"Keranmari"Buni asosan koreys halqi tayyorlaydi. Tayyorlash juda osonligi va mazali bo'lgani uchun uyda tez-tez tayyorlab turaman.
"Keranmari"resepti:
3ta tuhum
ozgina(1ta) ko'k piyoz,
0,5 ta ko'k chesnok (dona donaligimas, ko'k piyozga o'xshagani)
pishloq
1ta qizil bulg'or qalampirining yarmi
pishirish uchun 2osh qoshiq yog'
Tayyorlanishi:
3ta tuhum idishda yaxshilab aralashtirilgach, 4sm qilib kelisgan ko'k piyoz va chesnok+ozgina tuz solinadi. Keyin ingichka somoncha qilib to'g'ralgan bolgarskiy(qizil rangidan solsangiz chiroyli chiqadi) hammsini aralashtiramiz.Yog'ni tovaga solib masalliqni solamiz. Tegi salgina pishib ustki qismi xali pishmasidan sirni solamiz va rulet qilib o'raymiz.
Yoqimli ishtaha~