Севиб, ох-вох лашиб турмуш курган оилани биламан. Ари барибир хиёнат килди. Аёли ёши катталашгандан кейин табиийки аёл туққанидан кейин семира бошлайди. Лекин киз болани қомати билан ёши катта аёлнинг фарқи борку? Ўша аёлдан ааанча кичик қизлар билан гаплашиб юраркан. Бу сша аёлга қандай таъсир стишини бир тасаввур қилинг??? Қолаверса, севиб срга теккан. Ана шунақаларни ксрганиздан кейин бу турмуш қуриш шунақа сканда деб безиллаб срга тегмай юрибмиз.
HALOL SEHR NIMA?
Vahid Abdussalom aytadi:
"œEy singlim!
Sen eringni o’zingga isitaman, deb harom folchilarga bording-a"¦ Iymondan ajrading-a"¦ Allohning rasuli qaytargan harom joyga halol pullaringni sarflading-a"¦
Bir menga quloq solgin-a, men senga halol sehrni o’rgatay:
Ering seni, farzandlaringni boqaman deb ko’chada ishlab, horib uyga kelganda ro’parasida kulib turgan, eri uchun go’zal kiyimlarini kiygan xushsurat, xushmuomala ayolini ko’rmaydimi? Sen esa bironta marosim bo’lsa birovlar uchun go’zal kiyimlarni kiyib, atir-upalar bilan o’zingga oro berasan-u, shularni senga olib bergan ering ishdan kelganda esa dog’lanmagan yog’ hidi ufurib turgan yamoq kiyim bilan uni kutib olasan. Unga yaxshi keldingizmi, deya ko’ngil so’rash o’rniga, kundalik g’alvalaringni gapirasan. Shunday qilishga qilasan-u, keyin folchi qidirib yurasan. Sen uning uchun pardozlanishing va unga go’zal muomala qilishing sehrning halolidir. Sen yana bunda Allohning rizoligini ham topasan."
Manba.MUSULMONNING VAFODOR AYOLI
Ashraf Ali Tahonaviy aytadi:
"œMusulmonning xotinidek ayolni dunyoda topolmaysiz. Uning kabi vafodorni dunyodan topolmaysiz. Buning isboti shuki, erning xizmati bilan birga uning ota-onasi, aka-ukasining ham xizmatini qilib, duosini olaveradi. Vaholanki erning ota-onasiga xizmat qilish unga vojib emas. Uzoq qarindoshingiz kelsa ham uni ham ochiq chehra bilan kutib olaveradi. Siz yillab musofirlikda yursangiz ham sizni kutib yuraveradi. Vaholanki, ayolning ruxsatisiz 4 oydan oshiq muddatga musofir bo’lish mumkin emas. Kechasi soat 2 da kelsangiz ham, eshikni ochib, sizga ovqat ham qilib beraveradi"¦
Shuncha xizmatlariga yarasha bu ayollarning tillari shirin bo’lganida edi"¦ Jiddiysini qo’ying, og’zilaridan chiqqan hazil duo ham qabul bo’lib ketardi. Adashib duo qilsalar ham Alloh qabul qilaverardi"¦"
Manba.