — deb tayinladilar. Abu Muso: «Yo Rasulalloh! Biz ketayotgan o‘lkada asaldan qilinadirgan «Bita’» ichimligi mavjud»,— dedi. Rasululloh: «Har qanday mast qiluvchi ichimlik haromdur!» —dedilar. Keyin, ikkovlari jo‘nab ketishdi. Yo‘lda Maoz Abu Musoga: «Qur’onni qanday o‘qiyotirsan?» —dedi. Abu Muso: «Turib ham, o‘ltirib ham, tuyamda ketayotib ham o‘qigayman, kecha-yu kunduz qiroatni tark qilmagayman»,— dedi. Maoz: «Men ersam dastlab uxlayman, keyin turib o‘qiyman, uyqumni ham, qiroatimni ham rejalashtirib qo‘yganman»,— dedi. Keyin, to‘xtab chodir o‘rnatishdi. Ikkovlari bir-birlarini ko‘rgani borib turishadirgan bo‘ldi. Bir kuni Maoz Abu Musoni ko‘rgani borsa, huzurida qo‘llari bog‘liq bir odam turibdi. Maoz: «Bu kim?» —deb so‘radi. «Bu bir yahudiy bo‘lib, musulmon bo‘lgan erdi, keyin dindan qaytdi»,— dedi Abu Muso Maoz «Kel, men bo‘ynini uzib tashlayin!» — dedi».

Shu’badan ham ushbu mazmundagi hadis naql qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:59:36

Abu Muso raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom meni o‘z qavmim yeriga yubordilar. Borib, qaytib keldim. Shunda Janob Rasululloh Abtahda erkanlar. Mendan «Ey Abdulloh ibn Qays, haj qildingmi?» — deb so‘radilar. Men «Haj qildim, yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot «Labbaykani qanday aytding?»— dedilar. Men «Labbayka ahlan, lo kohilan laka deb aytdim»,— dedim. Ul zot «Uzing birlan birga jonliq olib keldingmi?» — dedilar. Men «Yo‘q»,— dedim. Ul zot «Baytullohni tavof qil, Safo va Marvada sa’y qil, keyin ehromingni yechaver!» —dedilar. Men shunday qildim, keyin Banu Qays ayollaridan biri mening uchun yuvinib-tarandi, biz Hazrat Umar xalifaligi davrigacha birga yashadik».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh Maozni Yamanga jo‘natayotib: «Sen ahli kitoblardan bo‘lmish bir qavm huzuriga ketyotirsan, borib ularni islomga da’vat qil, ya’ni «Lo iloha illallohu Muhammadun rasululloh» deb ayqinlar, agar senga itoat eqalar, Olloh taolo bir kecha-kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini ularga ma’lum qil, agar bul xususda ham senga itoat eqalar, Olloh taolo boylardan kambag‘allarga olib beriladirgan sadaqani ham farz qilganini aytgil, agar bunga ham ko‘nsalar, unda ularning mollarining eng yaxshisini tortib olishdan ehtiyot bo‘lgil! Mazlumning qarg‘ishidan qo‘rqgilki, Olloh taolo birlan mazlum o‘rtasida parda bo‘lma-gay!» — dedilar».

Qayd etilgan