Assalomu aleykum!
Bu yil hovlimizga poliz ekinlaridan (tarvuz, qovun va bodring)ekdim. Hozir uning mevalari ancha katta bo'lib qoldi. Forumga telefondan kirganim uchun uning rasmini qo'yolmadim(buni iloji ham yo'q).
Maslahat haqida gapiradigan bo'lsam , bizning mevali daraxtlardan:olxo'ri bog'imiz bor(4 gektar) . Esimni taniganimdan beri uning parvarishi, o'stirish , turlarini ko'paytirish,ko'chatlarini yetishtirish, payvandlash kabi ishlar bilan shug'ullanamiz. Forumdoshlarda shu haqda savollar bo'lsa, Olloh bildirgancha javob berishga harakat qilaman. . .