Assalomu alaykum!
5-turdagi yanglishlik uchun viktorina ishtirokchilaridan uzr so'raymiz.
Tahorat hukmlari haqidagi turning 10-savolida xatolik ketibdi:
10. Quyidagilardan qaysi biri tahoratning makruh amallariga kirmaydi?
a) Suvni yuzga zarb bilan urish, suvni o‘ta kam ishlatishlik, suvni isrof qilish.
b) Najosatli o‘rinlarda tahorat olish, Tahorat asnosida zaruratsiz gaplashish, ro‘zador odamning burniga va og‘ziga suvni qattiq tortishi.
c) Yomg'ir suvida tahorat olish, badanni 3 martadan ko'p yuvish, tahorat tartibini buzish, ya'ni avval yuzni, so'ng qo'lni yuvish.
c) javobdagi badanni 3 martadan ko'p yuvish ham tahoratning makruhlaridan sanaladi. Shu bandni olib tashladik.
Xatolik bizdan o'tganligi sabab bu savol uchun barcha ishtirokchilarga 5 balldan belgilaymiz.