Alloh taoloning 99 ismi (rasmlarda)  ( 55853 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Zamiraxon  25 Mart 2010, 10:11:09

 :as:
Bahramand bo'ling.

   Al-'Aliym


 
"Har bir narsani biluvchi. Bo’lgan va bo’ladigan, avvalgi va oxirgi, zohir va botin narsalarning barchasini biluvchi".   



Qayd etilgan


Zamiraxon  25 Mart 2010, 10:12:56

Al-Fatah


"Ko’plab narsalarni ochuvchi. O’z rahmat xazinasini bandalariga ochuvchi".

Qayd etilgan


Zamiraxon  25 Mart 2010, 10:15:07

Al-Razzoq


"Ko’plab rizq beruvchi. Rizqlarni va ularning vositalarini yaratuvchi. Razzoq maxluqotlariga hech bir og’irliksiz, qiyinchiliksiz, yordam so’ramasdan rizq beruvchidir".

Qayd etilgan


Ansora  25 Mart 2010, 11:25:41

Assalomu-alaykum Zamiraxon. Juda hayirli ishga qo'l uribsiz, Alloh rozi bo'lsin.

Bu mavzuga qo'shimcha qilgan holda rasmlarni tagiga ikki og'iz so'z bilan Esmaul Husnalarni ma'nolarini ham yozsangiz menimcha yana ham foydali bo'lardi...

Siz qaror bergandan keyin bu postimni o'chiraman, mavzuda ortiqchalik qilmasin...

Shu linkdan foydalaning:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=234.msg18515#msg18515

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Mart 2010, 13:39:19

Allah


Alloh lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib ma’bud-ibodat qilingan zot ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning alif va lom harflari kiritilgan va «alilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi ta’rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan. Alloh lafzi yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan".

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Mart 2010, 13:43:38

Al-Vahhob


"Ne’matlarni behisob beruvchi".

Qayd etilgan


Zamiraxon  26 Mart 2010, 13:50:24

Al-Qahhor


"Barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni o’z hukmiga yuritib va qudrati ila bo’ysundirib turuvchi".

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Aprel 2010, 23:31:45


1.Al-Malik   Podsho - Barcha marsani egasi."Malik" haqiqiy egadir.Undan o'zga ega yoqdir.Shuning uchun bandalar faqat unga qul bo'ladilar.Hech vaqtda bir qulga ikkixo'jayin bo'lmaydi.Shuning uchun insonlar o'zlariga o'xshaganinsonlarga emas,balki yagona yaratganga, haqiqiy Malikka qul bo'lish lozim.

2.Al-Mu'min   Saqlayotgan - Mo'min-iymon va omonlik beruvchi.

3.As-Sallam   Qutqarayotgan - "Salom"-barcha nuqsonlardan
salomat.Shuningdek,tinchlik,xotirjamlik va rohat beruvchi degani.ALloh "Salom" sifati ila bandalarga tinchlik,omonlik,xotirjamlik ato qiladi

4.ALLOH-Alloh lafzi «alaha» fe’lidan olingan «iloh» masdariga mansub bo’lib ma’bud-ibodat qilingan zot ma’nosini anglatadi. Arablarda «iloh»ning alif va lom harflari kiritilgan va «alilohu» hosil bo’lgan. So’ngra hamzaning harakatini lomi ta’rifga naql qilingan va bir jinsdagi ikki harfni idg’om qilingandan keyin «Alloh» lafzi hosil bo’lgan. Alloh lafzi yakkayu yagona ma’budi haqqa ism bo’lib qolgan. U zotdan boshqaga bu ism ishlatilmagan".

5.Ar-Rahim   Iltifotli - "Rahiym" latif ne'matlarni beruvchi.Bu sifat xosroq bo'lib,qiyomat kuni faqat mo'minlarga rahm qiluvchi ma'nosini anglatadi.Va Allohdan o'zgalarga,jumladan Payg'ambar alayhissalomga nisbatan ham ishlatiladi.
 
6.Ar-Rahman   Rahmdil - Ulug' ne'matlarni beruvchi.Bu sifatfaqat Allohga hos bo'lib,barchaga kofirga ham,mo'minga ham mehribon va ne'mat beruvchi ma'nosini anglatadi.Rahmon sifatini Alloh taolodan boshqa hech kimga nisbatan ishlatib bo'lmaydi.

7.Al-Quddus   Muqaddas - Barcha ayblardan xoli,noloyiq sifatlardan munazzah,mutlaq muqaddaslik va mutlaq poklik Allohning o'zigagina hosdir.

8.Al-Haliq   Xoliq - Asli va o'xshashi yoq narsaning o'lchovini mos qilib yaratuvchi.Alloh maxluqlarni yaratishdan oldin ham Xoliq degan vsfga ega edi.U xaloyiqni xalq qilganidan keyin Xoliq ismini olgani yoq. Xoliq mutlaq vujudga keltiruvchidir.

9.Al-Mutakabbir   Mutakabbir - kibriyosi va ulug'ligi behad.Uning oldida boshqalar qul bo'lib turadi.

10.Al-Jabbar   Jabbor - oliy qadar ulug',Uning oldida hamma o'zini xor tutadi.

11.Al-Aziz   Ulug' - Barchaning ustidan g'olib.Undan biror narsa g'olib
kelolmaydi


12.Al-Muhmin   Himoya qilayotgan - Hamma narsani qamrab oluvchi.Alloh bandalarning barcha holatlariga guvoh bo'lib turadi.Undan hech narsa maxfiy qolmaydi.

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Aprel 2010, 23:57:36



Al-Bari   Bori' - Yoqdan paydo qiluvchi,vujudga keltiruvchi.Bori'ning vujudga keltirishida tafovut yoqdir.

Qayd etilgan


UzMuslim  10 Aprel 2010, 23:58:57



Al-Muiz   Aziz qiluvchi - Kimni xohlasa,to'g'ri yolga solib aziz qiladi.

Qayd etilgan