So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257780 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 ... 68 B


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:09:17

284/6. Voil ibn Hujr roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edim, ikki kishi kelib bir yer xususida xusumatlashdi. Ulardan biri: «Mening johiliyatdagi yerimni bu kishi tortib olyapti, ey Allohning rasuli», dedi. U Imrul Qays ibn Obis al-Kindiy bo‘lib, xusumatchisi Rabiy’a ibn Ibdon edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Dalil-isboting bormi?» degandilar, u: «Dalilim yo‘q», dedi. «Uning qasami bormi?» degandilar, u: «Unday bo‘lsa, haqni olib ketadi», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Senga buning ahamiyati yo‘q, faqat qasami kerak, xolos», dedilar. Qasam ichish uchun o‘rnidan turganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror yerni zulm bilan tortib olsa, Allohga Uning g‘azabini keltirgan holda yo‘liqadi», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:09:46

62-bob Birovning molini tortib olishni qasd qilgan, uning haqqida qon to‘kishni qasd etgani, agar o‘ldirsa, do‘zaxga tushishi kim moli himoyasi yo‘lida o‘ldirilsa, shahid ekani haqida

285/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Agar biror kishi kelib, molimni tortib olishni xohlasa, nima qilay?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Molingni berma», dedilar. U kishi: «Agar men bilan urushsa-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen ham urush», dedilar. U kishi: «Agar meni o‘ldirsa-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sen shahidsan», dedilar. U kishi: «Agar uni o‘ldirsam-chi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U do‘zaxdadir», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:09:58

286/2. Umar ibn Abdurahmonning qullari Sobit xabar berishicha, Abdulloh ibn Amr bilan Anbasa ibn Abu Sufyon o‘rtalarida urushga sabab bo‘luvchi narsa sodir bo‘lganida, Xolid ibn Oss otiga minib, Abdulloh ibn Amr huzuriga bordi va unga va’z-nasihat qildi. Shunda Abdulloh ibn Amr: «Bilmaysanmi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim moli (himoyasi) yo‘lida o‘ldirilsa, u shahiddir», deb aytganlar», dedi.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:10:13

63-bob Qo‘l ostidagilarni aldagan voliyga do‘zax bo‘lishi muqarrarligi haqida

287/1. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod Ma’qal ibn Yasor al-Muzaniyning o‘limlariga sabab bo‘lgan kasalliklarida ziyoratlariga kirganlarida, Ma’qal roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan bir hadis eshitganman, agar hayotim davom etishini bilganimda uni gapirmas edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (Alloh) qaysi bir qulini xalqqa boshliq etsa-yu, u o‘layotgan paytida ham xalqni aldagan holida o‘lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:10:32

288/2. Hasan roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod roziyallohu anhu Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu kasalliklarida huzurlariga kirib, u zotdan so‘raganlarida Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu: «Men senga bir hadisni aytib beraman, uni senga gapirmagan edim. Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh biror qulini xalqqa boshliq etsa-yu, o‘layotgan paytida ham ularni aldagan holda o‘lsa, Alloh unga jannatni harom qiladi», dedilar», deb aytdilar. Ubaydulloh ibn       Ziyod      roziyallohu      anhu:       «Budan       oldin       menga      buni gapirmaganmidingiz?»  deganlarida Ma’qal  ibn Yasor roziyallohu anhu: «Gapirmadim» yoki «Gapirmagan edim», dedilar. Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:10:44

289/3. Abu Mulayh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ubaydulloh ibn Ziyod roziyallohu anhu Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhuning kasallik paytlarida ziyoratlariga kirganlarida Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhu: «Men senga bir hadisni gapirib beraman, agar o‘lim holatida bo‘lmaganimda uni senga gapirmas edim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Biror amir musulmonlar ishida bopgliq bo‘lsa-yu, keyin ularga kuchini sarf qilmasa va nasihat qilmasa, ular bilan birga jannatga kirmaydi», deb aytganlarini eshitdim», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:10:57

64-bob Ba’zi qalblardan iymon va omonat ko‘tarilib, unda fitna sodir bo‘lishi haqida

290/1. Huzayfa ibn Yamondan (r.a.) rivoyat qshshnadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikkita gap aytdilar. Ularning birini ko‘rdim. Ikkinchisini (qachon bo‘lar ekan, deb) kutib turibman. Avvalgisi — iymon kishilar qalbining tubiga tushadi. Keyin Qur’on tushadi. Ular Qur’on va sunnatni o‘rganadilar. Ikkinchisi - kishilardan iymon ko‘tariladi. Odam biroz uxlaganida, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, ozgina izi qoladi, xolos. So‘ngra yana biroz uxlasa, uning qalbidan iymon ko‘tarilib, uning izi qavarib ketganga o‘xshaydi. Buning misoli xuddi oyog‘ingni cho‘qqa solsang, u shishib ko‘tarilganini ko‘rasan-u, lekin unda biror narsa bo‘lmaganga o‘xshaydi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyoqlariga toshlarni misol uchun tashladilar-da, so‘ngra quyidagilarni aytdilar: «Odamlar subhda turib, bir-birlari bilan oldi-sotdi qilishadi. Va omonatni ado qiladigan biror kishi topa olishmaydi. Hattoki, ishonchli kishi qolmaganidan ahvol shu darajaga yetadiki, falon mahallada ishonchli kishi bor yoki falon kishi aqlli, o‘tkir fikrli, subutli, deyiladi. Uning qalbida esa xantal urug‘i misqolicha ham iymon yo‘qdir». Huzayfa: «Mening ustimga shunday zamon keldiki, men kim bilan oldi-sotdi qilsam, parvo qilmas edim. Agar musulmon bo‘lsa, menga xiyonat etishidan uning dini to‘sardi. Agar nasroniy yoki yahudiy bo‘lsa, menga xiyonat qilishidan uning boshlig‘i to‘sardi. Ammo bugungi kunda falonchi va falonchidan tashqari boshqa hech kim bilan oldi-sotdi qila olmayman», dedilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:11:12

291/2. Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Umar roziyallohu anhu huzurlarida edik. U zot: «Sizlardan qay biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning fitnalarni zikr qilganlarini eshitgansiz?» deganlarida, qavmdagilar: «Biz eshitdik», deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Sizlar kishining ahli va qo‘shnisidagi fitnani nazarda tutyapsizlarmi?» degan edilar, ular: «Ha», deyishdi. Umar roziyallohu anhu: «Bu narsaga namoz, ro‘za va sadaqalar kafforot bo‘ladi. Lekin sizlarning qaysi biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning dengiz to‘lqini kabi junbushga keluvchi fitnani zikr qilganlarini eshitgan?» deganlarida, qavmdagilar jim turishdi. Men esa: «Men eshitganman», dedim. Umar roziyallohu anhu: «Otangga balli», dedilar. Men: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, u zot: «Fitnalar kishilar qalbiga xuddi bo‘yraning ketma-ket qilib to‘qilganidek, fitnalar ham paydar-pay keladi. Qaysi qalbga undan ichirilsa, qora nuqta bo‘ladi. Qaysi qalbdan u olinsa, oq nuqta bo‘ladi. U ikki qalbga aylanib, hattoki biri safo kabi oq bo‘ladi. Usha qalbga, modomiki yeru-osmon turar ekan, fitnalar zarar bera olmaydi. Ikkinchisi esa ag‘darilgan qora-oq ko‘zaga o‘xshaydiki, yaxshilikni bilmaydi, yomonlikni inkor etmaydi, faqat havoyi nafsiga ichirilgan narsanigina biladi», dedilar», deb aytdim».

Huzayfa roziyallohu anhu: «Men buni Umar roziyallohu anhuga gapirib: «Siz bilan u fitnaning orasida qulfli bir eshik bor. Yaqin kunlarda qulfi sinishi mumkin», deganimda, Umar roziyallohu anhu: «Haqiqatda sinadimi? Agar ochilsa, shoyad, yana berkilishi mumkin», dedilar. Shunda men: «Balki sindiriladi, albatta bu eshikdan maqsad bir kishi bo‘lib qatl qilinadi yoki o‘ldiriladi. Bu aytayotgan narsalarim hadis bo‘lib, oldingi ahli kitoblarning sahifasi emas», deb gapirib berdim».

Abu Xolid roziyallohu anhu Sa’d roziyallohu anhuga: «Ey Abu Molik! Hadis matnidagi «Ma asvadu murboddan» jumlasi nima?» deganlarida, u zot: «Qora ichidagi qattiq oqlik», dedilar. «Va «Al-Kavzu muhajjiyan» nima?» desalar, u zot: «Ag‘darilgan ko‘za», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:11:25

65-bob Albatta Islom g‘arib holda boshlandi va tez kunlarda g‘arib holatiga kaytadi. Albatta u ikki (Makka ila Madinadagi) masjidga qaytishi haqida

292/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom g‘arib holatda boshlandi va tez kunlarda qanday g‘arib bo‘lib boshlangan bo‘lsa, o‘sha g‘ariblik holatiga qaytadi. (Ushandagi) g‘ariblarga muncha ham yaxshi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  18 Oktyabr 2006, 16:11:39

293/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta Islom g‘arib holatda boshlandi va tez kunlarda qanday g‘arib bo‘lib boshlangan bo‘lsa, o‘sha g‘ariblik holatiga qaytadi. Albatta u ikki (Makka va Madinadagi) masjidga qaytadi, xuddi ilon o‘z iniga qaytganidek», dedilar.

Qayd etilgan