* * *
Hali ham asirlarni qutqarish uchun yaqinlari kelib turishardi. Mashhur Valid ibn Mug‘iyraning o‘g‘li Valid ham asirlar orasida edi. Bir kuni uning ikki akasi Xolid bilan Hishom uni qutqarish maqsadida Madinaga kirib kelishdi.
Validga o‘gay aka bo‘lguchi Hishom talab etilgan pulni bergisi kelmadi. Ancha davom etgan tortishuvlardan keyin, nihoyat, otalari Valid ibn Mug‘iyraning sovutiyu qurollarini berib, Validni qutqarishdi. Makka sari yo‘lga chiqishdi. Madinadan oltmish chaqirim yurgach, Zulhulayfa degan joyga yetib qo‘nishdi. Ovqatlanishdi, hordiq chiqsin deb bir oz uxlashdi.
Bir payt Valid asta o‘rnidan turdi. Hamrohlari uxlab yotganiga ishonch hosil qilgach, kelgan izidan qayta boshladi. Kaydasan, Madina, deb yo‘l oldi.
Aka-ukalar anchadan keyin uyg‘onishdi. Yonlarida Validni ko‘rmay, hojat bilan biron joyga o‘tgan bo‘lsa kerak, degan xayolda xiyla vaqt kutib o‘tirishdi, ammo darak bo‘lmadi.
— Makkaga ketib qolgan bo‘lsa kerak, — dedi Hishom.
— Nimaga bizni tashlab ketadi? Birga ketardik-ku?..
Bu orada Xolid Makkaga emas, Madinaga qarab ketgan izlarni ko‘rib qoldi.
— Valid yana Yasribga qaytgan bo‘lmasin, Hishom? — dedi ajablanib.
— Vallohi, nima deyarimni ham bilmay qoldim.
Ammo u yoqqa nega ketadi? Axir, o‘zi o‘sha yoqdan kelyaimizku?!
Xolid bir necha soniya o‘ylanib turdida: Valid Yasribga yashirincha borib, u yerda bir-ikkitasini o‘ldirib kelmoqchidir balki?
Shu fikr aqlga to‘g‘ri kelardi. Ammo endi o‘zlari nima qilishadi? Madinaga qaytib borib, uni izlasinlarmi? Unda Valid xaqiqatan xaligiday ish qilgan bo‘lsa, qo‘lga tushib, o‘lib ketishlari turgan gap. Xo‘sh, nima qilishsin?
— Bu ahvolda Makkaga ham bormaylik, ey Hishom. Borib: «Validni ham qutqardik, ham qutqarmadik», deyish menga og‘ir keladi, — dedi Xolid.
— Uning ustiga, otamizning sovuti bilan qurolini berib qo‘yganmiz... — deya quvvatladi Hishom.
— Qani, korinni bir to‘yg‘azib olaylikchi, ungacha aql ham kirib qolar.
Ovqatlanib bo‘lishgach, Xolid birodariga o‘girildi:
— Mening qarorim Yasribga yana bir marta borish, nima bo‘lganbo‘lmaganini o‘rganishdir. Akdlli, «Valid qani?» deb so‘raganlarga tuzukquruq javob berish imkoniga ega bo‘lamizku, sen nima deysan?
— Lot haqqi, men ham ayni shunday fikrdaman, ey Xolid. Qani, ketdikmi?
Yasribga yo‘l olindi. Soatlarcha yurilgach, Yasrib xurmozorlari ko‘zga tashlandi. To‘g‘ri Bani Najjor mahallasiga kelib tushishdi. Janobi Rasulullohni (s.a.v.) topib, vaziyatni tushuntirmoqchi bo‘lishdi. Boshqa birortasiga masala ochilsa yoki Valid biron kor-hol qilib qo‘ygan bo‘lsa, uning o‘rniga bularga jazo berishlari mumkin.
Masjid oldida tuyalaridan tushishga hozirlanisharkan, Xolid ko‘zlarini kattakatta ochib, to‘planib o‘tirganlarga boqdi.
— Men ko‘rayotganimni sen ham ko‘rayapsanmi, Hishom?-dedi shivirlab.
— Ha, — dedi Hishom ham g‘alati bir ovozda, — ko‘rganimdan ko‘rmaganim yaxshi edi.
Valid masjid oldidagi o‘sha odamlar orasida, ular bilan gaplashib o‘tirardi.
— Xo‘sh, nimaga kelding bu yerga? — deb so‘rashdi akauka undan.
— Ko‘rib turibsizlarku, do‘stlarim bilan gaplashib o‘tiribman, — deb javob kildi Valid.
— Xo‘p, mayli, ammo nega qaytib kelding?
— Musulmon bo‘lish uchun.
— Ozgina nariroqqa borsak bo‘ladimi?
Valid o‘rnidan turdi, birgalashib sal nari o‘tishdi. Bir chekkaga borib, Xolid asta so‘radi:
— Jiddiy gapiryapsanmi, Valid?
— Jiddiy bo‘lmasa, atay qaytib kelarmidim. Birdan Xolidning jig‘ibiyroni chiqdi.
— Ahmoq! Musulmon bo‘lish niyating bor ekan, nimaga bizlarni bu yerga keltirding, nega o‘zingni qutqarish uchun otamizdan qolgan aziz yodgorlikdan ayrilishimizga sabab bo‘lding?.. Oilada uni qanday qadrlashimizni o‘zing ham juda yaxshi bilardingku!
— Men Qurayshning: «Valid badal pulini to‘lashdan qochib musulmon bo‘ldi», deyishini istamadim. Har kim kabi menga ham fidya to‘lansin, keyin kelib o‘z xohishim bilan musulmon bo‘lganimni aytay, deb orzu qildim.
— Xo‘p, endi nima qilasan?
— Endi bu yerda qolaman, hayotim bu yerda davom etadi — qarorim shu.
— Unday qilma, — dedi Xolid, — hozir sen biz bilan birga Makkaga bor. Seni ozod etganimizni, sog‘-omon keltirganimizni odamlar ko‘rsin. O’z istaging bilan musulmon bo‘lganingni anglat yoki anglatma. Shundan keyin xohlagan tarafingga ketaver. Har kim borib asirini qutqarib keldi, ammo Valid ibn Mug‘iyraning o‘g‘illari bo‘sh qo‘l bilan kaytib kelishdi, deyilishi bizga munosib emas. Yo‘qsa, Zulhulayfada seni topmaganimizdan keyin o‘shanaqasi ketib qolgan bo‘lar edik.
Validga bu fikr ma’qul ko‘rindi. Yangi topgan do‘stlari bilan xayrlashib, yo‘lga chiqdi.
Makkaga yetguncha kor-holsiz kelishdi. Lekin Makkaga yetib kelishdiyu ish o‘zgardi. Validni tutib, hibsga tashlashdi.
Shu tariqa Makkaga hibs etilganlarning soni Ayyosh ibn Robia bilan Salama ibn Hishomdan keyin uchtaga yetdi.
Janobi Rasululloh (s.a.v.) Validning hiyla bilan Makkaga olib ketilganini va u yerda qamab qo‘yilganini eshitib, xafa bo‘ldilar.
Bomdod namozlarida rukudan rostlanganlarida: «Ollohim, Valid ibn Validga, Salama ibn Hishomga, Ayyosh ibn Robiaga va siquv ostida qolgan boshqa zaif mo‘minlarga najot ber. Ollohim, Mudor qabilasiga qiynoqni kuchaytir. Ularga Yusuf (a.s.) davridagidek qahatchilik ber. Senga va elchingga qarshi bosh ko‘targan Lihyon, Ri’l, Zakvon va Isayya kabilalarini la’natla», deya duo qila boshladilar.