7. Bayon va tibyon. Bu so‘zlarning ikkovi ham
«mubin», ya’ni
«ochiq-oydin, ravshan qilib beruvchi» ma’nosida bo‘lib, Qur’onning haqiqatlari insonlarga ochiq-oydin tushuntirib berilgan. Tushunish murakkab bo‘lgan ba’zi oyatlar boshqa ochiq ma’noli mufassal oyatlar bilan sharhlangan, ya’ni birorta muhkam oyat (Shar’iy hukmlar chiqariladigan oyat)ning ma’nosi maxfiy qolmagandir. Shuning uchun Alloh Ta’olo Qur’onni bir joyda
«bayon» deb, boshqa joyda
«tibyon» deb sifatlagan bo‘lsa, ba’zi oyatlarda Qur’onni
«Mubin» kalimasi bilan tavsiflagan:
وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَانًا لِكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ
«Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi(tibyon), hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo‘lgan Kitobni(Qur’onni) nozil qildik». (Nahl, 89)هَذَا بَيَانٌ لِلنَّاسِ وَهُدًى وَمَوْعِظَةٌ لِلْمُتَّقِينَ
«Bu (Qur’on) odamlar uchun bayonot(bayon) hamda taqvodorlar uchun hidoyat va nasihatdir».
(Oli Imron, 138)الر تِلْكَ آيَاتُ الْكِتَابِ وَقُرْآنٍ مُبِينٍ
«Alif, Lom, Ro. Ushbu oyatlar Kitob va ravshan(mubin) Qur’onning oyatlaridir». (Hijr, 1)