a) Yerning yashashga tayyor bo‘lgan ilk payti: bungacha tuproq bir kimyoviy birikmalar yig‘indisi edi, so‘ngra tuproqdan kutilgan jon yuzaga keldi.
Oldin o‘simliklar, keyin jonlilar yashay boshlashi uchun tuproqning jonlanishi shart edi. Zero, tuproqdagi bakteriyalarning faoliyatga o‘tib, azotni va fosforni organik kimyodagi birikmalarga qo‘shiladigan ahvolga keltirmasdan burun o‘simliklarga hayot eshigi ochilishi mumkin emasdi.
Shunday qilib, o‘lik tuproqning ilk tirilishi Ollohning shu bakteriyalarni ishga solib, tuproqqa jon berishi hodisasidir.
Olloh, oyatda aniq-tiniq ma’lum qilganidek, avval o‘lik bo‘lgan tuproqqa jon berganini, ya’ni bakterial hayotni ishga solganini (biz buni tiriklik deymiz) sharhlaydi. Har qalay, faqat shundan keyingina don-dunlar chiqqaniga keyingi jumlada ishora qiladi.
b) Tuproq ana shu tiriklik vasfiga erishgandan keyin, tuproqqa yangidan hayot ustiga hayot bergan holati ham ayricha bir hikmatdir. Bu yerda yomg‘irdan so‘z ochilmaganligi-tuproqning o‘zidagi bakterial jonlilikni juda yorqin ifodalash uchundir. Boshqa oyatlarda, bu tirilish yomg‘ir bilan amalga oshiriladi, ma’nosida kelgan amrlar inobatga olinsa bu oyatdan bunday ma’no ham chiqadi: tuproqqa jon berdim. U eng quruq holida ham shu sirga ega, ya’ni tuproq jonlidir. Faqat uning bu jonliligini goh tezlashtiraman, goh sekinlashtiraman.
Oyatning ikkinchi jumlasiga kelsak... Zotan, ilk jumla bilan bu jumlalarning zikr etilish tartibi eng muhim mo‘jiza siridir. Zero, tuproqning jonlanishi, bu - don-dunlar chiqarishi emas Unday bo‘lgan taqdirda tuproqdan don-dun chiqardik, uni jonlantirdik, shaklida amr qilinardi. Holbuki, Olloh, oldin tuproqni jonlantirdik, deb amr etgan. Ana undan keyingina o‘sha jonli tuproqdan don chiqardik, deydi! Bu yerdagi "habba" ta’birida ham o‘ziga xoslik bor. Garchi umuman "habba" - "o‘simlik" tushunchasiday kelsa ham, tanlangan kalima asosan "don-dun" deb tafsirlagandagina oziq-ovqat bo‘ladigan o‘simlik urug‘lari xayolga keladi.
Bu yerdagi nazokat meva va boshqa o‘simlik turlari emas, urug‘ shaklidagi oziq-ovqatlar zikr etilganligidadir. Zero, oyat va jon ato bo‘lish ham donni jonli qilib yaratilganligini, hamda jon ato bo‘lish hodisasi tuproqda yuz berishini ko‘rsatmoqda.