Azizlar, zotan oilagi tinchlik farovonlik ham ayol, ham erkakka bog'liq. Bekorga turmushni juft qanotli qushga o'hshatishmaydi.
To'g'ri ayol kishi farzand tarbiyasida juda katta rol o'ynaydi, lekin erkak bunga sharoit yaratib bermasa, ayol hech narsa qila olmaydi. Masalan erkakni topgan puli ro'zg'orga yetmadi, ayol majburan ishlagani ko'chaga chiqadi, yoki erkak dangasa, uyda yotib ayolini ishlashga majbur qilsa, ayol ham ko'cha, ham uyni ishiga qanday ulgursin, qolaversa bolaga shirin so'z ayta olishi uchun ham kayfiyat, ham vaqt kerak.
Bir qarindoshimizni oy desa oyday, kun desa kunday, hijobli qizi bor edi. 1 yilga yaqin madrasada ham o'qidi. Hamma qizni havas qilardi, kelin qilsam, deb. Taqdir ekan, uzatishdi. Oradan ko'p o'tmay kuyov bola ayolini qizg'ona boshladi, xatto ota-onasini uyiga ham jo'natmay qo'ydi. Hali uylanmasdan namoz o'qiydi, dindor deyilgan bolani asl basharasi ochildi. Shunday bo'libdi-ki, qiz Quron o'qisa "yana nima issiq sovuq" qilyabsan, deb uni toat ibodatdan ham sovutibdi...
Kuyov qanchalik dindor bo'lsa, ayoli ham shunchalik uni izidan boradi. Chunki unga bo'ysinadi. Aks holda esa yuqoridagi kabi holatlar afsus yuz beraveradi...