Muhammad samalyotga chiqdi. Stulini to'g'rilab "omonlik" kamarini taqdi.. U kuchli, baquvvat, robbisidan uzoq bo'lgan yigit edi.. Samalyot uchdi.. Muhammad Amerika qo'shma shtatlarida o'tkazadigan safari rejalarini tuzishni boshladi.. Tungi klublar, raqqosalar-u turli tuman "ichimlik"lar bilan mazza qilib dam oladi.. Xar xil qizlar bilan tanishadi, ular bilan ajoyib vaqt o'tkazadi.. Samalyotda uchish vaqtini shunday o'ylar-u vaqtini qanday o'tqazish haqidagi rejalarni tartiblash bilan o'tdi.. Xayolidan bir lahzaga bo'lsa ham unga shu kuch-quvvatni bergan xar lahzada olib qo'yishi mumkin ekanligi o'tmas edi.. Amerikaga yetib bordi, bir uy ijaraga olib narsalarini qo'ydi.. Kechalari bamdodgacha bedorliklar, shomgacha uyqular boshlandi.. Azon ovozi necha martalab qulog'iga kirardi yon-atrofdago ozginagina musulmonlarni namozga chaqirardi.. Lekin u bu chaqiruv musulmon bo'lgani uchungina unga qarashli ekanligi haqida o'ylab ham ko'rmasdi.. Ko'p pullarini turli ichimliklarga sarfladi.. Yon-atrofida nimalar bo'layotganini idrok qila olmaydigan darajada mast bo'lib yurdi..
Muhammad O'zi haqida hikoya qilib aytadi.:
O'sha kun kelguncha hayotim shu tarzda o'tib turdi. O'sha kech chiroyli qizlar bilan to'lib toshgan klublardan biriga kirdim, navbatdagi qadahni olib icha boshladim.. Alloh Ta'alo aroqni harom qilganini bilardim.. Lekin shahvatim hamma narsani esimdan chiqazgandi.. Uzoqdan bir maftunkor qiz menga qaradi va sekin yonimga keldi.. Qarashlarida sevgi va muhabbat bor edi.. Yonimga kelib menga yanayam yaqinlashdi va jasadini quchog'imga tashladi.. To'g'ri Allohga ko'p osiylik qilganman.. lekin o'sha vaqtda hissiyotlarim doimgidan boshqacha edi.. Uni yuz tuzilishi arab ekanligini aytib turardi..
Birdan arab tilini buzib: "Sen arabmisan?" - dedi.
- Ha..
- Men ham, lekin shu yerda tug'ilib o'sganman, menda Amerika pasporti bor.. Isming nima?
- Muhammad..
- Bu ismni yomon ko'raman.
- Nega?
- Chunki men nasroniyman..
Qaltirab ketdim.. Uni islomga da'vat qilish haqidagi o'y hayolimdan o'tdi.. Lekin bunday o'y qalbimni qoplab olgan shahvatlar oldda ta'sir o'tkza olmasdi.. Jilmayib mavzuni o'zgartirdim.
- Raqsga tushishni yaxshi ko'rasanmi?
- Ha..
Birga raqsga uzooq vaqt raqsga tushdik.. Undan menikiga borishini ko'p martalab so'radim, lekin u rad etdi.. O'sha kecha bir o'zim uyga qaytdim.. Ko'z o'ngimdan uni surati ketmasdi.. Qalbim Allohdan yiroqligi uchun juda ham zaiflashib ketdi..
Ikkinchi.. Uchinchi tunlar ham shunday o'tardi. Qalbda unga bo'lgan sevgi va ehtiroslar oshib borardi..
Oxiri fojea yuz berdi.. Bir kun unga: - "menikida qolishingni hohlayman" - dedim..
- Meni roziman!. Faqat mana buni taqishliging sharti bilan!.. Deb cho'ntagidan o'rtasida kichkinagina xoch osilgan zanjir chiqazdi..
Ga'lati hislar meni qamrab oldi.. To'g'ri Allohdan uzoqman.. To'g'ri namoz o'qimayman.. Lekin men MUSULMONman-ku.. Baribir unga bo'lgan sevgi hamma narsadan ustun edi..
Jilmayib undan zanjirni olib bo'ynimga taqdim.. Aybdordek.. Asirdek..