Y_U_R_I_S_T, birodar. Siz o'zingiz foydalanayotgan internet provayderning saytiga kirib ma'lumot olishga harakat qiling. Saytdagi o'zingizning shaxsiy hisobingiz(account)ni tekshirib ko'ring: Callback yoqilganmi, yo'qmi? Agar hammasi risoladagidek bo'lsa-yu, modemingiz yana Callback ni qabul qilmasa, telefon liniyangizni ATS xodimlarini chaqirib, tekshirtiring. Bunda ham muammolar bo'lmasa, u holda so'nggi chora: modemni almashtiring. Dial-up, ya'ni uy tarmog'idagi oddiy ulanishlar uchun eng yaxshi modemlardan biri sifatida Blaster ni tavsiya qilaman. O'zim 2 yildan buyon shu modemdan foydalanaman. Alhamdulillah, haligacha muammo yo'q.