6-TUR SAVOLLARi:
1-savol: 1. Arab xalifalari tarafidan o’z qo’l ostidagilarga turli mamlakatlarning hokimlariga berilgan unvon nima deyilgan?
2. Aruz vazniga bag’ishlangan "œMufassal" asari kimga tegishli?
3. Syangan territoriyasining inglizcha nomi qanday ataladi?
2-savol: 1. Tamaki, choy, vino, konditer mahsulotlari, non, go’sht, sut mahsulotlari va boshqalarni hidlab ko’rish, rangini, mazasini ko’rib baxolovchi shaxs nima deyiladi?
2. Chingizxonning to’ng’ich o’g’lining ismi nima bo’lgan?
3. Lotinchasiga "œKasalmand, ojiz" so’zi qanday aytiladi?
3-savol: 1. O’qish vaqtida ustiga kitob ochib qo’yiladigan maxsus kursi, taglik nima deyiladi?
2. Dunyodagi eng katta orol qaysi?
3. Amerika tuyaqushi qanday ataladi?
4-savol: 1. Mukarrama Azimova qaysi xolding kompaniya rahbari hisoblanadi?
2. Alisher Navoiyning "œChor devon" nomi bilan mashhur bo’lgan 4 devondan iborat mashhur asari qaysi?
3. Szyansu provintsiyasida joylashgan dunyodagi eng katta shaharlardan birini ayting.
5-savol: 1. Otni boshqarishda ularning boshiga kiydiriladigan abzal nima deyiladi?
2. Qaysi sport turining nomi ingliz tilidan tarjima qilinganda "œerkin stil" degan ma’noni bildiradi?
3. Qoraqalpoq shori Berdaqning haqiqiy ismi sharifi qanday bo‘lgan?
6-savol: 1. 9 asrgacha Andukan nomi bilan mashhur bo‘lgan shahar hozir qanday ataladi?
2. 13-asrning 20-yillarida mo‘g‘ul-tatar bosqinchilariga qarshi kurashgan Xo‘jand shahri hukmdori kim?
3. Yurmala kurort shahri qaysi davlat hududida joylashgan?
7-savol: 1. SI tizmimda modda miqdorining o‘lchov birligi nima?
2. Armaniston davlatining pul birligi nima?
3. Jinoiy jazodan ozod etish yoki sud tomonidan belgilangan jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qanday ataladi?
8-savol: 1. Maykl Jekson AQSh ning qaysi shtatida tug‘ilgan?
2. "œBaxoriston" pandnoma kitobining muallifi bo‘lgan o’rta asrlar shoiri kim?
3. Serengeti milliy bog‘i qaysi davlat hududida joylashgan?
9-savol: 1. Uzunligi 708 km bo‘lgan, "œKatta o‘zbek trakti" deb nomlanuvchi avtomobil yo‘li qaysi shaharlarni birlashtirib turadi?
2. Oltingugurt D.I.Mendeleev davriy jadvalining nechanchi elementi hisoblanadi?
3. "œSarbadorlar" dilogiyasining muallifi kim?
10-savol: 1. 1992-1996 yillarda BMT bosh kotibi bo‘lgan Misr davlat arbobi kim?
2. Katta qismini Vashington shahri tashkil etuvchi, AQSh dagi federal okrug qanday ataladi?
3. Germaniya parlamentining quyi palatasi qanday ataladi?
Javoblarni yuborish uchun
bir hafta vaqt.
Javoblaringizni
[email protected] manziliga yoki menga
PM xati orqali yuborishingiz mumkin.
Javoblaringizni kutamiz!!!!!