Shunday qilib, bugun ikkinchi Vatanim Turkiyada Ramazon Bayramining 2 chi kunidamiz birodarlar. Kecha ulug'larimizning qo'llarini o'pish, Bayramlashish, uyga mehmonlar chaqirish "marosimlari " Ollohga shukrlar bo'lsinkim, Alloh rozi bo'lsinlar bilan nihoyasiga yetdi. Bugun esa, kechagi Bayramning charchog'ini chiqarish, yana yarim soatda bir eshik qo'ng'irog'ini chalayotgan bolalarga qand ulashish bilan o'tmoqda. Rabbimga shukrlar bo'lsin, yetti uxlay tushimga kirarmidi, yani mavzu sahifasidan chetlashmagan holda, XAYOLİMGA SİG'ARMİDİ,"Yashasin 1 chi May, Mı oktyabryatı" deb yurar ekanmiz, "Ramazan Bayramın Mubarek olsun, yengeee" degan shirindan shirin bolajonlarga qand ulashish:)
Qanchalar shukr etsak shuncha oz...