DAJJOLNING FITNALARI
Dajjol chiqqach, avvalo, payg’ambarlikni da’vo etadi. Keyin o’zini ibodat qilinadigan iloh deb e’lon qiladi. Odamlarga "Men sizlarning rabbingiz emasmanmi?" deydi. Dajjol bu da’voni qilishdan oldin g’ayrioddiy hodisalar yoki mo’’jizalar ro’y beradi. Aslida ular Alloh taolo bandalarini sinash uchun yuborgan fitna-sinovlar bo’ladi. Bu hodisalarni ko’rib, mo’minning iymoni ziyodalashsa, kofir zalolatga chuqurroq botadi. Unga ergashganlar esa, halok bo’ladilar.
Dajjolning fitnalaridan biri Alloh taoloning irodasi bilan o’liklarni tiriltirishidir. Yosh, baquvvat bir yigitni chaqirib, qilichi bilan uni ikki bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra yigitni turishga buyuradi. Yigit go’yoki hech narsa bo’lmaganidek, kulib turib ketadi.
Uning fitnalaridan yana biri osmonga yomg’ir yog’dirishni buyursa, osmondan yomg’ir yog’ishi, yerga o’simlik undirishni buyursa, yerdan ko’kat unib chiqishidir. Hatto chorva mollar (yaylovdan) oldingidan ko’ra semizroq va kattaroq bo’lib, yelinlari sutga to’lib qaytadi. So’ngra Dajjol odamlar qoshiga kelib, ularni o’ziga ibodat qilishga chaqiradi. Insonlar bosh tortib, da’vatidan yuz o’giradilar. Shunda yer, go’yoki unda avval o’simligu nabotot o’smagandek, xarobaga aylanadi. Odamlar qo’lida bironta mol-mulki qolmay qaytadilar. Yer bo’shab, taqir bo’lib qoladi. Mol-dunyolar yo’q bo’lib ketadi.
Dajjolning fitnalaridan yana biri, u xarobazorlardan o’taturib, unga xazinalarini chiqarishni buyuradi. Shu zahoti xazinalar to’zg’igan aridek chiqib keladi.
Uning yana boshqa bir fitnasi, u bir kishini chaqirib aytadi: "Agar ota-onangni qayta tiriltirsam, mening xudoligimga guvohlik berasanmi?" "Ha", deydi u kishi. Shunda ikki shayton unga ota va onasi suratida ko’rinib: "Ey o’g’lim, unga ergash, u sening rabbing bo’ladi", deyishadi.
Yana bir fitnasi, uning jannati va do’zaxi bo’ladi. Aslida do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir. Kim unga ergashsa, jannat deb o’ylagan anhorga kirgizadi. Lekin u do’zaxga kirgan bo’ladi. Kimda-kim unga osiy bo’lsa, do’zax deb bilingan anhorga otadi. Aslida uni jannatga kirgazgan bo’ladi.
Bu fitna va tuzoqlarning hammasi ishonchli, sahih hadislarda kelgan. Dajjolning kimligi bizga yanada ravshan bo’lishi uchun, shunga o’xshash fitnalar haqida xabar bergan ba’zi hadislarni keltirib o’tamiz.
Abu Said Хudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi va sallam dedilar: "Dajjol chiqqanida, mo’minlardan bir kishi uning oldiga boradi. (Yo’lda) qurollangan kishilarga — Dajjolning kishilariga duch keladi. Ular: "Qayerga ketyapsan?" deb so’raydilar. U: "O’sha chiqqan kishi (Dajjol)ning oldiga", deydi.
«Uning rabbimiz ekaniga ishonmaysanmi?»
«Rabbimizda sirlik yo’q».
«O’ldiringlar uni», deyishadi so’ngra. Ba’zilari boshqalariga: "Rabbingiz (ya’ni, Dajjol) o’zi yo’g’ida birontasini o’ldirishingizdan sizlarni qaytarmaganmidi?» deydi. Keyin: "Yuringlar, uni Dajjol oldiga olib boramiz", deyishadi.
Mo’min kishi Dajjolni ko’rgan zahoti: "Ey insonlar! Axir bu Rasululloh sollallohu alayhi va sallam zikr qilgan Dajjol-ku", deydi.
Dajjol (odamlariga) buyuradi, mo’min kishi qorni bilan yerga yotqiziladi. Dajjol: "Uni ushlab, boshini yoringlar", deydi. Mo’min kishining orqasi va qorniga ko’p urishadi. Dajjol: "Mening (xudoligimga) iymon keltirmaysanmi?" deydi. (Mo’min) kishi: "Sen kazzobsan, masihi Dajjolsan", deb aytadi. Keyin u mo’minning boshi o’rtasidan arra bilan arralashga buyuradi. Uni ikki oyog’i orasigacha aralab, ikkiga bo’lib yuborishadi. So’ngra Dajjol ikki bo’lakning o’rtasiga kelib: "Тur", deydi. U avvalgidek raso odam bo’lib o’rnidan turadi.
Dajjol: "Endi menga iymon keltirasanmi?" deydi.
Mo’min: "Sening (kimliging) haqida ahlim yanada ziyodalashdi", deb aytadi. So’ngra deydi: "Ey insonlar! Dajjol mendan keyin bironta insonni men kabi holatga sola olmaydi"
Dajjol mo’min kishini so’yish uchun ushlaydi. Uning bo’yni bilan o’mrovi o’rtasiga pichoq qo’yadi. Lekin (so’yishga) qodir bo’lmaydi.
Dajjol mo’min kishining qo’l va oyog’idan ushlab daryosiga uloqtiradi. Dajjol uni do’zaxga uloqtirdi deb o’ylaydilar. Aslida uni jannatga tashlagan bo’ladi. Bu (mo’min kishi) Olamlar Rabbi huzurida shahidlarning eng ulug’idir" (Sahih hadis. Buxoriy va Muslim rivoyati).
Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam shunday deydilar: "Dajjol keladi. Lekin unga Madinaga kirish harom hilingan bo’ladi. Madina yaqinidagi giyohsiz taqir yerga yetib keladi. (Madinadan) odamlarning yaxshisi yoki yaxshilaridan biri uiing oldiga chiqib shunday deydi: "Guvohlik beramanki, sen Rasululloh sollallohu alayhi va sallam hadislarida bayon qilgan Dajjolsan».
Dajjol aytadi: "Agar men bu (kishini) o’ldirsam (keyin tiriltirsam), mening ishim (ya’ni, xudoligim) haqida shubhalanasizlarmi ?
Odamlar: "Yo’q", deydilar.
Dajjol uni o’ldirib, so’ngra tiriltiradi.
Kishi aytadi: "Allohga qasamki, sen haqingdagi fikrim hech qachon hozirgidan-da qat’iyroq bo’lmagan».
Dajjol uni yana o’ldirishni xohlaydi. Lekin Alloh undan bu qudratni tortib oladi» (Sahih hadis. Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Abu Umoma Bohiliy shunday deydilar: "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bizga xutba o’qidilar Хutbalarining aksarida Dajjol haqida gapirib, bizni ogohlantirdilar va shunday dedilar: «Alloh taolo Odam sollallohu alayhi va sallamni yaratgandan beri yer yuzida Dajjol fitnasidan ko’ra kattaroq fitna bo’lgan emas. Albatta, Alloh jo’natgan har bir payg’ambar ummatini Dajjoldan ogoxdantirgan. Men oxirgi payg’ambarman, sizlar esa, oxirgi ummatsizlar. Shubhasiz, u sizlarga chiqadi. Agar u chiqqan vaqtda, men orangizda bo’lsam, o’zim har bir musulmon ustida u bilan hujjatlashaman. Agar mendan keyin chiqsa, har kim o’zi hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga har bir musulmonga (yordam beradi). Dajjol Shom bilan Iroq o’rtasidagi Хulla degan joydan chiqadi. O’ng va chap taraflarni bosib o’tadi. Ey Allohning bandalari, ey insonlar, sobitqadam bo’linglar. Mendan oldin bironta payg’ambar aytmagan sifatlarni men sizlarga aytib beraman. U ishining boshida: "Men Allohning nabiyiman", deydi. (Bilinglarki) mendan keyin nabiy kelmaydi So’ngra haddidan oshib: "Men sizlarning rabbingizman", deydi. (Bilinglarki) o’lmaguningizcha Rabbingizni ko’rmaysizlar. U g’ilay bo’ladi. Rabbingiz g’ilay emas. Uning ikki ko’zi o’rtasida "kofir" degan yozuv bo’lib, o’qishni bilgan-bilmagan har bir mo’min uni o’qiy oladi. Uning fitnalaridan biri, uning jannati va do’zaxi bo’ladi. Aslida do’zaxi jannat, jannati esa do’zaxdir. Kimda-kim uning do’zaxiga tushish bilan imtihon qilinsa, Allohdan panoh tilasin va Kahf surasining avvalini o’qisin. Olov Ibrohimga (alayhissalom) salqin va salomatlik joyi bo’lgani kabi, Dajjolning olovi ham unga salqin va salomatlik joyi bo’ladi. Uning fitnalaridan yana biri, bir a’robiyga aytadi: "Agar ota-onangni qayta tiriltirsam, rabbing ekanimga guvohlik berasanmi?" U: "Ha", deydi. Unga ikki shayton ota-onasi suratida gavdalanib, aytadilar: "Ey o’g’lim, unga ergash. U sening rabbing".
Dajjolning fitnalaridan yana biri, bir kishiga g’olib bo’lib, uni o’ldiradi. Arra bilan uni arralab, ikki bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra odamlarga shunday deydi: "Qaranglar bandamga. Men uni hozir qayta tiriltiraman. So’ngra u mendan boshqa rabbi borligini da’vo qiladi». Alloh u kishiga qayta jon berganda, yovuz, kazzob unga shunday deydi: "Rabbing kim?" U aytadi: "Rabbim Allohdir. Sen Allohning dushmanisan. Sen Dajjolsan. Allohga qasamki, sen haqingdagi fikrim hech qachon bugungidek qat’iyroq bo’lmagan" (Hasan hadis. Izohi yuqorida keldi).
Nuvos ibn Sam’on Kilobiydan rivoyat qilinadi; "Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kuni tush vaqtida Dajjolni esga oldilar, uni kamsitdilar va fitnasini katta sanadilar. Hatto biz uni xurmozor tarafda deb gumon qilib qoldik. So’ngra shunday dedilar: «Men sizlarga Dajjol chiqishidan qo’rqmayman. Agar u men sizlarning orangizda bo’lgan vaqtimda chiqsa, o’zim har biringiz uchun u bilan hujjatlashaman. Agar men sizlarning orangizda bo’lmagan vaqtimda chiqsa, har kim o’zi uchun hujjatlashadi. Alloh mening o’rnimga, har bir musulmonga (yordam beradi). U sochi jingalak, ko’zi uzumdek bo’rtib chiqqan, yosh yigitdir. Men uni xuddi Abdul Uzzo ibn Qatanga o’xshataman. Kimda-kim unga duch kelsa, Kahf surasining avvalini o’qisin. Dajjol Shom bilan Iroq o’rtasidagi Хulla degan joydan chiqadi. U o’ng va chap taraflarda fasod tarqatadi. Ey Allohning bandalari, sobitqadam bo’linglar».
Biz so’radik: "Ey Rasululloh! U yerda qancha turadi?"
"Qirq kun. Bir kuni bir yilga teng, yana bir kuni bir oyga teng, yana bir kuni bir haftadek, qolgan kunlari esa, sizlarning kuningiz kabidir", deb javob berdilar.
Biz yana so’radik: "Ey Rasululloh! Mana shu bir yilga teng keladigan kunda bizga bir kunlik (besh mahal) namoz kifoya qiladimi?"
«Yo’q. O’zingiz belgilab (o’qiyveringlar)», deb aytdilar.
"Ey Rasululloh! Yer yuzida u qanday tezlikda harakat qiladi", deb so’radik keyin.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam javob berdilar: «Shamol haydayotgan yomg’irli (bulutga) o’xshaydi. Bir qavmga kelib, da’vat qiladi. Ular unga iymon keltirib, da’vatini qabul etadilar. Shunda u osmonga buyuradi, bas, yomg’ir yog’adi. Yerga buyuradi, ko’kat undiradi. Odamlarning chorva hayvonlari kechqurun (yaylovdan) kattalashib, yelinlari sutga to’lib, biqinlari semirib qaytadi. So’ngra boshqa qavmga kelib, da’vat qiladi. Ular Dajjolning so’zini rad etadilar. Dajjol ulardan yuz o’girib ketganida, yerlar hosilsiz bo’lib, qo’llaridagi molu dunyolaridan biron narsa qolmaydi.
U xazinalar (ko’milgan) joydan o’tib, "xazinalaringni chiqar", deydi. Хazinayu dafinalar, asalarilar ona ariga ergashganidek, uning ortidan ergashib yuradilar.
So’ngra barvasta, yosh yigitni chaqiradi, uni qilichi bilan urib, otilgan o’q masofasicha bo’lakka bo’lib tashlaydi. So’ngra yigitni chaqiradi. Yigit yuzi yorishib (go’yoki hech narsa bo’lmagandek) kulib keladi. Dajjol shu holatda turganida, Alloh Masih Iso ibn Maryamni jo’natadi. U Damashqning sharqidagi oq minora yoniga, sariq kiyim kiygan, qo’lini ikki farishtaning qanotlariga qo’ygan holda tushadi. Iso ibn Maryam boshini egsa suv tomadi Agar ko’tarsa, marjondek terlar oqadi. Uning nafasi yetgan kofir o’lmasdan qolmaydi. Nafasi esa ko’zi yetgan joygacha yetadn. U Dajjolni qidiradi. Nihoyat, Ludda darvozasi yonida topib, uni o’ldiradi. So’ngra Iso alayhissalom Alloh Dajjoldan saqlagan qavmning oldiga boradi. Ulardan qo’rquv va mashaqqatni ketkizib, jannatdagi darajalari haqida gapirib beradi. Holat shunday bo’lib turganda Alloh taolo Iso alayhissalomga: "Men ularga qarshi jang qilishga birrotasining qudrati yetmaydigan bandalarimni chiqardim. Bandalarimni Тur tog’iga (olib chiqib) saqla", deb vaxiy qiladi. So’ng Alloh Ya’juj-Ma’jujni jo’natadi. "Ya’juj va Ma’juj (to’g’oni) ochilib, ular har bnr tepalikdan oqib keladilar» (Anbiyo, 96). Ularning avvali Тabariya ko’lidan o’tib, uning suvini ichib qo’yadilar. Oxiridagilar o’tayotganlarida: "Bu yerda oldin suv bor edi", deb aytadilar. Iso payg’ambar va uning as’hoblari qamal qilinadi. Hatto ulardan biriga ho’kizning boshi, bugungi kundagi sizlarning yuz dinoringizdan afzal bo’ladi (ya’ni, qattiq ocharchilik bo’ladi). Iso payg’ambar va uning as’hoblari duo-iltijo qiladilar. Shunda Alloh taolo Ya’juj va Ma’juj bo’yniga nag’af qurtini tushiradi. Ular bir odam o’limidek, hammalari o’lib bitadilar. So’ngra Iso payg’ambar va uning as’hoblari yerga tushadilar. Bir qarich ham bo’sh yer topa olmaydilar. Hammayoqni Ya’juj-Ma’jujlarning jasadi va badbo’y hidi bosib ketgan bo’ladi. Iso va as’hoblari yana duo-iltijo qiladilar. Alloh yomg’ir yog’diradi. Yomg’ir, toshli uy bo’lsin, junli uy bo’lsin, hammasiga tushadi. Yerni yuvib, oynadek (silliq va pokiza) qilib qo’yadi. So’ngra yerga aytiladi: "Mevalaringni undir, barakangni qaytar". O’sha vaqtda bir guruh (odamlar) bir dona xurmoni yeb (qo’yadilar) va uning shoxi ostida hammalari soyalanadilar. Alloh taolo sutga baraka beradi. Hattoki bir homilador tuyaning (suti) bir guruh odamga kifoya qiladi. Homilador sigirning (suti) bir qabilaning odamlariga yetadi. Homilador qo’yning (suti) bir urug’ ahliga yetarli bo’ladi. Ular shunday holatda ekanlarida Alloh xushbo’y shamolni jo’natadi. U odamlarning qo’ltiqlari ostidan esib o’tadi. Shu bilan Alloh har bir mo’min va muslimning jonini oladi. (Yer yuzida) faqat yomon odamlar qoladi. Ular eshaklar kabi, ayollar bilan oshkora yaqinlik qiladilar. Ularning ustiga qiyomat qoim bo’ladi».
Boshqa rivoyatda: Ya’juj-Ma’jujning "avval bu yerda ko’l bo’lar edi", degan so’zidan keyin quyidagi jumla kelgan: "So’ngra yo’llarida davom etadilar. Nihoyat "Хomr" degan toqqa yetib keladilar. U Baytul Maqdisdagi tog’dir. Ular aytadilar: "Yerdagilarning hammasini o’ldirib bo’ldik. Kelinglar, osmondagilarni ham o’ldiramiz». Ular osmonga qarata o’q ota boshlaydilar. Alloh o’qlarini qizil qonga bo’yalgan holda o’zlariga qaytaradi" (Тermiziy "Jome’" kitobida bu hadisni sanadlarini bog’lab keltirgan).
Alloh taolo Ya’juj va Ma’jujni halok qilgach, bo’yinlari tuya bo’yni kabi yo’g’on qushlarni jo’natadi. Ular Ya’juj va Ma’jujning jasadlarnni chuqur o’raga olib borib tashlaydilar Тermiziydan boshqalar: "Qushlar Ya’juj va Ma’jujning jasadlarini Muhayyalga olib borib tashlaydi» (Muhayyal - kun chiqar tarafdagi dengiz), deb rivoyat qilganlar.
«Musulmonlar Ya’juj va Ma’jujdan qolgan o’q-yeylarni yetti yilgacha olovda yog’adilar» (Sahih hadis. Izohi yuqorida o’tdi).