Bahri bayt  ( 874317 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 198 199 200 201 202 203 204 205 206 207 208 ... 255 B


Mahdiyah  08 Oktyabr 2009, 15:41:39

Nafsing — teshik tog’ora,
Lim-lim to’lmas hech qachon.
Kimdir tekin qo’y bersa,
O’zing unga top arqon.

Ikromiddin Oqqo’rg’oniy

Qayd etilgan


Hadija  08 Oktyabr 2009, 15:55:59

Аеча минг мусулмон туну кун уйғоқ,
Каъба атрофини тинмай айланар,
Муроди табаррук масканни спмоқ
Саждага ҳар бири ҳар зум шайланар.
A.Oripov

Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Oktyabr 2009, 16:00:30

Ro’za-tan zakoti, holing salomat,
Zakot-kafforatdir, moling salomat,
Beva-bechorayu yetim yesirga,
Haqdorga ato et, joning salomat!

Yo’ldosh Eshbek

Qayd etilgan


Hadija  08 Oktyabr 2009, 19:38:55

Topolmasang, qo’rq! Yomon alomat bu!
Sirdek asra, jon ichra sol sevgini,
Shunday sevki, sevganing sevsin seni.
Allohim sev, ishqida yonsin qalbing,
Zikri bo’lsin nafsing, yurak zarbing.
Sevib Payg’ambarni, tutgil sunnatni,
Ne tong, Rabbing nasib qilsa jannatni.
Millatni sevganlarga bu baxt ato,
Birodarlarga ko’rsat mehru vafo.
Fozil Zohid

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Oktyabr 2009, 21:37:46

Odat qiling o'z vaqtida
Uyingizga qaytishni
Mushkul chog' ham tark etmang
Haqiqatni aytishni
Serialdan bosh ko'taring
Yig'ishtising daydishni
Ilm olib mo'minlarni
Najot sari yetaklang!
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Oktyabr 2009, 05:40:26

Assalamu alaykum

Garov berib jonimni qattiq kuydim,
Oxir chirkin dunyolardan ham to‘ydim,
Ko‘z yoshima arzimas ekan dunyo...
Parvardigor, sajdangdaman, bosh qo‘ydim,
Rohatlanib Saning uchun yosh quydim...

Hayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


siddiqa  09 Oktyabr 2009, 05:45:58


Men shabnamman, g’uborlarga qo’nolmayman,
Yo gul bo’lib tosh yurakda unolmayman.
Ko’nolmayman, bu dardlarga ko’nolmayman,
Ko’zingizni berib turing, yig’lab olay.

Behzod FAZLIDDIN


Qayd etilgan


Mahdiyah  09 Oktyabr 2009, 05:56:25

Yurtda kezmish dahriylar izlab ming-ming hamxona,
Tog‘utlar ila qurib kufrga liq koshona.
Endi Buxoriysi-yu, Navoiysi afsona...
Xudo, to‘zg‘in elimni hidoyatga boshlagin!
Ko‘zlarini O’zingning yo‘llaringda yoshlagin!

H.Hamidov

Qayd etilgan


siddiqa  09 Oktyabr 2009, 06:41:07


Nimaga ko’zimda yulduz kam — Ishq kam,
Men noshud umrimni kimlarga berdim?
Ko’ksim nurga to’lib bitta gul eksam,
Orqasidan o’nta nihol sindirdim...

Behzod FAZLIDDIN

Qayd etilgan


shoir  09 Oktyabr 2009, 09:50:51

Мол-дунё ишқида чандон слганлар,
ишратдан юзлари салқиб сслганлар,
занглаган кишанга меҳр қсйганлар,
димоғин хушлайди райҳоналардан.
Имоним деганлар,
Миллат деганлар,
ёвга терс қараган иллат деганлар,
сзликка хиёнат қилма деганлар
зор қақшаб йиғлайди вайроналарда.

Шавкат А аҳмон

Qayd etilgan