Birodar, imzodagi bu so'zlar menikimas, iqtibos(tsitata) gap.
Menga ma'qul bolgani uchun, imzoga joylagan edim. Keyin,
siz aytgandek aqidaga zidligini ko'rmagan edim. O'limlaridan
xabardordirlar va xabar beradilar, deyilsa siz aytgandek bo'ladi.
Bu erda bu so'zlar duo tariqasida, so'rash ma'nosida aytilgan.
Alloh o'zi istagan bandasiga, o'zi hohlagan narsasini bildirishi
mukinligi haqida esa, aqidaga zidlik tarafini ko'rmaganman...
Vallohu a'lam.
meni fikrimcha qayerdadir eshitganman .har bir Ollohga ibodat chog`imizda bu ibodatim oxirgisi bo`lishi mumkin shuning uchun yahshiroq qile deb niyat qilish kerak ekan. Aralashganim uchun uzr. O`limni o`ylashlik va o`lim borligigi birodarlariga eslatish gunoh emas, Olloh bilguvchi zotdir
Assalamu Alaykum.
Abu Muso aka, men Sizga xolis nasihat qildim. (Din - nasihatdir.) Bu so'zni shu ma'noda tushuning. Gapimning isboti uchun oyatdan dalil keltirdim. Biz zohiriga qarab olamiz. Botinida, "u duo uchun aytilgan, undoq-bundoq" degan gap menga ham, Sizga ham yarashmaydi. Albatta bu imzo Sizning so'zingiz emas, o'sha filmni men ham ko'rganman. Lekin bu yerda aqidaga ochiq xiloflik bor. Aka, iltimos, butun Islom ummati ittifoq qilgan narsada bahslashmaylik. Agar: "O'zingiz bahsni boshladingingiz", desangiz, men buni bahslashish uchun emas, menga ko'rinib turgan zohiri aqidaga zidligi uchun gapirdim. Endi, hujjat kelganda, bu falonchining gapi deyish to'g'ri emas. Keyin Aziz Mahmud Xudoyi bizga hujjat bo'lolmaydi - agar gap-so'zlari oyat va hadislarga qarshi chiqsa. Yana bir jihati, bu filmni bizga o'zbekchaga tarjima qilib ko'rsatishgan, balki tarjimada xatoga yo'l qo'yilgandir. Ana shularni hisobga olib, bu jumlani o'zgartirishingizni yana bir bor iltimos qilaman.
Assalamu Alaykum.