As-salomu alaykum aziz forumdoshlar!
Alloh hammangizni ilmlarizga ilm zehnlarizga zehn qo'shsin. Bu viktorinani tashkil qilgan tashkilotchilarga Allohning madadi bo'lsin!
Manda 5 tur yuzasidan savollar mavjud!
1) 8. Ma'lumki, Rasululloh (s.a.v.) safarga o'zlari bilan olib chiqadigan ayollarini qur'a tashlab tanlaganlar. "Muraysi" jangida Rasululloh (s.a.v.) ayollari o'rtasida tashlangan qur'a qaysi zavjai mutohharalariga chiqqanini toping.
a) Oisha binti Abu Bakr
b) Ummu Salama
c) Hafsa binti Umar
d) A va B
e) A,B va C
To'g'ri javob: Oisha binti Abu Bakr.
Izoh: Oltinchi hijriy sananing sha'bon oyida Rasululloh (s.a.v.)ga Bani Mustaliq qabilasi u zotga qarshi odam töplayotgani haqida xabar keldi. Payg'ambar s.a.v. dushmanni kutib o'tirmasdan ustiga bosib borishga qaror qildilar. U zot ayollari o'rtasida qur'a tashlagan edilar, Oish onamiz r.a.ning qur'alari chiqdi. Ikki taraf Bani Mustalaqning "Muraysi" nomli suvxonasi hududida to'qnashdi. Shuning uchun ushbu jang "Muraysi" jangi ham deyiladi (Hadis va Hayot 25 juz 73 b).
Javob berilgan ammo aynan shu manbaning 227 betida bu g'azotda Ummu Salama onamiz ham ishtirok etganlari keltirilgan ammo bu javoblarda o'z aksini topmagan. Hamda yana internet manbalarida ham 2 onamiz ushbu g'azotda (Bani Mustaliq - Muraysi') qatnashganliklarini zikr qilishgan.
yana bitta savol ushbu turda
11. Ma’lumki birgina Oisha onamizning Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislari soni 2210 ga yetgan. Qolgan sakkiz mo’minlar onalarining jami rivoyatlarining soni qancha?
a) 4554
b) 786
c) 890
d) 612
e) 2270
To'g'ri javob: 612
Izoh: Birgina Oisha onamizning Rasululloh (s.a.v.)dan rivoyat qilgan hadislari soni 2210ga yetgan. . Qolgan sakkiz mo’minlar onalarining jami rivoyatlarining soni 612 ni tashkil etadi. (Siyrati Nabaviy)
shu yerda 8 soni emas balki 9 sonini keltirish maqsadga muvofiq bo'ladi sabab onalarimizning umumiy sonlari 11 ta bo'lgan va 2 ta joriyalari. Shu 11 onamizdan 2tasi hadis rivoyat qilmagan. shunda ular soni 8 ta emas 9ta bo'ladi.
Shu savollarimmi balki taklifdir tekshirib ko'rishingizning viktorina tashkilotchilardan iltimos qilaman!