Alisher Navoiyning "Mahbub- ul qulub" asarida
til haqidagi fikrlar:
" Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz. Ko’p bemaza so’zlaydigan ezma kechalari tong otguncha tinmay huradigan itga o’xshaydi. Tili yomon odam xalq ko’nglini jarohatlaydi, o’z boshiga ham ofat yetkazadi. Nodonning vahshiylarcha baqirmog’i — eshakning bemahal hangramog’i. xushsuxan odam yumshoqlik bilan do’stona so’z aytadi; ko’ngilga tushushi mumkin bo’lgan g’am uning so’zi bilan daf bo’ladi. So’zda har qanday yaxshilikning imkoni bor, shuning uchun ham aytadilarki, "œnafasning joni bor"¦"
O’zi xunuk, gapi bema’ni, ovozi yoqimsiz odam qurbaqaga o’xshaydi. Baxt bag’ishlovchi toza ruh manbai ham til; yomonliklar keltiruvchi nahs yulduzining chiqar joyi ham til. Tilini tiyolgan odam — donishmand, oqil; so’zga erk bergan odam — beandisha va pastkash. Til shirin va yoqimli bo’lsa yaxshi; til bilan dil yaxshi bo’lsa, yana yaxsshi. Til bilan dil insondagi eng yaxshi a’zolardir. Bo’stonda gulsafsaar, gulg’uncha va rayhonlar eng yoqimli gullardir.
Odam tili bilan boshqa hayvonlardan imtiyozlidir. Uning tili orqali boshqa odamlardan afzzalligi bilinadi. Til shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma’qul bo’lib chiqsa, tilning ofatidir.
Til shirinligi ko’ngilga yoqimlidir; muloyimligi esa foydalidir . chuchuk til achchiqqa aylansaa, ko’pchilikka zarari tegadi; qanddan may tayyorlansa, harom bo’ladi. Shirin so’z sof ko’ngillar uchun asal kabi totlidir; bolalar uchun muloyim tabiatli odam halvofurush kabi sevimlidir".
Soz'durki nishon berur o'likka jondin,
So'zdurki nishon berur jong'a jonondin.
Insonni so'z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo'q ondin.Dono xalqimizda "So'zdan so'zning farqi bor, o'ttiz ikki narxi bor" degan purma'no maqol bor. Suhbatlashish madaniyati insonning dunyoqarashidan kelib chiqadi deb o'ylayman. Shu o'rinda har bir so'zni kerakli o'rinda, kerakli joyda turli xil ishlatish kerak. Bu so'zlarni ishlatish ham eshituvching yoshiga , dunyoqarashiga, qabul qilishiga moslanmog'i darkor. So'zlashni bilgan inson tinglashni ham bilishi lozim.