Shamsiddinxon Boboxon, Abdulaziz Mansur. Ming bir fatvo (1-qism)  ( 68973 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 B


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:28:37

273-FATVO
Umr bo‘yi o‘qigan farz namozlarini ehtiyot yuzasidan qayta o‘qimoqchi bo‘lsa, ularda kamchilik va makruh amallar bo‘lgani uchun deb niyat qilishi va bomdod bilan asr namozlaridan keyin o‘qimasligi lozim. Zero, mabodo oldingi namozi qabul bo‘lgan bo‘lsa, keyingi o‘qigan namozi nafl hisoblanadi. Mazqur ikki vaqtda esa, nafl namozining o‘qilishi makruh sanaladi. Mazkur niyat bilan ikkinchi marta o‘qilgan namoz naflga aylanib qolish ehtimoli bo‘lgani uchun uning barcha rak’atlarida zamsura o‘qiladi.
«Olamgiriya», «Muzmarot», «Zaxiriya»

274-FATVO
Zimmasida qazo namozlari bo‘lgan kishi nafl namozlari bilan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga o‘sha namozlarni o‘qishga harakat qilgani yaxshidir. Lekin sunnat namozlar, choshgoh namozi, tasbih namozi va hadislarda targ‘ib etilgan, ma’lum sura va zikrlarni o‘qish tavsiya qilingan nafl namozlar bundan mustasnodir. Qazo namozlarni masjidda, jamoat joylarida emas, balki o‘z uyida o‘qishga harakat qilishi kerak.
«Olamgiriya», «Muzmarot», «Vajiz»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:29:29

275-FATVO
Zimmasida qazo namozlari bor kishi o‘limi oldidan namozlari badaliga kafforat (jarima, fidya) berishni merosxo‘rlariga vasiyat qilib ketgan bo‘lsa, har bir namoz uchun yarim so’, ya’ni 2 kg. bug‘doy, bir kunlik ro‘za uchun ham shu mikdorda bug‘doy marhumning qoldirgan merosining uchdan biridan ajratib beriladi. Agar meros qoldirmagan bo‘lsa, hiylai shar’iy yo‘li bilan kafforat ado etilishi mumkin. Bunda merosxo‘rlar bug‘doyni qarz olib, miskinga berishadi. Miskin uni yana ularga qaytarib hadya qiladi. Ular bu ishni yana takrorlaydilar. Shunday qilib, to qazo namoz va ro‘zalarining kafforati to‘la "ado" etilgunicha mazkur "davra"ni davom etdiradilar.
«Olamgiriya», «Xulosa»

276-FATVO
Zimmasida qazo namozlari bor kishi vasiyat qilmagan bo‘lsa ham merosxo‘rlari o‘z ixtiyorlari bilan fidyani ado etishlari mumkin.
Kafforatning hammasini bitta faqir yoki miskinga berish mumkin. Qasam, zihor (ayolini o‘z onasining a’zolaridan biriga tenglashtirish yo‘li bilan nikohga futur yetkazish) va ro‘za kafforati bir kishiga emas, balki belgilangan adadning hammasiga taqsimlanishi kerak.
«Olamgiriya», «Hujja»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:29:46

277-FATVO
Namozdagi vojib sanalgan amallardan birortasi sahvan, ya’ni unutilib tark etilsa, namoz oxirida bir "tashahhud", bir salom va ikki sajda qilish bilan nuqson yopiladi. Bu sajda "sajdai sahv" deb ataladi.
Masalan, "Fotiha" surasidan keyin zamsura o‘qishni unutib, ruku’ga ketgan bo‘lsa, darhol qiyomga qaytib, surani o‘qiydi va qayta ruku’ qilish bilan davom etadi hamda namoz oxirida sajdai sahv qiladi.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

278-FATVO
"Fotiha" surasidan oldin "Attahiyyot"ni o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi. "Fotiha"dan keyin o‘qib qo‘ysa qiladi. Zero, zamsura o‘qish o‘rniga boshqa narsa o‘qish bilan vojib amalni kechiktirgan bo‘ladi. "Fotiha"dan oldin esa, sano o‘qiladigan mahaldir. Farz namozining uchinchi, to‘rtinchi rak’atlarida "Attahiyyot" o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Muhit»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:30:04

279-FATVO
"Attahiyot"dan keyin "Fotiha" surasini o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi. "Attahiyyot" o‘rniga "Fotiha"ni o‘qib qo‘ysa sajda qiladi. "Fotiha"dan keyin "Attahiyyot"ni o‘qisa ham baribir sajdai sahv qiladi. Bu Abu Hanifa (rh.)dan qilingan rivoyatdir.
«Olamgiriya», «Voqeot an-Notifiy»

280-FATVO
Birinchi qa’dada "Attahiyyot"ni takroran o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qiladi. Zero, bunda rukn, ya’ni qiyom ta’xir bo‘ldi. Oxirgi qa’dada takroran o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilmaydi. Zero, bu maqom namozning oxiri bo‘lib, namozxon xohishiga qarab har qancha salavot va duolarni o‘qib, so‘ngra o‘z ixtiyori bilan namozdan chiqadigan mahaddir.
«Olamgiriya», «Tabyin», «Muzmarot»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:30:20

281-FATVO
"Attahiyyot"ni o‘qishni unugib, salom bergandan keyin esiga kelsa, darhol uni o‘qib, sajdai sahv qiladi. Bu Abu Hanifa bilan Abu Yusuf (rh.)larning so‘zlaridir.
«Olamgiriya», «Muhit»

282-FATVO
Qiyomga turish kerak paytida o‘tirib olsa yoki aksincha, o‘tirish kerak paytida turib ketsa, sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi. Bunda esiga tushgan paytda yerga yoki qiyomga yaqin ekani e’tiborga olinadi. Masalan, qa’daga o‘tirishni unutib, turib ketayotganda esiga tushsa, qaraydi: agar yerga yaqin bo‘lsa, o‘tirib oladi va oxirida sajdai sahv qiladi. Bordi-yu, qiyomga yaqin bo‘lsa, turib ketib, bunda ham sajdai yeahv qiladi.
Yerga yaqin yoki uzoq bo‘lshyani insonning belidan pastki qismiga nisbatan belgilaganlar. Masalan, pastki qismi oyoqlari bilan tik holatda turgan bo‘lsa, qiemga, tik holatda bo‘lmasa yerga yaqin deb hisoblaganlar.
Bir rivoyatda aytilishicha, ikki tizzasi uzra turganda esiga kelsa, qaytib o‘tiradi va oxirida sajdai sahv qiladi. Bunda har ikki qa’da barobardir. Abu Yusuf (rh.)dan qilingan rivoyatga ko‘ra, ikki tizza yerdan ko‘tarilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tirib olaveradi, sajdai sahv qilmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon», «Tabyin», «Kofiy»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:30:42

283-FATVO
Sajdai sahv jum’a, ikki hayit namozlari, farz va nafllarning hammasida qilinishi kerak. Lekin mashoyixlarimiz fitnaga sabab bo‘lmasin degan maqsadda jum’a bilan ikki hayit namozlarida sajdai sahv qilinmasligini lozim topganlar.
«Olamgiriya», «Muzmarot», «Muhit»

284-FATVO
Agar namozda "Auvzu..." yoki "Bismilloh..." yoxud "Omin"ni jahriy aytib qo‘ysa, sajdai sahv vojib oo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:31:05

285-FATVO
Bomdod farzining oxiridagi qa’daga o‘tirgach, esida yo‘q uchinchi rak’atga turib ketib sajda qilgandan keyin esiga kelsa, to‘rtinchi rak’atni qo‘shib qo‘ymaydi. Zero, bomdoddan keyin nafl yo‘q. Ammo, ikki rak’atdan keyin o‘tirmay uchinchi rak’at sajdasini qilib qo‘ygan bo‘lsa, namozni qayta o‘qiydi.
«Olamgiriya», «Tabyin», «al Baxr ar-roiq»

286-FATVO
Bomdod farzidan oldin ikki rak’at sunnatdan boshqa nafllar makruh. Lekin asr namozidan oldin nafl o‘qish makruh bo‘lmagani uchun asrning oxirgi qa’dasida o‘tirmay turib ketib, beshinchi rak’atga sajda qilib qo‘ysa, yana bir rak’at qo‘shib olti rak’atli naflga aylantirib qo‘yib, so‘ngra asrni qayta o‘qib oladi.
«Olamgiriya», «Tabyin»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:31:26

287-FATVO
Ramazon oyida vitrni jamoat bilan o‘qilayotganda imom qiroatni maxfiy o‘qib qo‘ysa, sajdai sahv qilish vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Tatarxoniya»

288-FATVO
Qur’oni karimda bizning hanafiy mazhabimiz bo‘yicha 14 ta sajda oyati bo‘lib, ulardan qaysi biri tilovat qilinsa, o‘qiganga.ham, eshitganga ham bitta sajda qilib qo‘yish vojib bo‘ladi. O’qiganda o‘zi yoki yakin turgan kishi eshitgan bo‘lishi shart. Lablari qimirlagani bilan ovoz chiqmasa sajda vojib bo‘lmaydi. Shuningdek, musulmon bo‘lmagan odam, majnun, norasidalar, hayz va nifosdagi ayollar o‘qisa ham sajda qilinmaydi.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Zohidiy»

Izoh:
Sajda oyatini ado etish uchun tahorat bilan qiblaga yuzlangan holda "Allohu akbar" deb qiyomdan sajdaga borshadi. Takbirni qo‘llarini ko‘tarmasdan aytadi. Sajdada uch marta tasbih aytgach, "A’yuhu akbar"deb boshini sajdadan ko‘taradi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:33:21

289-FATVO
Sajda oyatini o‘qimay yozgan kishiga sajda qilish vojib bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Qozixon»

290-FATVO
Sajda oyatining fors tilidagi garjimasini o‘qiganga ham, eshitganga ham sajda vojib bo‘ladi.
«Olamgiriya», «Xulosa»

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Yanvar 2009, 09:33:51

291-FATVO
Qulog‘i kar odam sajda oyatini o‘qisa, o‘zi eshitmasa ham sajda vojib bo‘laveradi. Harfma-harf hij o‘qigan odamga sajda vojib bo‘lmaydi.
«Olamgiriya», «Xulosa», «Sirojiya»

292-FATVO
Imom sajda oyatini o‘qisa, o‘zi ham, eshitganu eshitmaganlar ham sajda qiladilar. Lekin imom maxfiy qiroat qilinadigan namozlarda sajda oyatini qiroat qilmasligi mustahabdir.
«Olamgiriya»

Qayd etilgan