O'zbekistonDavlat bayrog`i va uning ramzi bugungi o`zbekiston sharhadida qadimda mavjud bo`lgan davlatlar bilan tarixan bog`lig`ligini hamda respublikaning milliy-madaniy an`analarini o`zida mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi moviy rang-Tinchlikning mazmuni aks etgan mangu osmon va obuhayot ramzidir.
Bayroqdagi oq rang-Muqaddas tinchlik ramzidir. Oq rang-poklik,beg`uborlik,soflik,orzu va xayollar tozaligi, ichki go`zallik intilishi.
Yashil rang-Tabiatning yangilanishi ramzidir. U ko`pgina halqlarda navquronlik, umid va shodumanlik timsolidir.
Qizil chiroqlar vujudimizda jo`shib oqayotgan qudrat irmoqlaridir.
Navqiron yarim oy tasviri tarixiy an`analarimiz bilan bog`liq. Ayni paytda qo`lga kiritilgan mustaqilligimiz ramzidir.
Yulduzlar barcha halqlar uchun ruxoniy,ilohiy timsol sanalgan. 12 yulduz tasvirini o`zbek halqi madaniyati, qadimligi uning komillikka, tuprog`ida saodatga intilish ramzi sifatida tushunish lozim.
Mavzu arxivi