Islom Ensiklopediyasi  ( 568311 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 84 85 86 87 88 89 90 91 92 93 94 ... 103 B


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:05:29

SHA’RONIY (yoki ash-Sha’roviy), Abdulvahhob ibn Axmad (1493-1565) - misrlik mashhur sufiy va ilohiyotchi. Saqiyat - Abu Sha’ra qishlog‘ida tug‘ilgan, o‘z shajarasini (asossiz ravishda) Ziyoniylar sulolasidan chiqqan Tlemsen hukmdorlariga, ular orqali alaviy Muhammad ibn al-Hanafiyaga bog‘lagan. Qohirada yashab, ijod etgan. Shofi’iylik fiqhini u Misrning atoqli faqihi Zakariyo al-Ansoriydan o‘rgangan. Ibn Arabiy qarashlari unga katta ta’sir ko‘rsatgan. Qohirada Sh. sufiy va’zxon sifatida tezda shuhrat qozongan, tarafdorlari ko‘paygan. Badavlat qozi Abdulqodir al-Mag‘oziliy unga atab madrasa kurdirgan va vaqf sifatida bir qancha yer mulklari ajratib bergan. Sh. va uning avlodlari undan merosiy foydalanish hukuqini olganlar. Shu tufayli Sh. ko‘p xayr-sadaqalar qilgan, kambag‘allar, mayib-majruxlar, shuningdek, ko‘p sonli muridlarini boqqan, bular uning shuhrati yanada ortishiga sabab bo‘lgan. 1774 y. uning sag‘anasi ustiga uning nomi b-n ataladigan masjid bunyod etilgan, u hozir ham saklangan. Masjid joylashgan ko‘cha va yaqin atrofdagi mavze ham uning nomi b-n ataladi. Sh. hadis, fiqh, sufiylik va b.ga oid 60 dan ziyod asar yozgan. Ibn Arabiyning kuchli ta’siriga qaramay, Sh. uning vahdat al-vujud ta’limotini qabul qilmagan. U "ma’rifatli" sufiylik tarafdori bo‘lib, fiqh va islom aqidalarini chuqur bilish har bir sufiy uchun shart deb hisoblagan. U tavakkulni bir taraflama -har bir ishni Allohning irodasiga tashlab qo‘yishni, bu b-n "qashshoqlikda kun kechiruvchi bekorchilar va tekinxo‘rlarni" sufiylikda ortib borishiga qarshi chiqqan. Fiqh sohasida Sh. mezon nazariyasini ishlab chiqqan, unga ko‘ra, islomdagi 4 asosiy mazhab o‘rtasidagi ixtiloflar asosan shariat qoidalariga amal qilishga oid. Sh.ga ko‘ra, barcha mazhab asoschilari haq bo‘lib, diniy qonun negazida sobitqadam bo‘lganlar. Ular o‘rtasidagi farq faqatgana shariatning u yoki bu qoidasini "murakkablashtirish" (tashdid) yoki "engillashtirish" (taxfif)dan iborat bo‘lgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:05:48

SHAHID (arab. guvoh) - islomda din yo‘lida halok bo‘lgan shaxs. Hadislarga ko‘ra, Sh. o‘z imonini kofirlarga qarshi urushda xalok bo‘lishi b-n tasdiqlaydi. Unga qabr azobidan xoli bo‘lib jannatga tushish kafolatlangan, shuning uchun u dafn etilishidan oldin yuvilmaydi. Sh.ning hayotidaga qilgan barcha gunoxlari kechiriladi, jannatda u Alloh huzurida baland martabaga erishadi. Vaqt o‘tishi b-n g‘ayritabiiy o‘lim topgan (inson, hayvon tomonidan o‘ldirilgan, tabiiy ofat, og‘ir yuqumli kasalliklar, zaharlanishdan o‘lganlar, haj paytida vafot etganlar va b.) barcha kishilar Sh.lar deb hisoblangan. Hadislarda aytilishicha, o‘z obro‘si yo mol-mulki yoki joni yoxud dini, shuningdek, ahdu oilasining himoyasi yo‘lvda qurbon bo‘lganlar ham Sh.dir. Vabodan o‘lgan, ichki xastalik ila o‘lgan, g‘arq bo‘lib o‘lgan, tom bosib o‘lganlarni Sh. hukmida o‘lganlar deyiladi. Boshqa bandalardan farkli o‘laroq shahidlar uchun xos qilingan xislatlar ham bor ekan. 6 xislat Alloh taoloning yo‘lida jihod qilib shahid bo‘lganlargagana nasib bo‘lar ekan. 1-Sh. 1-daf’ada mag‘firat qilinadi; 2-Sh. o‘zining jannatdagi o‘rnini ko‘radi; 3-Sh. qabr azobidan saqlanadi; 4-Sh. katta qo‘rqinchdan omonda bo‘ladi; 5-Sh.ning boshiga bitta yoquti dunyo va undagi narsalardan yaxshi bo‘lgan viqor toji qo‘yiladi; 6-Sh.ni hurlardan 72 jufti halolga uylantiriladi 7- Sh.ni yaqinlaridan 70 tasiga shafoat qildiriladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:06:18

SHAHODAT ("guvohlik") - 1) Kalimsi shahodat. 2) U yoki bu fakt yuzasidan beriladigan guvoxlik ko‘rsatmasi.Sh . haqiqiy  bo‘lishi uchun u to‘g‘ridan to‘g‘ri, ya’ni boshqalarning so‘ziga asoslanmasdan (agarda u topshiriq va vasiyat bo‘lmasa) va 2 erkak yoki 4 ayol tomonidan berilmog‘i lozim. Qulning SH.I ayolning Sh.iga tenglashtirilgan G’ayridinlarning Sh.i ba’zi mazhablarga ko‘ra dinga taalluqli bo‘lmagan masalaga oid bo‘lsa musulmonlar Sh.iga teng deb hisoblangan lekin ular o‘z dinlari nomidan qasam ichishlari kerak bo‘ladi, boshqa bir mazhabp ko‘ra - umuman inobatga olinmaydi. Agarda kelishuv asosida soxta Sh. berilgan bo‘lsa ba’zi mazhablarga ko‘ra, u qasamxo‘r sifatida jazolanadi, boshqasiga ko‘ra esa - soxta guvoh sifatida jazoga tortiladi. Sh. tartibi Abu Yusuf (8-a.) tomonidan batafsil bayon qilingan. Sh. haqiqatni aniqlashda eng muhim usullardan biri sifatida shariat sudiga rioya qilinadigan barcha mamlakatlarda saqlanib qolgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:06:32

SHAHRISTONIY, Muhammad ibn Abd al-Karim ash-Shahristoniy (1075 -1153) -shofi’iylik mazhabi faqihi, ash’ariylar, oqimiga mansub ilohiyotchi, din va diniy-falsafiy ta’limotlar tarixchisi, faylasuf U Eronning Xuroson viloyatidaga Shahriston sh.da tug‘ilgan. Sh. 10 dan ortiq asar yozgan ulardan ash’ariylar ilohiyot tizimining bayoni, Qur’onga sharhlar (ismoiliylar ruhidagi sharhlar)dan parchalar saqlanib qolgan. Uning Ibn Sino b-n bahs, shuningdek "Dinlar va mazhablar haqida kitob" ("Kitob al-milal va-n-nihal") asari (1127) din tarixiga oid eng mashhur va e’tiborli kitoblardan biridir. Muallif o‘z asarining 1-qismida islom tarixini, 2-qismida esa, O’rta yer dengizi atrofi va Sharq xalklari e’tiqodlari va diniy-falsafiy ta’limotlarini bayon etgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:07:45

SHIALIK (arab. - guruh, tarafdorlar) -islomdagi asosiy yo‘nalishlardan biri, O’zining tarqalishi va ijtimoiy-siyosiy mohiyati jihatidan sunniylikdan keyin 2-o‘rinda turadi. Hozir jahondagi musulmonlarning qariyb 8%i Sh.ka mansub hisoblanadi. Sh. 7-a. o‘rtalarida xalifa Ali(kv) hokimiyati tarafdorlaridan iborat siyosiy guruh sifatida vujudga kelgan. 7-a. oxirlariga kelib, Iroq va Eronda keng tarqalgan va islomdagi mustaqil diniy yo‘nalishga aylangan. Sh. boshda har qanday ixtilof va aqidaviy farkdardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farkdar vujudga kelgan. Sh. diniy-aqidaviy ta’limotda, marosim va urf-odatlarda sunniylikdan ma’lum darajada farq qiladi. Diniy-siyosiy harakat sifatida xalifalar hokimiyatiga qarshi kurash olib borgan zamindor guruhlarning, hatto xalq qo‘zg‘olonlarining mafkurasi sifatida ham maydonga chiqqan. Sh. aslida zamindor guruxlar o‘rtasidagi hokimiyat uchun kurash oqibatida vujudga kelgan bo‘lsa-da, bu ixtiloflar ko‘pincha diniy ta’limotdaga tafovut shaklida namoyon bo‘lgan. Sh. tarafdorlari (shialar) sunniylar kabi Qur’onni ilohiy deb e’tirof etadi, lekin ayrim o‘ta reaktsion ruhdagi oqimlari xalifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi. Sh. ilohiyotchilari Qur’onning mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li b-n o‘z ta’limotlarini asoslaydi. Sunnada hadislar masalasida esa, ular faqat Ali(kv) va uning tarafdorlari nomi b-n bog‘liq bo‘lgan hadislarni tan olgan va shunday hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan. Bu to‘plamlar Axbor deb atalgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farq qilib, Sh.da tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat 5 ta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan 4 aqida - tavhid (Allohning yagonaligani e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni takdir aqidasi), nubuvvat (payg‘ambarlik), qiyomat yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limoti b-n mos tushadi. 5-aqida imomat (imomlar hokimiyatini e’tirof etish) esa, sunniylikka va sunniy xalifapar hokimiyatiga zidliga b-n farq qiladi. Sh. Ali(kv) va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini tan oladi. Shu munosabat b-n barcha xalifalarni, xususan dastlabki xalifalardan Abu Bakr, Umar va Usmonni hokimiyatni zo‘ravonlik b-n egallab olgan shaxslar sifatida qoralaydi. 874-878 y.lar orasida 7-9 yoshida bedarak yo‘qolgan 12-imom Muhammad al-Maxdiyni ular "yashiringan" hisoblaydi, zamona oxir bo‘lganda uning qaytib kelishini va adolat o‘rnatishini kutadi (imomi Maxdiy, imomi oxir zamon). Bu tasavvur malum darajada sunniylikda ham tarqalgan. Ba’zi urf-odat va marosimlarda, shariat normalarida ham Sh. b-n sunniylik o‘rtasida ma’lum tafovutlar bor. Shialar sunniylar kabi Makka va Madinani muqaddas hisoblash b-n birga, Karbalo, Najaf sh.larida joylashgan TTT. imomlari qabrlarini ham ziyorat qiladi. Sh. shariatida ja’fariylik mazhabi hukmron bo‘lib, shialar imom Husaynga motam tutadi, shaxsey-vaxsey deb nom olgan motam yurishlari o‘tkazadi va h.k. O’rta asrlarda Sh. ichida ixtiloflar yuz bergan, natijada ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ismoiliylar, ibodiylar va b. hozir ham mavjud. Sh. hoz. vaqtda Eronda hukmron e’tiqod hisoblanadi. Iroq, Afgoniston, Hindiston va Pokistonda shialar bor. Ozarbayjon va Tojikistonda (Pomirda ismoiliylar) aholining muayyan qismi Sh.ka e’tiqod qiladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:08:17

SHIBLIY, Abu Bakr Dulaf ibn Jaxdar (ibn Ja’far) (861-946) - bag‘dodlik sufiy, al-Junayd va al-Hallojning eng yaqin shogardi va safdoshi. Samarrada tug‘ilgan, otasi xalifaning bosh hojibi, amakisi -Iskandariyada amir ul-umaro bo‘lgan. Sh.ning o‘zi xalifa al-Muvaffaqning hojibi vazifasida ishlagan. 40 yoshida Shim. Erondagi Damovand viloyati voliysi etib tayinlangan, biroq to‘satdan bundan voz kechib, Bag‘dodning mashhur sufiylaridan Xayr an-Nassoj huzurida (majlis) "tavba" qilib sufiylikni ixtiyor etgan. Dastlabiga hissiyotga o‘ta beriluvchan xarakterli Sh. al-Halloj targ‘ib etgan "o‘ta" sufiylikka moyillik bildirgan. Biroq, ta’qib etishlar, so‘ngra al-Hallojning qatl etilishi uni o‘z qarashlarini o‘zgartirishga majbur etib, al-Junayd va tarafdorlari kabi ehtiyotkorona mavqeni tutishiga sababchi bo‘lgan bo‘lsa kerak. Sh. al-Hallojdan yuz o‘girib, uni mumtoz shaxslar mulki bo‘lgan "sirlar"ni ochganlikda qoralaganligi haqida ma’lumotlar bor. Al-Halloj qatlidan so‘ng Sh.ning hulqi juda g‘alati bo‘lib qolgan. Uning g‘alati qiliqlari (qimmatbaho kiyimlari va mushk anbarlarini yoqib yuborishi, o‘zini o‘zi qiynoqqa solishi va b.) hissiyotga o‘ta beriluvchanligi uni telba deb hisoblashlariga olib keldi, shuning uchun bu davrda g‘ayrifikrlovchilar va bid’atga qarshi kurash olib borayotgan Bag‘dod hukmron doiralari unga e’tibor bermaganlar. Sh.ni shuningdek, badavlat xonadonda tug‘ilganligi va o‘sha paytda shu kurash tashabbuskorlaridan bo‘lgan molikiylar mazhabiga mansubligi ham kutqarib qolgan bo‘lsa kerak. Huquqiy va Qur’on ilmlarida Sh., olimlarning fikricha, bu sohadagi eng kuchli allomalardan qolishmagan va hatto ulardan ustun turgan. Sh.ga nisbat beriladigan sufiyona she’rlar badiiy qimmatga ega. Uning tarjimai holiga oid parchalar, aytgan so‘zlari va she’rlarini barcha mo‘‘tabar sufiylik risolalaridan topish mumkin. Uning Bag‘doddagi qabri saklangan va bugungi kunda ham ziyoratgoh sanaladi.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:08:52

SHIRK - sherik keltirish. Allohning sherigi bor deb e’tiqod qilish. Sh. - Alloh taologa xos bo‘lgan sifatlarni Undan o‘zgaga sobit qilishdir.
Sh.ning shar’iy tushunchasi - Maxluqni Robbil olamiynga 5 ishdan birida tenglashtirishdir. Ya’ni, Allohning zotida, sifatlarida, ismlarida, ishlarida va hukmlarida sherigi bor, deb e’tiqod qilishdir. Sh.ning turlari:
1) ibodatda Sh. keltirish. 2) duoda Sh. keltirish. Bandalarning toqatidan tashqari narsalarda, oddiy sabablardan ustun narsalarda Alloxdan boshqadan nusrat va yordam so‘rab duo qilishi - Sh. bo‘lib, bu ish insonni tavhid sohasidan chiqarib, kufr doirasiga kiritadi. 3) robbilikda Sh. keltirish. 4) hukmda Sh. keltirish. 5) mulk va sultondagi Sh. keltirish. 6) xalq-yaratishdagi Sh. keltirish. 7) itoatda Sh. keltirish. 8) tashri’dagi Sh. keltirish. Bundan tashqari, imom Dehlaviy fikricha, Sh.ning kuyidagicha 8 xil turi mavjud: 1-Sajdada Sh. keltirish. Islomdan avval sanamlarga va yulduzlarga sajda qilar edilar. Alloxdan o‘zgaga sajda qilish man qilindi. Alloh taolo: "Kuyoshga ham, oyga ham sajda qilmanglar, ularni yaratgan Allohga sajda qilinglar" (Fussilat surasi, 37), dedi. 2-Yordam so‘rashdagi Sh. keltirish. Islomdan avvallari bemorga shifo berish, kambag‘alga boylik kabi hojat talab ishlarda Allohtsan o‘zgadan yordam so‘rar edilar. Nazr qilishdagi Sh. keltirish ham shu jumlaga kiradi. Chunki, Alloxdan o‘zgaga nazr qiluvchi, o‘ziga kelgan yordamga shukr qilish maqsadida yoki bo‘lajak yordamdan umid qilib nazr ataydi. Mushriklar sanamlariga nazr atar va o‘sha nazr tufayli ulardan maqsadlariga erishtirishlarini kutar edilar. Barakot umidida ularning ismlarini tilovat qilar edilar. Alloh taolo ularga namozda, "Iyyaka na’budu va iyyaka nastaiyn" (Fotiha surasi, 4), deb aytishni vojib qildi. Bu sajda va ibodatda Sh. keltirishdan, shuningdek, yordam so‘rashda Sh. keltirishdan qaytarish edi. Alloh taolo: "Alloh b-n birga birovga duo qilmang!" (Jin surasi, 18), degan. Chunki, duo yordam so‘rash uchun bo‘ladi. Shuning uchun ham, hojatlarda, musibat va alamlarda Alloxdan boshqaga duo qilish man qilingan. 3-Uluhiyat (ibodatga sazovor)likdagi Sh. keltirish.
Ular o‘zlarining ba’zi sherik xudolarini Allohning qizlari, o‘g‘illari, deb atashar va buni ularning ilohning juz’i bo‘lganlari uchun uluhiyat haqqini berish uchun qilar edilar. Batahqiq bu ishdan juda ham qat’iy ravishda qaytarildilar. 4-Tashri’dagi Sh. keltirish. Yahudiylar o‘z axbor (diniy olim)lari va rohiblarini Alloxdan o‘zga Robbilar qilib olar edilar. O’shalar halol degan narsani, qilsa bo‘laveradigan halol narsa, ular harom qilgan narsani esa, gunoh bo‘ladigan harom narsa, deb e’tiqod qilar edilar. Harom qilishning ma’nosi falon narsa uchun jazo chorasi ko‘riladi, deyishdir. Halol qilishi esa, falon narsa uchun jazo chorasi ko‘rilmaydi, deyishdir. Bas, jazo chorasini ko‘rish      va      ko‘rmaslik      Allohning sifatlaridandir.
5-Alloxdan o‘zgaga atab so‘yishlik ila Sh. keltirish.
Mushriklar sanamlarga va yulduzlarga qurbat hosil qilish maqsadida ularga atab jonlik so‘yar edilar. Bunda ular yoki o‘sha narsalarning nomini aytib so‘yishar, yoki maxsus butlariga olib borib so‘yar edilar. Bas, bundan Allohning quyidagi so‘zlari ila qaytarildilar: "Alloxdan boshqaning nomi aytib so‘yilgan
narsa" (Moida surasi, 173) va "Allohning ismi zikr qilinmagan narsadan yemanglar' (An’om surasi, 119).
6-Alloxdan o‘zganing nomi ila qasam ichish bilan Sh. keltirish.
Ular ba’zi kishilarning ismlarini muborak ulug‘, deb e’tiqod qilishar, ularning ismi b-n yolg‘ondan qasam ichganning molu dunyoga va axliga nuqson yetadi, deb o‘ylar edilar. Shuning uchun, bu ishni qilishmas va talashib qolgan odamlardan o‘shalarning ismlari ila qasam ichishni talab qilar edilar. Bas, bu ishdan man qilindilar.
7-Alloxdan o‘zgaga haj yoki ziyorat qilish ila Sh. keltirish.
Ya’ni, o‘sha Allohga Sh., deb e’tiqod qilinayotganlarga xos tabarruk joylarga borib, ularga kurbat hosil qilishga urinish Shariatda bu ishdan ham man qilingan Payg‘ambar (as): "Faqat uchta masjidgagina ko‘ch bog‘lab (ziyoratga) boriladi", dedilar. 8-Nom qo‘yishdagi Sh. keltirish. Mushriklar o‘z bolalariga Abdul Uzzo, Abdush Shams kabi nomlarni qo‘yar edilar. Payg‘ambar (as) Sh.ka ishora qiluvchi ko‘plab ismlarsh o‘zgartirdilar. "Ismlarning eng afzali Abdulloh va Abdurahmon", dedilar. Islomda Sh. hech kimdan kechirilmas gunoh hisoblanadi

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:09:22

SHIRKAT, shirka ("sheriklik" "kooperatsiya") - bitim (akd)ning maxsus turi Unga ko‘ra, ikki va undan ortiq kishi umumiy ish olib borish uchun (savdo, hunarmandchili* yoki boshqa sohada) birlashadilar. Buning uchun ular o‘z mablag‘larini o‘rtaga qo‘yib, birgalikda harakat qilishadi. Bunda har bir sherik umumiy mulkdan foydalanish hukuqiga ega va umumiy ishda qatnashishga majburdir. Daromad: va zarar har bir Sh. qatnashchisining qo‘shgan ulushiga qarab, yoki kelishuvga asosan taqsimlanadi.
Sh.ning 4 turi bor: 1) To‘liq Sh., unda qatnashchilar teng ulush qo‘shib o‘z imkoniyatlariga ko‘ra teng bo‘ladilar, ya’ni ular bir kasb-hunar b-n shug‘ullanadilar yoki bir savdoda mashg‘ul bo‘lib erkin musulmon hisoblanadilar; 2) To‘liq bo‘lmagan Sh., unda faqat o‘zaro bitim talab etilib, ulushlarning tengligi talab etilmagan; 3) Maqsadli Sh.. unga ko‘ra, umumiy mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. lekin kreditga qilish mumkin bo‘lgan umumiy ish bor; 4) Sh. - kooperatsiya, unda turli kasb-hunar kishilari umumiy ish yuritish uchun birlashadilar (ko‘nchilar, egarchilar, etikdo‘zlar, quyuvchilar, temirchilar va b.). Ayrim mazhablarga ko‘ra, Sh.ning so‘nggi 2 turini ularda umumiy mablag‘ bo‘lmagani tufayli e’tirof etish mumkin emas. Sh. tartibi hozirda islom mamlakatlari iqtisodiy hayotining barcha jabhalarvda to‘liq saqlanib qolgan bo‘lib, yangi sharoitlarga moslashib bormokda.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:09:40

SHIS (as) - payg‘ambar. Odam (as)ning Hobil o‘ldirilganidan keyin tug‘ilgan 3-o‘g‘li. Injilda Sif deb atalgan. Xudojo‘y kishi bo‘lgan, Alloxdan unga vahiy kelib turgan. Vahiy 50 sahifani tashkil etgan, deb hisoblanadi. Makkada yashagan, haj marosimini muntazam ravishda ado etgan. Loy va toshdan Ka’ba binosini kurgan. Odamato va Momohavo b-n birga Makka yaqinidaga Abu Qubays tog‘ining g‘orida dafn etilgan.

Qayd etilgan


Shahina  14 Oktyabr 2006, 07:10:03

SHOZILIYLAR, ash-Shoziliya - Shim. Afrikadagi eng yirik sufiylik tariqati. Asoschisi - Abu-l-Hasan ash-Shoziliy (1196/ 97-1258) mag‘riblik bo‘lib, shajarasini shayx Ibn Xorazm (1236 y. v.e.) orqali mashhur Abu Madyonga bog‘lagan. Sh.ga g‘oyaviy asos bo‘lgan Shoziliy ta’limoti o‘zining asosiy qoidalarida mo‘‘tadil sufiylik g‘oyalariga asoslangan. Ular o‘z davrida al-Junayd va b. "mo‘‘tadil" sufiylar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, Abu Madyon tomonidan Shim. Afrika sharoitiga moslashtirilgan. Shoziliy Tunisdagi o‘z tarafdorlariga yo‘llagan maktubida va og‘zaki va’zlarida itoatda bo‘lishga, Alloxdan qo‘rqishga, hukumat b-n hamkorlik qilmaslikka, shariat ko‘rsatmalariga qat’iy rioya etishga, Rasululloh (sav) sunnatlariga ergashishga, dunyo lazzatlaridan yuz o‘girishga da’vat etgan.
Sh. bir necha asr mobaynida Afrikaning Sudandan to Maligacha bo‘lgan ichki viloyatlarida muvaffaqiyat b-n islomni tarqatgan. Sh. va uning tarmoklari Marokash, Tunis, Jazoir, Sudan va b. Afrika mamlakatlarida bugungi kunda ham mavjud. ShOM - 5 vaqt o‘qiladigan namozning biri. Sh. namozining o‘qilish vaqti Kuyosh botgandan boshlab, mag‘rib ufqidagi qizil shafaqning ko‘rinmay ketadigan vaqtigacha deb belgilangan. Bu taqriban 60 daqiqaga teng. Sh. namozi 3 rakaat farz, 2 rakaat sunnat o‘qishdan iborat. Sh., xufton va bomdod namozlarining farzi jamoat b-n o‘qilganda imom qiroatni jahriy (ovoz chiqarib) o‘qishi vojib amallardan hisoblanadi. Yakka o‘qigan odam uchun bu ixtiyoriydir. 2) Quyosh botgan payt ham Sh. deb ataladi.

Qayd etilgan