Abdulloh ibn Amr rivoyat qiladilar: «Otam meni tagli-taxtli bir ayolga uylab qo‘ydilar. Keyin, otam kelindan hol-ahvol so‘rab, mening xususimda ham surishtiribdilar. Shunda kelin: «Erkaklar orasida juda ajoyiblar, lekin hanuz mening to‘shagimda yotganlari yo‘q, hatto men birlan taom ham yemadilarki, hojatxonaga chiqay desalar, men kelganimdan buyon ahvol shu!» — deb javob beribdi. Otam kelinning shikoyati ko‘payib ketgandan keyin, bul haqda Payg’ambar alayhissalomga zikr qilibdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Huzurimga yuboringiz!» — debdilar. Men Janob Rasulullohga uchradim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ro‘zani qanday tutayotir-san?» — deb so‘radilar. Men: «Har kuni»,— dedim. Ul zot: «Qanchada xatm qilayotirsan?» — dedilar. Men: «Har kecha»,— dedim. Ul zot: «Har oy uch kun ro‘za tutgil, har oy bir xatm qilgil!» —dedilar. Men: «Ey Ollohning rasuli, men bundan ko‘progiga qodirman!» —"¢ dedim. Janob Rasululloh: «Unday ersa, bir _jum’ada (haftasiga) uch kun ro‘za tutgil!» — dedilar. Men yana: «Bundan ko‘progiga ham qodirman»,— dedim. Janob Rasululloh: «Bo‘lmasa, ikki kun ogiz ochib, bir kun ro‘za tutgil!»—dedilar. Men: «Bundan ko‘progiga qodirman»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Unday ersa, ro‘zaning afzalini — Dovud alayhissalomning ro‘zalarini tutgil, ya’ni bir kun ro‘za tutgil, bir kun ogiz ochgil, har yetti kunda bir xatm qilgil!» — dedilar. Koshkiydi, Janob Rasulullohning nasihatlarini qabul qilgan bo‘lsam! Mana, endi qaridim, quvvatdan ketdim».
Aytishlaricha, Abdulloh har kuni kunduzi Qur’onning yettidan bir qismini o‘z ahllaridan biriga o‘qib berar erkanlar. Buni kechasi o‘zlariga oson bo‘lsin uchun qilar erkanlar. Ozgina quvvatlanib olmoqni istasalar, bir necha kun ro‘za tutmas, keyin ersa ro‘za tutmagan kunlarining miqdoricha yana ro‘za tutar erkanlar, chunki «Janob Rasulul-lohning tavsiyalariga zid ish qilib qo‘ymokdan qo‘rqar erkanlar. Ba’zilar uch kunda, ba’zilar besh kunda, ko‘pchilik ersa, yetti kunda xatm qilar erdi, deyishadi.
Bu yerda yuqoridagi hadis qisqacha takrorlangan.