Abu Bakr Siddiq (572-634) - Payg‘ambarimizning (s.a.v.) eng yaqin sahobalari va qaynotalari, to‘g‘ri yo‘ldagi to‘rt xalifaning birinchisi, ilk Islom bilan sharaflanganlardan.
To‘g‘ri harakat qilsam, menga ergashing. To‘g‘ri yo‘ldan chiqsam, meni to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘ying.
* * *
Qabrga tayyorgarliksiz kirgan kishi kemasiz dengizga tushgan odamga o‘xshaydi.
* * *
Dunyo - mo‘minlarning bozori, kecha va kunduz - sarmoyalari, go‘zal amallar - tijorat mollari, jannat - foydalari, jahannam esa zararlaridir.