Odamlar borliq so‘nggi nafaslarini olayotganini, Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) yuborilishlari vaqtlar «nihoyaning avvali» ekanini aqllariga sig‘dira olmayapti. Chunki inson o‘limni uzoq deb o‘ylaydi. Orzu-umidlari juda ko‘p. Unga oxirgi qadamlarini tashlayotganini anglatish oson emas. Hech shak-shubha yo‘qki, aksariyat kavniy oyat-alomatlar hamda yaqiyniy dalillar Qiyomatning yaqin qolganini tasdiqlamoqda.
Kim bunga iymon keltirsa, inshaalloh, haqni tasdiq etgan bo‘ladi. Kim tan olmasa, biz nima ham qila olardik. Zero, kuch ham, qudrat ham yolg‘iz Alloh taolo bilandir.
«(Ey Muhammad, mushriklar) sizdan (o‘sha Qiyomat) soatining qachon voqe bo‘lishini so‘rarlar. Siz qaerdasiz-u, uni (ya’ni, Qiyomat qachon bo‘lishini) zikr qilib eslash (qaerda)? (Ya’ni, siz hech qachon u Kunning vaqtini aytib bera olmaysiz). Uni bilish yolg‘iz Parvardigoringizga borib to‘xtar. Siz faqat o‘sha (Qiyomat)dan qo‘rqadigan kishilarni ogohlantirguvchisiz, xolos. (Ammo u kunning qachon voqe bo‘lishini aytib berish sizning vazifangiz emasdir.) Ular u (Qiyomat soati)ni ko‘radigan Kunda (bu dunyoda) go‘yo birgina peshindan so‘ng yoki choshgoh paytida turgandek (ya’ni, bir kun ham yashamagandek) bo‘lib qolurlar» (Van-noziot, 42-46).