BUMIN (Xitoy tarixiy manbalarida "œTumin’) (? — 553-yil mart) — Turk xoqonligi asoschisi va uning birinchi hukmdori (55-553). Jujan xonligiga tobe ashina urug`i (ma`dan qazish, temir eritish va undan qurol-yarog`lar yasash bilan shug`ullan-gan)ning sardori. Bumin G`arbiy Vey imperiyasi hukmdori bilan yashirincha harbiy ittifoq tuzadi-da, uning qizi Chanlega uylanadi (551). So`ng, Bumin 55-yil qishida to`satdan jujanlarga hujum qilib, ularni tor-mor keltiradi. Xon Anaxuan (520-552) mag`lubiyat alamiga chiday olmay o`zini o`zi o`ldiradi, uning o`g`li — taxt vorisi Yangluchen esa jujanlar ittifoqchisi bo`lmish Tsi imperatori huzuriga qochadi. Shunday qilib, Bumin "œelxon" unvoni bilan ilk Turk xoqonligi taxtiga o`tiradi.
DUG‘DG‘UNCHA — sug‘d ayoli, laqabi Chata bo‘lgan kelin. Uning turk yigiti Uttegin bilan qayd etilgan nikoh bitimi va vasiqa 1932-yilda Mug‘ tog‘idan topilgan. Topilgan bitimga asosan Dug‘dg‘unchaning ixtiyori bilan qonunga mufofiq Uttegin sevimli va ardoqli xotin sifatida uni qabul qilib, oziq-ovqat, kiyim-kechak, zebu ziynat bilan ta’minlamog‘i va hurmat-izzat qilmog‘i lozim edi. O‘z o‘rnida Dug‘dg‘uncha ham Utteginni sevimli va ardoqli er sifatida tutmog‘i, uning baxtli turmushi haqida qayg‘urmog‘i va uning buyruqlarini qonun kabi tinglamog‘i darkor edi. Hujjatda eru xotinlardan biri ikkinchisining roziligisiz nikoh bitimini buzish shartlari bayon etilgan. Jumladan, agar Uttegin Dug‘dg‘unchaning roziligisiz uning ustiga uylansa, u vaqtda Dug‘dg‘unchaga 30 dinoriy sof kumush drahma tovon to‘lashi va uni na xotin va na xizmatkor sifatida tutib turmay ozod etishi shart bo‘lgan. Yana boshqa hujjat Utteginning Dug‘dg‘uncha qarindoshlariga bergan vasiqasi bo‘lib, unda kuyov quyidagi shartlarni o‘z ustiga olgani bayon etiladi. Ushbu vasiqaga binoan "œChata bugundan boshlab, kelajakda, to abad mening xotinim bo‘lib qoladi. Sening va Mitra (xudo) ning ishtirokida majburiyat olaman: uni sotmayman, qarz hisobiga qullikka bermayman, biror kimsaga himoyaga bermayman. Bordi-yu, uni mendan kimdir tortib olsa, xo‘rlasa, uni ziyon-zahmatsiz (sizlarga) jo‘nataman. Chata o‘zi ketishni xohlasa ham shu tariqa ziyon-zahmatsiz jo‘nataman va sog‘-salomat topshiraman. Agar topshirmasam, u holda toza sifatida 100 dinoriy kumush drahma to‘layman’.