forum.islom.uzda yana bitta qiziqarli savolni ko'rib qoldim!Juda qiziqarli:
Polkovnikning otasini o'g'li, Polkovnikning o'g'lini otasi bilan gaplashmoqda!
Savol:Kim kim bilan gaplashmoqda?
P.Sforum.islom.uzda hali javobi topilmabdi!!!
Assalamu alaykum.
Juda ham boshni qotiradigan savol ekan.
Javob berishga harakat qilaman...
Demak ,meni tahminim:
Savolni ikkinchi qismi, yani PALKOVNIKNI O'G'LINI OTASI, degan gapga qaraganda, palkovnik ayol kishi bo'lishi kerak.
Palkovnikni o'g'lini otasi palkovnikni eri, palkovnikni otasini o'g'li, palkovnikni ukasi yoki akasi.
Demak palkovnikni eri bilan uni akasi yo ukasi gaplashmoqda, ya'ni kuyov qayinog'asi bilan.