G‘ARB YOSHLARI farzand dunyoga keltirish haqida allaqachon o‘ylamay qo‘yishgan. Yigitlarga uylanmaslik, qizlarga esa qirqqa chiqsa-da, erga tegmaslik urf tusiga kirgan. Ular nazdida, oila — barcha tashvishlaru baxtsizliklarning asosi. Va bundan tashqari, oila ular uchun erkinlikni bo‘g‘uvchi ixtiyoriy qullik ekan!!!
Germaniyada bundan uch-to‘rt yil oldin "œumumiy oila" (total family) degan tahqiromuz guruh yuzaga kelgandi. Ular oila qurishga tish-tirnog‘i bilan qarshi. Ularning fikricha, jamiyatdagi barcha er shu jamiyatdagi hamma ayol (yoshi, martabasi, millatidan qat’i nazar) uchun tegishli, birdek aloqador. Shuning uchun biror ayol istalgan vaqtida istalgan erkak bilan tunini o‘tkazishi mumkin, biroq aslo oila ittifoqini yuzaga keltirmaydi. Mana, sizga navbatdagi g‘arbona ma’naviyatsizlik!
Shu o‘rinda Yurtboshimizning ushbu asosli fikrlari yodga tushadi:
"œ...bu yorug‘ dunyoda hayot bor ekan, oila bor. Oila bor ekan, farzand deb atalmish bebaho ne’mat bor. Farzand bor ekan, odamzot hamisha ezgu orzu va intilishlar bilan yashaydi".
Albatta, G‘arbda oila tushunchasi butunlay maishiy lug‘atdan unutilgan, deb bo‘lmaydi. Maktabni bitirar-bitirmas, mustaqil bo‘lib, o‘z "œarava"sini o‘zi tortishga kirishgan g‘arblik qiz agar vaziyat taqozo qilsa, oltmish yoshlik so‘qqaboshga bo‘lsa-da, boy va to‘kin-sochin hayotni ta’minlay olsa bas, turmushga chiqib ketaveradi. G‘arbda uzoq yillar yashab, u yerdagi turish-turmushni obdon kuzatgan tanishimning aytishicha, yoshgina qizlarning nima uchun shu yo‘lni tutishlarining sababi bor ekan. U ham bo‘lsa — yoshini yashab, oshini oshab qolgan cholkuyov umri davomida to‘plagan kattagina merosi qayg‘usi!
G‘arbda bugungi kunga kelib, g‘urur-or, erlik sha’ni, ayollik iffati degan nozik tushunchalar ham "œhaddidan oshgan" tartibsizlikning jirkanch dogmalari bilan qorishib ketyapti. Masalan, Angliyada shunday "œsvinger-klub" (swinger-club) degan nom bilan mashhur bo‘lib ketgan "œqadamjo"lar borki, u yerda aqlga sig‘mas "œerkinlik" kuzatiladi. Aniqrog‘i, go‘yoki kundalik tashvishlardan toliqqan, bir-biridan "œto‘ygan", doimiy bir xillikdan charchagan "œmodern" er-xotinlar bu yerga tashrif buyurishgach, majburiyatlarni unutishadi. Bir-biri bilan bo‘lgan qonuniy nikohini ommaviy tarzda (!) er boshqa bir shunday "œoila"ning ayoli bilan, xotin boshqasi bilan almashadi. Buning ustiga, "œalmashilgan oila" ma’lum vaqt birga yashashi mumkin. Xuddi er-xotindek, bitta oiladek istiqomat qilaverishadi. Kelishilgan fursat nihoyasiga yetgach esa hammasi joy-joyiga qaytib, hech narsa bo‘lmagandek turmushini davom ettiraveradi. Bu aqldan ozgan jamiyatning eng xunuk mahsuloti, butun dunyo ma’naviyatini g‘orat etishga qaratilgan iddaosi bo‘lsa, ajabmas.
* * *