Qiz bola tug’ilganidan boshlab, hech qaysi ota-ona:"Katta bo’lsa meni boqadi yoki menga u qilib beradi, bu qilib beradi", demaydi. "œBolam Xudo xohlasa, aqlli eng chiroyli qiz bo’ladi, yaxshi kishilarga uzatamiz, o’sha yerda baxtli — taxtli bo’ladi", deya tilaydi. Shu tarzda 20yil mttasil uning aqliga aql, joniga jon qo’sha qo’sha, o’zalri bo’yraday to’zib boradilar. Bir qo’l bilan farzandni parvarish qilsalar, bir qo’llari bilan sandiqqan sep yig’adilar. Va buni zavqu shavq va ming rizolik bilan qiladilar.
Birovning qizini kelinlikka olib ketar ekansiz, bilingki, ota-onaning yigirma yillik ijodini, shuncha yilgi umrini olib ketyapsiz, ularning orzu umidlarini, farzandiga o’tib qo’lgan jon tomirlarini olib ketyapsiz. Qizlari voyaga yetguncha ota-onai unga qo’shilishib xizmatkor bo’ldilar. U endi ulg’ayib zxizmatga yarab qolganida, o’roqda yo’q, mashoqda yo’q, xirmonda hozir bo’la qoldingiz-da, birovning bebaho bolaisni qaytib bermaslikka, umrbodlikka olib ketyapsiz.
Birodar, bir zum to’xtangda, emnga bir javobni ayting:Onasidan ayri tushub ketaytogan shu g’o’rgina qizga onalik qila olasizmi? Kamini kechirasizmi? YAxshisiga quvonasizmi? Shu javdirab turgan niholning katta daraxt bo’lishida bog’bon bo’lish qo’lingizdan keladimi? Keladi desangiz qo’l cho’zing. Gumon qilsangiz, avval o’zingizni bog’bonlikka tayorlab oling. Toki bilib bilmay gunohga botmang, toki qiz boqqanning ohiga qolmang"¦
Yaxshi yoki yomon qaynona bo’lish yoshu qarilik, ko’p tuqqan oz tuqqanlik, o’qigan yoki o’qimaganlikka bog’liq emas. U ayolning fe’lida cho’kib yotgan asliga, iymoniga, niyatiga bog’liqdir.
Agar sizning aslingizda yillar tagida ko’milib ketgan uyatli ishalr bo’lgan bo’lsa, ya’ni sizdan yoki ota-onangizdan xato ketgan joylar bo’lsa, tinmay tavba joizdir. Boisi, bu qaytimli dunyo — onangizga qilganingizni bolangizdan, qaynonangizga qilganingizni keliningizdan ko’rishingiz aniqdir. Alloh hech narsani javobsiz qoldirmaydi.