Xil'atidin to aylamish jonon qizil, sorig', yashil,
Shu'layi ohim chiqar har yon qizil, sorig', yashil.
Gulshan ettim ish sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sorig', yashil.
Shishadek ko'nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sorig', yashil.
Orazu xoling bila xatting xayodin erur
Ko'zlarim ollida davron qizil, sorig', yashil.
La'lgun mat tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo'q imkon qizil, sorig', yashil.
Faqr aro berangliq dushvor erur behad, valek
Xirqada timak erur oson qizil, sorig', yashil.
Ey Navoiy, oltinu shingarfu zangor istama,
Bo'ldi nazming rangidin devon qizil, sorig', yashil.
***
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin,
Ko'ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?!
Ko'zi qahrinmu deyin, kipriki zahrinmu deyin,
Bu kuqudrat aro ruxsori safosinmu deyin?!
Ishqi dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?!
Zulfi dominmu deyin, la'li kalominmu deyin,
Birining daydi, yana birining adosinmu deyin?!
Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko'nglak uzra gulrangi qabosinmu deyin?!
Charx ranjinmu deyin, dhr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?!
Ey Navoiy, dema qosh-u ko'zining vasfini et
Qoshi yosinmu deyin, ko'zi qarosinmu deyin?!