Eski payltlardagi rasmlarni asosan chet eldan kelganlar olishgan va qancha qancha kitoblar chop etilgan ekan.
Bulardan bir qanchasini sizlarga rasmini jo'natganim İSAM kutubxonasida o'qigan edim.
Vatanimning eski paylari, o'tib ketgan ajdodlarni ko'rar ekanman, kutubxonadan mendan boshqa inson yo'qday rosa yig'laganman.
Sababi bu rasmlar olingan paytlarda hali juda ko'p narsa aslida bizniki edi, hali Chor Rossiyasi, Sovet tuzumiga kirmagan, juda ko'p qadriyatlarimizdan uzoqlashmagan edik.
Hali o'g'lonlar mardikorlikka olinmagan, hali Jizzah qo'zg'oloni kuch bilan bostirilib onalarimizning qorinlaridag bolagacha qilichdan o'tkazilmagan,,,yana qancha mansh'um voqelar bo'lmagan edi.....ah ah...