Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 484849 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 76 77 78 79 80 81 82 83 84 85 86 ... 114 B


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:49:07

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Olloh taoloning «Kitobda sizlarga aytilgan hukmlar yetim ayollar xususida bo‘lib, sizlar ularga Olloh taolo tomonidan buyurilgan narsani (mahrni) bermay uylanishga intilasizlar» degan oyati karimasi odamlar qo‘lida tarbiyalanayotgan yetim qizlar haqida bo‘lib, har ikkalasining (valiy birlan yetim qizning) moli o‘rtada bo‘lishi ham mumkin. Shunda qizning eng yaqin kishisi bo‘lmish valiy qizning molini qizg‘anganidan uni birovga erga bermay, o‘zi uylanishga ha-rakat qiladi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar kuyovlari Ibn Xuzofa as-Sahmiy Madinada vafot etib, qizlari Hafsa tul qolgan kezlarda bunday deb aytgan erdilar: «Usmon ibn Affonni uchratib, ul kishiga: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim. Usmon: «Bir o‘ylab ko‘raychi»,— dedi. Men bir necha kecha kutdim. Keyin, Usmon menga uchrab: «Shu kunlarda uylana olmaydirganga o‘xshayman»,— dedi. So‘ng, men Abu Bakr Siddiqni uchratib: «Agar istasangiz, Hafsani sizga nikohlab beraman»,— dedim».

Mu’aqqal ibn Yasor «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyati karimaning o‘zlari haqlarida nozil bo‘lganini aytib, bunday deydilar: «Men singlimni bir kishiga erga bergan erdim, u uni taloq qildi. Keyin, u singlimning iddasi tugaganda uni yana xotinlikka so‘ratgani keldi. Men unga: «Men seni uylantirdim, uy-joyli qildim, izzat-ikrom qildim, sen bo‘lsang, uni taloq qilib, endi yana xotinlikka so‘ratgani kelding, Olloh taolo haqi, endi sira ham uni senga qaytarib bermaymiz!» — dedim. U yomon odam ermasdi, singlim ham unikiga qaytib bormoqni istardi. Shunda Olloh taolo «Ularga to‘sqinlik qilmangizlar!» degan oyati karimasini nozil qildi. Men Janob Rasulullohga: «Endi to‘sqinlik qilmayman, yo Rasulalloh!» — dedim. Ul zot: «Uni eriga (qayta) turmushga ber!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:49:26

37- bob. Agar valiyning (qizga homiylik qiluvchi kishining yoki qizning biror yaqin kishisining) o‘zi kuyov bo‘lsa, unda u nima qilmog‘i kerak?

Mugiyra ibn Shu’ba bir ayolni (amakisining qizini)o‘ziga so‘rattirdi, u uning eng yaqin kishisi erdi. Shunda u bir kishiga (qizning o‘zidan bo‘lak yaqin kishisiga) buyurib erdi, u uni qizga uylantirib qo‘ydi. Abdurrahmon ibn Avf Ummu Hakim binti Qorizga: «Uzingni menga topshirasanmi?»—dedi. U «Ha»—deb javob berdi. Abdurrahmon unga «Bo‘ldi, senga uylandim!» — dedi. Ato qizni ishonti-rish yoki qizni o‘ziga nikohlab qo‘yishni uning qarindoshlaridan biriga buyurish maqsadida «Bo‘ldi, men seni nikohimga oldim»— dedi. Sahl rivoyat qiladiki, bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Men o‘zimni sizga bag‘ishladim!» — dedi. Shunda bir kishi «Yo Rasulalloh, agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi.

Oisha raziyallohu anho Olloh taoloning «Odamlar sizdan ayollar xususida fatvo so‘raydilar, siz aytipgizki, Olloh taolo sizlarga fatvo berur» degan oyati haqida so‘zlab: «Bu oyat yetim qizlar haqida nozil bo‘lgan bo‘lib, yetim qiz, odatda, biror kishining qo‘lida parvarish topayotgan va o‘z molini xojasining moliga qo‘shib tasarruf qilayotgan bo‘ladi. Xoja ersa unga o‘zi uylanmoqchi bo‘ladi, chunki u qizning molini qizg‘anib, uni birovga erga bergisi kelmaydi. Shul boisdan, Olloh taolo bunday kishilarni o‘z qo‘llarida parvarish topayotgan yetim qizlarga uylanmoqdan qaytardi» — dedilar.

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar:«Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirib erdik, bir ayol o‘zini ul zotga bag‘ishlagani (taklif qilgani) keldi. Ul zot unga bir tikilib qarab, so‘ng nigohlarini quyi tushirdilar-da, indamadilar. Shunda sahobalaridan biri «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘yingiz!» — dedi. Ul zot «Mahrga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Menda hechnarsa yo‘q»,— dedi Ul zot «Loaqal, bitta temir uzuk top!» — dedilar. U «Hatto temir uzuk ham yo‘q, ammo mana bu choponimni ikkiga bo‘lib, yarmini unga beraman, yarmini o‘zim olaman»,— dedi. Ul zot «Io‘q, bo‘lmaydi. Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha», — dedi. Ul zot «Bor, ketaver, biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga unga ega qildik!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:49:42

38- bob Kishining o‘z qizaloqlarini (balog‘atga yetmagan qizchalarini) birovga nikohlab qo‘ymogi haqida

Olloh taolo «Va hayz ko‘rmagan yosh qizchalarning ham iddalari uch oydur» degan qavli birlan (balog‘atga yetmay birovga nikohlab qo‘yilgan) qizchalarning ham iddalarini uch oy, deb belgilab ko‘ydi («At-Talok;» surasi, 4-oyat)

Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar, u Janob Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashagan»

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:49:59

39- bob Otaning o‘z qizini yoshi ulug‘ kishiga erga bermog‘i haqida

Hazrat Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Hafsani o‘zlariga xotinlikka so‘ratdilar, men ul zotni nikohlab qo‘ydim»,— deydilar

Hishom otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Oishaga olti yashar qizchalik paytida uylanib, to‘qqiz yoshga yetganida unga qo‘shilganlar Oisha Janob Rasululloh birlan birga to‘qqiz yil yashaganliklari haqida aytganlar»

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:50:12

40-bob. Sulton (hukmdor) — valiydir!

Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — deb aytganlar.

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib «Men o‘zimni sizga hadya qildim!» — dedi-da, uzoq kutib turib qoldi. Shunda bir kishi «Agar sizning bu ayolga ehtiyojingiz bo‘lmasa, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!»—dedi. Ul zot «Mahriga berarlik biror narsang bormi?» — dedilar. U «Mening izorimdan bo‘lak hech vaqom yo‘q»,— dedi. Ul zot «Agar izoringni unga bersang, izorsiz qolasanku! Boshqa biror narsa topib kel!»—dedilar. U «Hech narsa topolmadim»,— dedi. Ul zot «Loaqal, bitta temir uzuk bo‘lsa ham, topib kel!» — dedilar. U topib kelolmadi. Shunda ul zot «Qur’ondan biror narsa bilasanmi?» — dedilar. U «Ha, falon va falon suralarni bilaman»,— deb o‘zi bilgan suralarning nomini aytdi. Ul zot «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!» — dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:50:59

41-bob. Ota yoki shu kabi kishilar bokira yoki juvonni ularning roziligisiz nikohlamasligi lozim!

Abu X,urayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Tul ayolni, uning o‘zi birlan maslahatlashilmay va bokirani, uning o‘zidan ijozat so‘ramay, nikoxlab qo‘yilmaydi»,— dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, bokira qiz qanday qilib ijozat beradi?» («Ha»,— deydi?)» — deyishdi Ul zot: «Agar sukut qilsa, (rizo bo‘lganidur)» — deb javob qildilar»

Abu Amr rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho «Yo Rasulalloh, bokira hayo qiladi-ku!» — dedilar. Janob Rasululloh «Sukut qilgani rizo bo‘lganidur » — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:51:17

42- bob Agar kishi o‘z qizini erga bersa-yu, u rizo bo‘lmasa, nikoh bekordur!

Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’ rivoyat qilishadi «Xanso’ binti Xuzom al-Ansoriyani otasi erga berdi. U juvon bo‘lib, nikohni rad etdi. Keyin, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib bor gapni aytib erdi, ul zot nikohni bekor qildilar»

Yazid ibn Horisaning o‘gillari Abdurrahmon va Mujmi’. «Bir kishi Xuzomdan «Qizingni menga nikohlab qo‘ygil» — deb iltimos qildi, u uni unga nikohlab qo‘ydi» — deb rivoyat qilishadi.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:51:41

43- bob Yetim qizni erga bermoq haqida. Olloh taoloning qavli: «Va agar sizlar  yetim qizlarga noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar, bas nikohlaringizga olingizlar (xotinlardan ta’blaringiz suygan ikki va uch va to‘rttasini...)

Bir kishi valiyga (ayolning homiisi yoki yaqin qarindoshiga) «Meni falonchi ayolga uylantirib quyingiz!» — degach, uzoq vaqt kutib qolsa yoki valiy «Mahriga berarlik nimang bor» — deb so‘raganda, u «Falon va falon narsam bor» — deb ayqa-yu, valiy «Biz seni unga uylantirdik!»—desa, joizdur»,— deydilar. Sahl Janob Rasulullohni nazarlarida tutib.

Ibn Shihob rivoyat qiladilar: «Urva Oisha onamizdan «Ey onajon, Olloh taoloning «Va agar sizlar yetim qizlarga nisbatan noinsoflik qilib qo‘yishdan qo‘rqsangizlar («mulklaringiz bo‘lgan cho‘rilar bo‘lur» degan qavligacha)» degan oyati karimasi kimlar xususida nozil bo‘lgan?» — deb so‘radi. Oisha onamiz bunday dedilar: «Ey jiyanim, odatda yetim qiz biror valiyning qo‘lida parvarish topayotgan bo‘ladi, valiy ersa yetim qizning jamoli va moliga qiziqib, unga to‘la mahr bermay uylanishga intiladi. Shul boisdan ham, valiylar (etim qiz parvarish qilayotgan kishilar) yetim qizlarga uylanmokdan qaytarildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:53:35

44- bob Agar kuyov bo‘lmish kishi valiyga: «Meni falonchi ayolga uylantirib o‘yingiz!» — desa-yu, valiy: «Biz seni falon va falon narsalar evaziga bu ayolga uylantirdik!» — deb ayqa, agarchi kelin bo‘lmishga «Rozimisan?» yoki «Qabul qildingmi?» demasa qam, nikoh joizdur!

Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir ayol Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, o‘zini ul zotga taklif qildi. Ul zot «Bugun mening ayollarga hojatim yo‘q»,— dedilar. Bir kishi «Yo Rasulalloh, meni unga uylantirib qo‘ya qolingiz!» - dedi. Ul zot «Mahrga nimang bor'»—dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi Ul zot «Unga loaqal bitta temir uzuk bo‘lsa ham, bergin!» — dedilar. U «Hech narsam yo‘q»,— dedi. Ul zot «Qur’ondan nimalarni bilasan?» — dedilar. U «Falon va falon suralarni»,— dedi. Ul zot «Biz seni Qur’ondan bilgan narsalaring evaziga bu xotinga uylantirdik!»— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:53:56

45- bob Kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni (qizni) xotinlikka so‘ratmaydi, birodarining uni o‘z nikoxiga olmog‘ini yoki undan voz kechmog‘ini kutadi.

Ibn Umar raziyallohu anhu bunday deb aytar erdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biringiz savdolashib qo‘ygan narsa ustida ikkinchingizning savdolashmo-gingizdan hamda kishining o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni, toki ul undan voz kechgunicha yoki unga o‘zi ruxsat bergunicha, xotinlikka so‘ratmogidan qaytardilar»

Abu Hurayra Janob Rasulullohdan nakl qilib: «Badgumon bo‘lmangizlar, badgumonlik eng bo‘lmagur gapdur. Gap poylamangizlar, gap tashimangizlar va bir-biringizdan nafratlanmangizlar, Olloh taoloning o‘zaro aka-uka bandalari bo‘lingizlar, kishi o‘z birodari xotinlikka so‘ratgan ayolni xotinlikka so‘ratmasin, birodarining uni o‘z nikohiga olmogini yoki undan voz kechmogini kuqin!»—deydilar».

Qayd etilgan