577-bob. Uyquga yotadigan paytdagi duoning fazilati
1248-hadis 1246-hadisning takrori.
1249. Jobir (r.a.) aytdilar: "Bir kishi uyiga ki-rib, to'shagiga yotganida uning oldiga farishta va shay-ton shoshiladi. Farishta: "Yaxshilik bilan xotima top-sin", desa, shayton: "Yomonlik bilan xotima topsin", deydi. (Shunda u kishi) agar Allohga hamd aytib, Uning zikrini qilgan bo'lsa, (Alloh shayton)ni quvib yubo-radi va (banda) yotib turgunicha panoh bo'ladi. U uyg'on-ganida ham farishta va shayton unga shoshilishadi va yana o'shanday deyishadi. (Banda shudda Allohning zik-rini qilib: "O'lganimdan so'ng jonimni takror qay-targan va uyqumda o'ldirmagan Allohga hamd bo'lsin! Osmonlaru yerni zavol topishdan saqlab turadigan, agar ular zavolga yuz tutsalar, U Zotdan so'ng (Undan o'zga) hech kim saqlay olmaydigan Zotga - Allohga shukrlar bo'lsin! Darhaqiqat, U halim va mag'firatli Zotdir. Osmonni yerga iznsiz qulab tushishidan tutib turuvchi Allohga hamdlar bo'lsin! Darhaqiqat, Alloh odamlarga nisbatan mehriban va rahmlidir", desa va o'lsa, shahid bo'lib o'tadi. Agar (o'lmay) tursa va namoz o'qisa, fazi-latlar ichra o'qigan bo'ladi".