forum.ziyouz.com
Jamiyat va inson => Pazandalik => Turk oshxonasi => Mavzu boshlandi: Rukhiya 16 Mart 2008, 14:08:15
-
بسم الله الرحمن الرحيم
-
Qisir- ta'rifi
(http://i056.radikal.ru/0912/d7/aac8a9621712.jpg) (http://www.radikal.ru)
Aslida bu taom emas, Turk ayollarini "choylari" va "kunlari" mashxur. Huddi bizni ayollarni ikki-uch qo'shni bir-birinikiga kelib, suhbatlashganizday:)
Qisirni nomini 1 chi marta eshitganimda men ham hayron bo'lgandim, keyinchalik o'rganib ham ketdim:)
Lekin ilk kundan beri mazasini juda yaxshi ko'rganman. Sizlarga ham juda yoqadi, deb ishonaman. Nordongin,a achchiqqina....İshtaha ochadigan:)
Masalliqlar:
1. 5-6 dona yashil (taze) piyoz
2. yarim bog' petrushka
3. 4 tish sarimsoq (sarimsoq og'ir keladi, deb solmadim, hoxlasangiz soling)
4. 1 dona quruq piyoz (piyoz me'damga og'ir keladi, deb faqat yashilidan soldim)
5. 1 qoshiq pomidor tomati
6. 1 qoshiq qizil bolgarskiy tomati (menda bolgarskiy tomati yo'q edi, 1.5 qoshiq pomidor tomati soldim)
7. 2 stakan qaynoq suv
8. 1 choy qoshig'i tuz
9. 2 stakan ingichka bulgur(bizda asosan Turk marketlarida bo'lardi, bug'doyni mahsus ezilgani)
10. 1 qoshiq yalpiz
11. 2 qoshiq garmdordi (achchiqni yaxshi ko'rishingizga qarab ko'p yoki oz solishingiz mumkin)
12. 1 qoshiq murch
13. 1 piyola limon suvi
14. yarim stakan salat yog'i yoki zaytun yog'i.
15. 2 dona pomidor
Tayyorlanishi:
Yashil piyozni mayda qilib tog'rang. Petrushkani, piyozni, sarimsoqni ham mayda qilib tog'rang. Hammasini bir idishga solib, ustini yopingki qurimasin.
2 qoshiq tomatni (bolgarskiy va pomidor) 1 stakan qaynoq suvni ichida eriting. Bu suvni keng va chuqorroq idishni ichiga solgan ingichka bulgurni ustiga to'king, darrov orqasidan 1 stakan qaynagan suvni ichiga 1 choy qoshig'i tuzni solib uni ham bulgurni ustiga to'king. Orada bir aralashtirib bulgurni suvini shimib olishini ta'minlang. 15- 20 daqiqa usti yopiq holda tursin.
Yuqorida tog'ragan sabzavotlarni bulgurni ustiga solib aralshatiring.
Navbati bilan limon suvi, zaytun yog'i, yalpizni solib aralashtiring. Eng ohirida mayda tog'ralgan pomidorlarni solib yaxshilab alarshtiring. Masalliqlarni alarashtirib bo'lgandan keyin tatib ko'rin, istakak qarab tuz va yog' qo'shishingiz mumkin.
Osh bo'lsin.....
-
"Merjimek ko'ftesi"
Chechevitsa kotletlari
(http://s44.radikal.ru/i106/1001/c5/ebb3fee5c8e4.jpg) (http://www.radikal.ru)
Masalliqlar:
1. 1 stakan (merjimek) chechevitsa
2. 1 litr suv
3. 2 stakan inje bulgur (bug’doyni mahsus maydalangani, Turk marketlarida albatta bo’ladi)
4. 2 dona o’rta kattalikda piyoz
5. 0.5 stakan salat yoki zaytun yog’i
6. 1.5 qoshiq qizil bolgarskiy tomati
7. 1,5 choy qoshig’i murch
8. Xohlaganingiz qadar garmdori (men 1 choy qoshig’i soldim)
9. 2 qoshiq issiq suv
10. 1.5 qoshiq pomidor tomati
11. Yarim bog’ petrushka
12. 5-6 dona yashil piyoz
13. 2 choy qoshig’i tuz
14. Salat yaproqlari
Tayyorlanishi:
1. 1 stakan qizil merjimekni yuvib 1 litr suv bilan birga qozonda qaynating. Qozonning qopqog’ini yopmang, darrov toshadi. Merjimekler ezilib, ozgina suvi qolguncha qaynating. (Butun suvini tortib olsa ko’ftelar quruq bo’ladi)
2. 2 stakan inje bulgurni chuqur va keng idishga soling. Ustiga ozgina suvli pishgan merjimekni solib aralashtiring. İdishni ustini yaxshilab yopib, mejimeklar shishguncha (30-45 daqiqa) kuting.
3. Merjimekler tayyor bo’lguncha 2 dona piyozni yarim stakan yog’da qovuring. Piyozlar o’lgandan keyin ustiga tomatlarni soling. Murch, garmdorini ham aralashtiring. Ohirida 2 qoshiq qaynagan suvni tovaga solib 1-2 daqiqa qaynating.
4. Bu qorishmani ham merjimekni ustiga soling. Butun masalliqlarni aralashtirib, idishning ustini yana yoping.
5. Yashil piyozni yuvib mayda to’g’rang. Yarim bog’ petrushkani ham maydalab tog’rang.
6. Chuqur idishimizdagi qorishmaga 2 choy qoshig’i tuzni aralashtirib 10 daqiqa davomida yaxshilab qoring. To’g’ragan piyoz va petrushkani ham qorishmaga aralashtiring va yana 2 daqiqa qoring. Tayyor bo’lgan qorishmadan yong’oq kattaligida bo’laklar olib kotletga o’hshatib shakl bering.
7. Servis tarelkangizni ostiga salat yaproqlarini solib, ustiga kotletlarni tizing.
Yoqimli ishtaha : )
-
A.alaykum. Bugun sizlarga Turkiyada Muharram oyida tayyorlanadigan shirinlik (taomi desak ham bo'ladi, chunki qozonda huddi ovqatday tayyorlanadi) haqida ma'lumot beraman. İsmi ASHURE Birinchi marta Ashureni 4 chi kursdaligimda bir Turk o'qituvchimizni uylarida yegandim. 10-15 talabani uylariga chaqirib bizga talaba uchun ziyofat o'rnida tushki ovqat bergandilar:) Menga Ashure juda yoqqandi, har ne qadar oldin bunday lazzat bilan qarshilashmagan bo'lsam ham hech begonasiramadim:)
Ashure Turkiyadagi ishonishlarga ko'ra Haz. Nuh Payg'ambarning to'fondan so'ngra kemasida qo'liga ilingan yeguliklarni hammasini qozonga solib tayyorlagan taomi, deb bilinadi. Muharram oyida tayyorlanishining sabablaridan biri esa Haz. Huseyin va Karbalo voqeasi bilan bog'liq.
Huddi biz Arafa kuni bir-birimizga osh tarqatganday bu yerda faqat Ashure shirinligi kichkina kosalarda tarqatiladi. 1 hafta ichida 3 qo'shnim olib keldi, men ham mazalariga baho berib o'tiribman, inshalloh eng yaqin paytda men ham tayyorlayman, hali hech pishirmadim.
(http://s53.radikal.ru/i142/1001/9e/51359f1a61ae.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Masalliqlar:
1. 3 stakan mahsus ashura bug’doyi
2. Yarim stakan guruch
3. Yarim stakan fasol (quritilgani)
4. Yarim stakan no’xat
5. ¼ stakan danaksiz mayiz
6. 5-6 dona quritilgan anjir
7. 2-3 tilim apelsin qobig’i
8. 1 qahva krujkasi gul suvi
9. 1 paket vanilin 8 gr
10. 2-3 hovuch findik yoki yong’oq mag’izi
11. 2 qoshiq Hindiston yong’og’i maydasi
12. 5-6 stakan shakar
13. Anor, ezilgan pista
Tayyorlanishi:
1. Oqshomdan bug’doy, fasol va no’xat tozalanib yuviladi. Ayri-ayri idishlarda ivitiladi.
2. Bug’doy, guruch va maydalab to’g’ralgan apelsin qob’ig’i birgalikda qaynatiladi.
3. Qozonga yaxshilab pishirilgan no’xat va fasol solinadi va bir muddat qaynatiladi.
4. Shakar solinadi. So’ngra yuvilgan mayiz solinadi.
5. Olovdan olmasdan 5-10 daqiqa oldin mayda to’g’ralgan anjir, gul suvi va vanilin solinadi.
6. Kosalarga solinib, maydalangan findik, Hindiston yong’og’i va anor, ezilgan pista bilan bezaladi.
(http://s56.radikal.ru/i154/1001/87/789d99e92999.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
(http://s53.radikal.ru/i141/1001/25/21102d2a108b.jpg) (http://www.radikal.ru)
İsmaloqli kotlet
Masalliqlar:
1. 500 gr qiyma
2. 2 tilim qotgan nonning ichini ivitigandan keyin suvini siqib oling
3. 2 qoshiq zaytun yog’i
4. 1 choy qoshig’i tuz
5. 1 qoshiq qatiq
6. 1 dona tuxum
İchi uchun:
1. 1 dona piyoz
2. 500 gr ismaloq
Tayyorlanishi:
1. İsmaloqlarni yaxshilab yuvib to’g’rang. Mayda to’g’ralgan piyoz bilan birga qovuring.
2. Kotlet masalliqlarini aralashtirib qoring. Tuxum kattaligida parchalarga bo’lib, dumaloq shaklga keltiring va bosh barmog’ingiz bilan o’rtasini oching.
3. Kotletning orasiga 1 choy qoshig’i ismaloqdan solib kotletni ustini yoping. Yog’langan listga kotletlarni terib 200 daraja duxovkada45 daqiqaga yaqin pishiring.
-
(http://i060.radikal.ru/1001/4c/9431a59760a4.jpg) (http://www.radikal.ru)
Mitti pitsalar
Hamir masalliqlari:
1. 1 stakan qatiq
2. 1 stakan salat yog’i
3. 0.5 qoshiq tuz
4. 4-4.5 stakan un
5. 1 paket soda (8 gr)
Pitsaning usti uchun masalliqlar:
1. 100 gr kolbasa
2. 100 gr sosiska
3. 4 dona bolgarskiy (uzuni bo’lsa yana yaxshi)
4. 1 qoshiq suv
5. 0.5 qoshiq tomat
6. 1.5 stakan qirg’ichdan o’tkazilgan pishloq
7. 2 dona pomidor
Tayyorlanishi:
1. Hamir masalliqlarini aralshtirib hamirni qoring.
2. Sosiska, kolbasa, bolgarskiy va pomidorni maydalab to’g’rang.
3. Bu masalliqlarni 2 qoshiq suv, 0.5 qoshiq tomat va 1 stakan pishloq bilan aralashtiring.
4. Qorgan hamiringizdan yong’oq kattaligida bo’laklar ayiring. Barmoqlaringiz bilan biroz dumaloq shaklda yoyib o’rtasini oching va masalliqdan soling. Butun hamirni masalliq bilan to’ldirgandan keyin ustiga 0.5 stakan qirilgan pishloq seping. 175 daraja oldindan isitilgan duxovkada 20-30 daqiqa pishiring.
-
(http://s58.radikal.ru/i161/1001/24/80a2262754fb.jpg) (http://www.radikal.ru)
Rasmda ko'rganingiz taomlarni tayyorlanishi haqida ma'lumot berib borishga harakat qilaman inshalloh. Savollar bo'lsa marhamat : )
-
(http://s58.radikal.ru/i161/1001/24/80a2262754fb.jpg) (http://www.radikal.ru)
Rasmda ko'rganingiz taomlarni tayyorlanishi haqida ma'lumot berib borishga harakat qilaman inshalloh. Savollar bo'lsa marhamat : )
Manda savol bor edi, maylimi so'rasam?
Huv anavi og'zi yopiq idishning ichida nima bor? ;D
-
Zaytun yog'i. Bilasiz, odatda salatlarni yog'i keyin solinadi : )
Dasturxonda tuz, murch, garmdori, limon suvi va zaytun yog'i bo'ladi.
Har kim istakka qarab solaveradi bularni.
-
(http://s15.radikal.ru/i189/1001/86/78f914d840ce.jpg) (http://www.radikal.ru)
Duxovkada sabzavotli tovuq:
Masalliqlar:
1. 1 butun tovuq
2. 1 dona limon
3. 2 dona sabzi
4. 4 tish sarimsoq
5. 2-3 dona piyoz
6. 1 dona pomidor
7. 500 gr yashil no’xat konservasi
8. 2 dona yirik kartoshka
9. Jambil
10. Murch
11. Garmdori
12. Tuz
13. Salat yoki zaytun yog’i
Tayyorlanishi:
1. Tovuqni yaxshilab yuvib, har tarafini limon suvi bilan arting. Sabzilarni archib yirik shakllarga bo’ling. Kartoshkalarni ham to’rtburchak qilib to’g’rang. Piyoz va sarimsoqlarni archib ikkiga bo’ling. No’xat va pomidorlarni qo’shib sabzavotlarni hammasini aralashtiring.
2. Ziravorlarni, tuzni zaytun yog’ini va bie necha tomchi limon suvini tovuqni har tarafiga surting.
3. Duxovkaning mahsus paketini unlab tovuq va sabzavotlarni paketga joylang. Paketni bir necha joyidan teshib og’zini mahkam yoping. Oldindan isitilgan 210 daraja duxovkada 45-50 daqiqa pishiring. Pishgandan keyin paketni ichidan tovuqni chiqarib yana bir necha daqiqa duxovkada qoldiring. Shunday qilsangiz tovuqning usti ham qizaradi.
-
(http://s53.radikal.ru/i141/1001/61/f42b26ad5e3a.jpg) (http://www.radikal.ru)
Xohlaganlar sabzavotlarni ichiga qo'ziqorin ham solishlari mumkin....
-
(http://s40.radikal.ru/i090/1001/4a/325572817f32.jpg) (http://www.radikal.ru)
Bu taom ni nomi :"Damat pachasi" yoki "œKuyov bola pochasi" balki yufqalarni pochaga o’hshatishgandir : ) Har bir taomning o’z tarixi bor, albatta. Turkiyaning Trakya deb atalgan qismiga oid. 6-7 kishi bemalol to’yadi. Lekin yonida boshqa ovqat qilmanglar, isshig’ida yeyish kerak, isitishi qiyinroq va mazasi qochadi, hamir ovqatni bilasizlar"¦
Masalliqlar:
1. 3 dona yufqa
2. O’rta kattalikda 1 dona tovuq
Sousi uchun:
1. 3 qoshiq salat yog’i
2. 3 qoshiq qatiq
3. 3 dona sarimsoq tishi(ezilgan)
4. 2 dona tuxumning sarig’i
5. 3 qoshiq un
6. 1 choy qoshig’i tuz
7. 2 qoshiq sirka(uksus)
8. 3 stakan tovuq suvi (tovuqni qaynatgan suvdan solasiz)
Tayyorlanishi:
Avvalo tovuqni mayda bo’laklarga bo’ling va qozonga10 stakan suv solib yaxshilab pishguncha qaynating. Tovuqni suvdan olib, maydalab titing, suvini esa to’kmang.
3 dona yufqani salfetka kattaligidagi bo’laklarga bo’lib, listga joylang.
10 daqiqa oldindan isitilgan duxovkada 175 darajada 15-20 daqiqa yufqalarni usti sarg’ayguncha pishiring. Qizargan yufqalarni duxovkadan olib o’rta kattalikdagi shisha (bor bo’lsa yaxshi bo’ladi) duxovka idishiga joylang va ustiga 6 stakan tovuq suvidan issiq holda aylantirib sepib chiqing.
Ustiga maydalangan tovuq go’shtlarini seping. Yaxshilab yumshashi uchun 5 daqiqa duxovkani ichida qoldiring. Yufqa pishgandagi issiqliga yetgani uchun yonishi shart emas, iliq bo’lsa bo’ldi.
Bir tarafdan sous tayyorlash uchun salat yog’i, qatiq, ezilgan sarimsoq, sirka, tuz, tuxum sarig’i, un va 3 stakan tovuq suvini (agar tovuq suvi qolmagan bo’lsa oddiy suv ham bo’laveradi)chuqur idishda mikserda yaxshilab 2-3daqiqa aralashtiring. Aralashmani qozonga solib o’rta olovda aralashtira boshlang. Atala qo’yiqligiga kelguncha pishiring. Qaynay boshlagandan keyin olovdan oling.
Ohiri esa bu sousni tovuqli yufqalarni ustiga to’king.
Agar saryog’ yaxshi ko’radiganlar bo’lsa, 2-3 qoshiq saryog’ni qizdirib ichiga bir chimdim garmdori soling, issig’ida taomni ustiga to’king.
Mayda bo’laklarga bo’lib, dasturxonga uzatishingiz mumkin.
Osh bo’lsin : )
-
Maklube
(http://s003.radikal.ru/i203/1003/53/92c7c8a73e35.jpg) (http://www.radikal.ru)
Masalliqlar
1. 500 gr to'g'ralgan go'sht
2. 2 stakan guruch (300 gr-ga yaqin)
3. 2 dona kartoshka
4. 1 qoshiq saryog'
5. keragicha tuz
Tayyorlanishi:
Chuqur qozonda go'shtlarni yaxshilab qovuring.
(http://s52.radikal.ru/i138/1003/21/3abb6a8ba064.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Go'shtlarni qozondan olmasdan ustiga yuvilgan guruchni yarimini soling.
(http://s49.radikal.ru/i123/1003/99/286c5f951adc.jpg) (http://www.radikal.ru)
Halqa-halqa kesilib, yog'da qizartirilgan kartoshkani guruchni ustini qoplaydigan shaklda terib chiqing.
(http://s11.radikal.ru/i184/1003/7f/115d1fb2a0f3.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Ustiga qolgan guruchni solib, tekislang. 1 qoshiq saryog'ni mayda bo'laklar holida guruchlarnin ustiga soling.
(http://s002.radikal.ru/i199/1003/6e/4d640ea9f59d.jpg) (http://www.radikal.ru)
Tuzini ham soling va guruchlarni ustidan 3-4 sm yuqorida qaynagan suv soling va qozonni qopqog'ini yoping.
-
Qozonni kavlamasdan past olovda taomni pishiring. Osh pishgandan keyin katta idishga (rasmga ko'rganingizday) go'shtlar yuqoriga keladigan shaklda qozonni to'ntaring.
(http://s43.radikal.ru/i101/1003/53/8816522cb6c1.jpg) (http://www.radikal.ru)
Hoxlasangiz kartoshkani eng ustiga qo'yishingiz mumkin.
Katta idishga solgandan keyin salat va qatiq bilan bezashingiz mumkin....
Osh bo'lsin : )
(http://s58.radikal.ru/i159/1003/97/ea52262139e7.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Assalomu alaykum!
Kapalak opa judayam mazali bosa kere! Korib ishtaham ochilib keti! ;D
-
Assalomu alaykum, Kapalak opa, Turkiyaga mehmonga boradigan bo'ldik bunaqa taomlarni ko'rib, tez forumdagi qizlar yig'ilishib sizni ko'rishga, bir yo'la shunaqa ajoyib taomlardan bahramand bo'lib kelamiz, inshaAlloh.
-
Assalomu alaykum, Kapalak opa, Turkiyaga mehmonga boradigan bo'ldik bunaqa taomlarni ko'rib, tez forumdagi qizlar yig'ilishib sizni ko'rishga, bir yo'la shunaqa ajoyib taomlardan bahramand bo'lib kelamiz, inshaAlloh.
V.assalom Zamiraxon. Sizlar yetarki kelinglar, Turk taomlarni aylansin sizday mehmonlardan ;D
-
"Hamsili palov"
(http://i054.radikal.ru/1003/e8/f32c606d3270.jpg) (http://www.radikal.ru)
Masalliqlar:
1. 1 kg un.
2. Makkajo’hori uni
Palovi uchun:
1. 3 stakan guruch ( 500 gr atrofida)
2. 2 qoshiq palov mayizi (Turk tilida "œkush uzumi" deyiladi)
3. 2 qoshqi do’lmaga solinadigan mahsus pista
4. 1 dona piyoz
5. 1 qoshiq saryog’
6. Petrushka
7. Ukrop
8. Tuz
9. Suv (palovga ketadigan qadar suv)
10. Xohlaganlar murch yoki garmdori ham solishlari mumkin.
Tayyorlanishi:
Avvalo palovni tayyorlaylik. Piyozni saryog’da qovuring. Biroz qovurgandan keyin guruchni ham solib 5-6 daqiqa past olovda qovuring. Mayiz va tuzni ham solib masalliqlarni birgalikda qovuring. Ohirida suvini quyib, palovni pishishini kuting. Suvini tortgandan keyin mayda to’gralgan ukropbi qozonga solib aralashtiring.
Bir boshqa tarafda hamsi baliqlarni tozalang. Yaltiroq taraflarini makkajo’hori uniga botiring. Duxovka idishingizni atrofiga yana yaltiroq qismlarini tashqariga qaraydigan va idishdan biroz oshadigan shaklda tering. Chunki palovni solgandan keyin ustini yopishingiz oson bo’ladi. Hamsilar pishgani sari kichraygani uchun bir-biriga yopishgan holda bo’lsin. Palovni idishning o’rtasiga solib, ustini ham hamsi bilan qoplang. 180 darajada hamsilar qizarguncha pishiring.
(http://s005.radikal.ru/i210/1003/0c/a9e72a8bd6be.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Turkiyaning Afyon viloyatiga oid: "Patlıcan bo'reg'i" yoki Baqlajon taomi
(http://s13.radikal.ru/i186/1005/9f/010445a0024f.jpg) (http://www.radikal.ru)
Masalliqlar:
1. 5-6 dona yirik baqlajon
2. 200 gr qiyma
3. 2 dona pomidor
4. 3 dona uzun bolgarskiy
5. Tuz
6. Murch
7. 3 dona tuxum
8. 1 qoshiq un
9. 3-4 qoshiq salat yog’i yoki 2-3 qoshiq saryog’
10. 1 dona piyoz
11. Biroz jambil yoki petrushkani quritilgani
Tayyorgarlik:
1. Baqlajonlarni ola-bula shaklda po’stini kesamiz.
2. Ularni to’rtburchak qilib kesing.
3. Chuqurroq idishni ichiga suv va ozgina tuz solib baqlajonlarni solamiz, 15-20 daqiqacha tursin, agar achchig’i bo’lsa ketadi.
4. Duxovkangizni shishali yoki metal idishini yog’lang.
Taomning tayyorlanishi:
1. Piyozni mayda qilib to’g’rab yog’da qizarguncha qovuramiz.
2. To’g’ralgan va suzilgan baqlajonlarni ham piyozni ustiga solib biroz tuz bilan birga qovuramiz.
3. Baqlajonlarni o’rta holda yumshaguncha qovuramiz. Unchalik ezilmasligi kerak.
4. Baqlajonlar yumshagandan keyin qiymani solamiz. 1-2 aralahstirgandan keyin tuz, murch, jambil yoki petrushka quritilganini qozonga solamiz. 3 dona tuxumni ham qozonga chaqamiz. Darrov 1 qoshiq unni ham soling. Biroz qo’yiq-biroz suyuq aralashmani olindan yog’langan duxovka idishimizga to’kib, taxta qoshiq bilan tekislaymiz. Men aralashmani ustiga 1 dona tuxumni sarig’ini surdim.
5. Pomidor va bolgarskiyni xohlagan shaklingizda to’g’rab, aralashmani ustiga qo’yishingiz mumkin.
6. Oldindan isitilgan 180-200 darajadagi duxovkaga solib, usti qizarguncha pishiramiz.
7. Pichoq bilan kesib, ikrom etishingiz mumkin.
8. Yonida ayron bilan okroshka (Turkchasi Jajık) yaxshi ketadi.
9. Yoqimli ishtaha : )
-
Anu sabzili salat retspei yog'akanuuuuuu..
-
Anu sabzili salat retspei yog'akanuuuuuu..
Men odatda 5-6 kishilik salat uchun 1 kiloga yaqin sabzini qirg'ichdan o'tkazaman. Yarim stakan salat yog'ida 15 daqiqacha qovuraman, keyin sovutaman. Sovugandan keyin 1 stakan qatiqni ichiga 2-3 tish sarimsoqni ezib solaman va ustidan to'kaman. Eng ustiga esa ezilgan yalpiz, maydalangan garmdori, murch bilan bezak beraman.
-
(http://s54.radikal.ru/i144/1006/20/aadec50014c5.jpg) (http://www.radikal.ru)
Yapon quyoshi
Masalliqlar:
1. 1 kg suyaksiz mol go’shti
2. 300 gr qo’ziqorin
3. 2 dona baqlajon
4. 2 dona yufqa
5. Qatiq
Tayyorlanishi:
1. Go’shtni tovada oz miqdorda salat yog’i bilan suvini tortguncha qovuring. Qo’ziqorinni ham boshqa bir tovada qovurib, go’sht bilan aralashtiring.
2. Baqlajonlarni to’rtburchak shaklida kesib, tuzli suvga soling. 10-15 daqiqadan keyin suvini suzib, yog’da qizarting.
3. Yufqalarni mumkun marotaba eng kichik uchburchak shaklida kesib (8-12 dona) oralariga hech narsa solmasdan sigara bo’regiday o’rang) Uchlarini suv bilan ho’llab yoping va salat yog’ida qovuring.
4. Dumaloq bir idishning eng past qismiga qo’ziqorin va go’sht aralashmasini, ikkinchi qavatga esa baqlajon qovurmasini soling. Ustiga bo’sh sigara bo’reklarini quyosh nurlariday terib chiqing.
5. O’rtasini ochib, sarimsoqli yoki sodda qatiq soling.
Yoqimli ishtaha:)
-
(http://s41.radikal.ru/i093/1006/c2/25cc989823a6.jpg) (http://www.radikal.ru)
Hunkar beg’endi Hunkor (Podshoh yoqtirdi)
Beshamel sousi uchun masalliqlar:
1. 3-4 dona baqlajon
2. 3 qoshiq un
3. 4 qoshiq saryog’
4. 2 stakan sut
5. 0.5 qoshiq tuz
Go’shtli qism masalliqlari:
1. 1 kg qo’y go’shti (uzun-uzun qilib kesing)
2. 2 tilim sarimsoq (to’g’ralgan)
3. 1 qoshiq un
4. 1 qoshiq tomat
5. Tuz
6. Murch
Sousning tayyorlanishi:
1. Baqlajonlarni aluminyum falgaga o’rab gazni ustida yoki duxovkani ichida pishiring. Pishgandan keyin po’stini so’yib, pichoqda ezing.
2. Saryog’ni unda qovuring.
3. Sutni oz oz soling.
4. Tuz soling,
5. Bu sousni ezilgan baqlajonlarga aralashtiring.
6. Qorishmani chuqur idishga soling.
Go’shtning tayyorlanishi:
1. Go’shtni tovada, oz miqdorda yog’ bilan suvini tortguncha qovuring.
2. Unni soling.
3. Sarimsoq va tomatni ham qo’shgandan keyin tuz va murch bilan lazzat bering.
4. Go’shtli qorishmani kengroq idishga soling.
Dasturxonga birinchi sous so’ngra esa go’shtni solib torting.
Yoqimli ishtaha:)
-
"Misket" kotletlari
(http://s55.radikal.ru/i149/1009/a4/99c01060e203.jpg) (http://www.radikal.ru)
Kotlet uchun
1. 500gr yog'siz qiyma
2. 2 tilim biroz suvi qochgan nonni ichi
3. 3 qoshiq zaytun yog'i, bo'lmasa salat yog'i
4. 3 qoshiq sut
5. biroz murch
6. istakka qarab biroz garmdori
7. 1 dona tuxum
8. biroz tuz
9. istakka qarab mayda to'g'ralgan petrushka
Bu mahsulotlarni yaxshilab qoring. Muzxonaga 10-15 daqiqa qo'ying.
Keyin oz yog'da qizarguncha qovuring.
Yoqimli ishtaha:)
-
Karnıyarık
Masalliqlar:
6 dona o'rta kattalikda baqlajon. Shakli to'g'ri bo'lsa ichini yorishingiz ham oson bo'ladi.
2 dona o’rtacha piyoz
2 qoshiq tomat (yozda 2 dona pomidor ham bo’ladi)
250 gr qiyma
2-3 dona bolgarskiy, Bulgar qalampiri (uzunidan bormi, O’zbekistonda bilmadim)
1-2 tish (dona) sarimsoq
1/3 stakan yog’ (stakan 250 ml)
2 qoshiq margarin yoki saryog’
2 stakan issiq suv
Ozgina petrushka (istakka ko’ra)
Tuz, murch, achchiq qalampir (istakka ko’ra)
Tayyorlanishi:
1. Baqlajonlarni ola-bula qilib, yani boshdan boshlab ohirigacha ingichka qilib po’stini kesing. Keyin ichiga tuz solingan idishga yarim soat solib qo’ying. Baqlajonlarni suvdan chiqarib yaxshilab mo’l suvda yuving. Keyin sochiq bilan suvini quriting. Bo’lmasa yog’da qovurayotganingizda yog’ sachratadi.
2. Tovada qizdirilgan yog’da baqlajonlarni kuydirmasdan qovuring. Rangi hafif pushti bo’lishi bilan boshqa taraflarini ham bir tekisda qovuring. Hamma tarafini yaxshilab yog’da qovursangiz ham yumshoq bo’ladi, ham achchiq joyi qolmaydi.
3. Pomidorlarning po’stini arching. 6 dona dumaloq shakl parrak qilib kesgandan keyin qolganlarini maydalab to’g’rang.
4. Piyoz va bolgarskiylarni ovqatga to’g’raganday to’g’rang.
5. Boshqa bir tovada margarin yoki saryog’ni eriting. Qiymani yog’da 3-4 daqiqa qovuring.
6. Piyoz va bolgarskiylarni ham qiymaga qo’shib 1-2 daqida qovuring.
7. Pomidorlarni (mayda to’g’ralganlarini) yoki tomatning 1 qoshig’ini qovuring.
8. Bor bo’lsa petrushkani solib qovuring.
9. Qorishma qizara boshlaganda olovdan oling, ustiga tuz, murch va achchiq qalampirni va mayda to’g’ralgan sarimsoqni aralshtiring.
10. Baqlajonlarimiz yog’da qovurilgandan keyin sovugani qoldirgan edik. Ularni o’rtasidan qoshiqni orqasi yoki vilka bilan sekin sekin bostirib yoring. Yorishda diqqat eting, tagi teshilib qolmasin.
11. Yuqorida qovurib tayyorlagan qiymali masalliqni baqlajonlarni ichiga soling. Ustiga oldindan parrak holida kesib tayyorlangan pomidorlardan qo’ying. Agar bor bo’lsa, bolgarskiy aralsh ham qo’yishingiz mumkin.
12. Baqlajonlarni duhovkaning listiga yonma yon qilib tizing. Agar qiymali qorishmadan ortgan bo’lsa atrofiga yoyishingiz mumkin.
13. 2 stakan qaynoq suvni 1 qoshiq tomat, yarim qoshiq choy qoshig’i tuz bilan yaxshilab aralashtiring. Baqlajonlarning ustiga to’kib, 20 daqiqa duxovkada pishiring.
14. Meni teflon qozonim bor, keng bo’lgani uchun duxovkada emas shu qozonimda pishiraman. Siz ham o’zingizga qarab pishirishingiz mumkin.
(http://s57.radikal.ru/i157/0909/51/ed935c1bcf7f.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Kapalak, tayyorlagan taomlariz judayam chiroyli chiqqan..elina saglik Allah bereket versin...
-
Kisir
(http://s001.radikal.ru/i195/1012/fe/a2ab6a105f51.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
(http://i046.radikal.ru/1011/c9/82a24f9da56f.jpg) (http://www.radikal.ru)
(http://s011.radikal.ru/i316/1011/eb/78dbd2b35d22.jpg) (http://www.radikal.ru)
"Fırında patlıjan kebap" yoki Duxovkada baqlajon kabobi:)
Masalliqlar:
500 gr o’rtacha yog’li qiyma
1 kg o’rta bo’y baqlajon
4-5 dona pomidor (agar pomidor kam bo’lsa ustiga tomatni suvda eritib to’ksangiz ham bo’ladi)
2 qoshiq tomat
2 dona piyoz
4-5 dona bulg’or qalampiri-uzunidan
tuz, murch, garmdori
5-6 qoshiq pista yog’i
2-3 tish sarimsoq
Tayyorlanishi:
1 dona piyoz va sarimsoqlarni qirg’ichdan o’tkazing. Bularga qiyma, tuz, murch va garmdorilarni qo’shing. Butun masalliqni yaxshilab qoring. Hosil bo’lgan kotlet "œhamirini" 1 soat muzlatgichda kuttiring. Baqlajonlarni qalin 2 sm qadar halqalar shaklida to’g’rang. Achchig’i ketishi uchun tuz solingan idishda 15 daqiqa tuting. Qiyma hamiridan yong’oq kattaligida parchalar olib yassi kotlet shakli bering va 2 baqlajon halqasi orasiga joylang. Butun masalliqni shu shaklda duxovka idishingizga terib chiqing. Pomidorlarni po’stini archib mayda qilib to’g’rang. Mayda to’g’ralgan piyoz bilan aralashtiring va baqlajonlarni ustiga seping. Men 2 dona pomidorni parrak qilib kesib, joyladim. Bulg’or qalampirini ham baqlajonlarni yoniga tering. Ohirida pista yog’ini baqlajonlarni ustidan sepib, 280 darajada 1 soatga yaqin pishiring. Men kabobni guruch bilan dasturxonga tortdim.
-
Kapalak, Allah sizdan rozi bo'lsin...erinmay bolezdan vaqt ajratib yozganiz uchun rahmat kottakon..
albatta tayorlab ko'raman : )
-
Iloji bo`lsa turklarning shirinliklari resteptlaridan ham yozilar?
-
masalan Qurabiyeni?
-
masalan Qurabiyeni?
Mana bu yerda Kurabiye ta'rifi bor:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2362.0
-
Duxovkada kolbasali makaron
İchi uchun Masalliqlar (5-6 kishi uchun)
1. 300 gr duxovka uchun mahsus makaron, bo'lmasa yirik uzun makaron.
2. 3 dona tuxum
3. 1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq.
4. 1 stakan (200gr) sut
5. 5-6 qoshiq salat yoki zaytun yog'i
6. biroz petrushka (xohlaganlar uchun)
7. 100 gr kolbasa
8. tuz
9. murch
Usti uchun:
1 stakan qirg'ichdan o'tkazilgan pishloq
Tayyorlanishi:
1. Makaronni 15-20 daqiqa suvda pishirgandan keyin suzing va 1 qoshiq salat yog'i kezdiring (yopishmasligi uchun)
2. Bir idishda sut, tuxum, petrushka, yog', to'g'ralgan kolbasa, pishloqni aralashtiring.
3. Qorishmani makaron bilan biroz aralashtiring.
4. Duxovka idishingizni yog'lab, qorishmani soling.
5. Ustiga pishloqni seping.
6. Oldindan isitilgan duxovkada makaronni usti qizarguncha pishiring. Men 200 darajada 45 daqiqa pishirdim.
Yoqimli ishtaha.
(http://s41.radikal.ru/i094/1102/ee/40902cb78112.jpg) (http://www.radikal.ru)
(http://s19.radikal.ru/i192/1102/a9/698bb62244db.jpg) (http://www.radikal.ru)
-
Kapalak opa vaqtingiz bo'lganda turk boreklaridan ham o'rgatib o'ting.
Ko'katli borek, tuhumli boreklar bo'lardi.
-
Kapalak opa vaqtingiz bo'lganda turk boreklaridan ham o'rgatib o'ting.
Ko'katli borek, tuhumli boreklar bo'lardi.
Inshalloh:)
-
:asl3: Kapalak опа. Сиздан бир туркча ширинлик ҳақида ссрамочийдим. леикн номиним билмайман, сизга суратини ҳам қсйиб беролмайман. Жуда ёқдида. тушунтириб ксраман :)
А анги қора, ичида печенье бслаклари бор. Жудасм мазали. Дастурхонга тортиш олдидан совутгичда совутилар скан. Бслмаса қуюқ асалга схшаб сриброқ тураркан. Бирон нарса тушундингизми :)))
-
Sabzavotli bo’rek
Masalliqlar:
1. 3 dona tayyor yufqa
2. 2 dona kartoshka
3. 2 dona sabzi
4. 1 stakan yashil no’xot (zelyonıy goroshek)
5. 5-6 qoshiq salat yog’i
6. 1 chimdim tuz
7. Bo’rekni ustiga surtish uchun 1 tuxumni sarig’i va 1 qoshiq qatiq
8. Sedana
Tayyorlanishi:
Avvalo sabzini qirg’ichdan o’tkazib qizigan yog’da qovura boshlaymiz, bu orada kartoshkalarimizni qirib tayyorlaymiz. Sabzi 5 daqiqacha qovurilgandan keyin kartoshkalarni ham tovaga solib qovuramiz, tuzni sepamiz. 5 daqiqadan keyin esa no’xotlarni aralshmaga solamiz va 2 daqiqacha qovuramiz. Qorishmani olovdan olib ilitamiz.
Yufqalarni 8 ga bo’lamiz. Kosachani ichida masalliqni solib, somsaga o’hshab yopamiz. Qattiq bosmang, o’zi yopiladi Ustiga tuxumni surtamiz, sedanani sepamiz.
180 darajda isitilgan duxovkaga bo’reklarni joylashtiramiz. 40 daqiqadan keyin sabzavotli bo’reklar tayyor"¦
Pazandalik sirlari mavzusida shu postingizga duch keldim.
Shu yuqorida pirishilgan borekni rasmidan bormi?
-
Sabzavotli bo’rek
Masalliqlar:
1. 3 dona tayyor yufqa
2. 2 dona kartoshka
3. 2 dona sabzi
4. 1 stakan yashil no’xot (zelyonıy goroshek)
5. 5-6 qoshiq salat yog’i
6. 1 chimdim tuz
7. Bo’rekni ustiga surtish uchun 1 tuxumni sarig’i va 1 qoshiq qatiq
8. Sedana
Tayyorlanishi:
Avvalo sabzini qirg’ichdan o’tkazib qizigan yog’da qovura boshlaymiz, bu orada kartoshkalarimizni qirib tayyorlaymiz. Sabzi 5 daqiqacha qovurilgandan keyin kartoshkalarni ham tovaga solib qovuramiz, tuzni sepamiz. 5 daqiqadan keyin esa no’xotlarni aralshmaga solamiz va 2 daqiqacha qovuramiz. Qorishmani olovdan olib ilitamiz.
Yufqalarni 8 ga bo’lamiz. Kosachani ichida masalliqni solib, somsaga o’hshab yopamiz. Qattiq bosmang, o’zi yopiladi Ustiga tuxumni surtamiz, sedanani sepamiz.
180 darajda isitilgan duxovkaga bo’reklarni joylashtiramiz. 40 daqiqadan keyin sabzavotli bo’reklar tayyor"¦
Pazandalik sirlari mavzusida shu postingizga duch keldim.
Shu yuqorida pirishilgan borekni rasmidan bormi?
bor edi, kuting arxivdan topishga harakat qilaman inshalloh
-
:asl3: Kapalak опа. Сиздан бир туркча ширинлик ҳақида ссрамочийдим. леикн номиним билмайман, сизга суратини ҳам қсйиб беролмайман. Жуда ёқдида. тушунтириб ксраман :)
А анги қора, ичида печенье бслаклари бор. Жудасм мазали. Дастурхонга тортиш олдидан совутгичда совутилар скан. Бслмаса қуюқ асалга схшаб сриброқ тураркан. Бирон нарса тушундингизми :)))
:vsl3:
hımmm, memicha pudingni ichiga pechenye solingan...
-
:vsl3:
hımmm, memicha pudingni ichiga pechenye solingan...
Йсссқ, унақамас сди :)) Хамир оғизда срийдиган, мармаладга схшаб кетадиган шакарли бсларкан :)). Бир суриштириб ксраман сна нима скана у?
-
:vsl3:
hımmm, memicha pudingni ichiga pechenye solingan...
Йсссқ, унақамас сди :)) Хамир оғизда срийдиган, мармаладга схшаб кетадиган шакарли бсларкан :)). Бир суриштириб ксраман сна нима скана у?
men topa olmadim, siz surishtiring yaxshisi:)