Umumiy bo'lim > Islom

Hikmatlar shodasi

<< < (3/183) > >>

Laylo:
Dunyoning qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda yolg’izlik, hech narsasi bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.
Ibn Mikaffa

***

Dunyo kezib oxiratni topganni ko’rmadik, dunyosini topganlarni ko’rdik.
Hasan Basriy

Munira xonim:
" Agar sen balolar yo'liga tushib qolsang, ko'zing quvonsin. Chunki bu yo'ldan Payg'ambarlar vasolihlar yurganlar. Agar rohatli yo'l boshlansa, sen o'z nafsingga yig'lagin. Chunki ularning yo'lidan adashtirilibsan".

Vahb ibn Munabbah.Sharq Haqni topdi, dunyodan kechib,
G'arb dunyo topdi Allohdan kechib.

Jaloliddin Rumiy.

Doniyor:
Tabaroniy rivoyat qiladi:
"œMuoz ibn Jabal raziyallohu anhu vafot etar chog’I yig’lardilar. Undan:
-Nega yig’layapsan?-deb so’rashdi.
-Vallohi, men o’limdan qiynalib yoki orqamda mol-dunyo qolib ketayotgani uchun yig’layotganim yoq,-deidlar. — Janobi Payg’ambarimizdan (s.a.v.): "œInsonlar ikki hovuchdirlar. Bir hovuchi otashda, bir hovuchi esa do’zaxda", deb eshitganman. Man shu hovuchlardan qaysi birida ekanimni bilmaganim uchun yig’lamoqdaman".

"œHayotus-sahoba" kitobidan.

Munira xonim:
" Kim ilm o'rganib unga amal qilsa  va uni boshqalarga o'rgatsa, butun osmon farishtalari orasida " Buyuk" deb chaqiriladi".

Iyso ibn Maryam a.s."Ilm o'rganish -  Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir".

Munira xonim:
Eng johil inson ohiratini birovning dunyosi uchun sotgandir.Iymonning uchdan biri hayo, uchdan biri aql, uchdan biri jo'mardlikdir.

Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

[*] Previous page

Go to full version