YIGITLAR KO`ZLARNI KATTAROQ OCHING: IYMONLI QIZLAR TANQISLIGI DAVRI BOSHLANYAPTI!!!
AYOLINGIZ YOKI QIZINGIZGA HAMMA NARSAGA RUXSAT BERIB SHU TANQISLIKKA HISSA QO`SHMANGLAR, ILTIMOS!!!
Assalomu alaykum! Chindan ham shunaqa davrga kelyapmiz, shekilli. uqorida juda ko'p va asosli mulohazalar qoldirilgan ekan. Xo'sh, shunaqa davrning boshlanishida erkaklarning "rol"i nechog'lik bo'lyapti? Hayotiy misollar bilan iloj bo'lsa fikrlaringizni aytsangiz.
Assalomu-alaykum va rahmatullohu va barakotuhu hurmatli Xonimlar va Janoblar.
Tan olish kerak ancha ibratli mulohazalar,shaxsan men uchun.
Robiya xonim ta'kidlab o'tganlaridek, erkaklarning bu masaladagi o'rinlari "beqiyosdir" taasuflar bo'lsinkim.
Albatta,bu bilan men"Hamma erkaklar landovur,oilada o'rni yo'q" demoqchimasman.
Alhamdulilloh,iymonli, insofli, ziyoli, oilasini ham hidoyatga boshlovchi, yaxshi tarbiya etuvchi akalarimiz,yana bir bora Alhamdulilloh anchagina topiladilar.Su insonlarni deb,birmuncha tartibda ,hozirgi e'tiqodimiz.
Hali yuqorida ta'kidlaganlaridek,ayollarimiz,qizlarimiz haddan tashqari o'zlarining avratlarining ochilish foizlarini ko'paytirmoqdalar,afsus.
Bu holat asosan markaziy shaharlarda juda yaqqol ko'zga tashlanmoqda.Masalan Toshkentni olaylik,yoki men Qashqadaryolikman,Qarshini olaylik.
To'g'risi bu holatlarning eng oldingi boshlovchilari nomusulmon millatlarning vakilalaridirlar.
Misol uchun koreys,rus millatiga mansub aholi ko'p bo'lganligi uchun shularni olamiz. Tavba qildimu, ketayotgan shunaqa "modnica"larning yalang'ochmi nima balo deb o'ylaysiz.Avratlarining 90 foizi to'la ko'rinib turadi.Men bu bilan juda qarovchiman shularga demoqchimasman,albatta,astag'furulloh.
Shularni ko'rgan kaltafahm,imonsiz, farosatsiz ,tarbiyasiz ayollar,qizlar,o'zlaricha madaniyatli ko'rinish uchun ulardanam o'tkazib"ochilib"ketadilarey,tovba.
Buning isbotini ko'rmoqchimisiz,marhamat,institutlar oldiga borib turing,kollejlar oldiga borib turing,hattoki maktablar oldiga boring.
Ayrim o'qituvchilarimiz,qaytaraman,ayrimlari,hoh oliygoh,hoh kollej,hoh maktablarda bo'lishsin,butun qomatini parda ostidan ko'z-ko'z qilib yurishga o'tganlar.
Bu ahvolda talabalar nima qilsinlar,o'rnak olishadida keyin.Ayniqsa viloyatlardan kelgan,tor tushunchali qizlar(hammasi ham emas,tarbiyalilari juda ko'p,xususan ) shunday kiyinishga oshufta bo'ladilar.
Buni ko'rgan yigitchayu,yigitlar,kattaroq yigitlarchi,nima qiladilar,betarbiyalari albatta.
Hirsi o'yg'onadimi,o'sha "modnicaga "qarab?Keyin,boshlanadi romanlar.
Asosiy maqsad ham shu qizlarda, erkak jinsini jalb etish,unga erishish.
Keyin gazetalarimizda qator-qator sevgi izhorlari bilan bir qatorda, kriminalistik maqolalar ham joy ola boshlaydilar.Nima haqda?
Falonchiev Falonchi o'z hissiyotlariga erk berib.....................Natijada, Falonchiev boltani(pichoqni,teshani, tovani(skvorotka) va hokazolarni yozishadi) olib chopibdi.
Yoki FalonchievaFalonchixonim o'z jonlariga qasd qilibdi.
Sababi,Falonchi ismli shaxs,...............................,keyin qochib ketibdi yurtiga.Buni Falonchieva qoldirgan maktubchadan bilib qolishibdi,hozir u talaba(yoki yigit savdo qiluvchi O'rikzorda,Farhod bozorida va hokazolar)qidirilmoqda.
Ayni vaqtda bu gapimni hech kim inkor etolmaydi,hammamizning ko'z o'ngimizda sodir bo'layotgan voqealar bular.Men faqat ta'lim sohasidan misol keltirdim.
Boshqa joylar ham bundan kam emas.
Ko'chalarda o'zbek qizlarining,20 santimetrlik jins shortlarda ko'rib nafratlanib ketaman.Nega kerak shu narsa?
Javob bitta,yigitni o'ziga qaratish.Bugun bittasini yoqtirsa,ertaga undan zo'rrog'ini.
Xudo ko'rsatmasin,turmushga chiqsa,qayerdan bilasiz,avratini hammasini ko'chada ochib yurgan qizdan nima kutishlikni.E o'sha kelin bo;lsayam shu qilig'ini davom ettiruvchilar ham anchagina.Eri biror uzoqroq safarga ketsa ,tamom, ozodlik, hohlagancha ishrat qiluvchilar ham anchagina,afsuski.
Xo'sh endi o'ylab qarasak, nega bizning musulmonlar jamiyatida bu jirkanchlik bosh ko'tardi?
Javobni yaqin o'tmishimizda qidirsak topamiz.
Sobiq SSSR vaqtida olib borilgan siyosatlar,ya'ni milliylik,musulmonlikni yo'qotib,aholi ongiga zamonaviylik deb atalmish,nasroniylik odatlariyu,udumlarini singdirish,bugungi kunda o'z natijasini ko'rsatyapti.
Nega bunday deyapman.?
Siz bilan garov o'ynashim mumkin.shundoq ko'chaga chiqb 10 ta odamdan so'raymiz 3 ta narsani
1siz tahoratni bilasizmi?
2siz kalimangizni bilasizmi?
3siz islom udumlarini yarmini bilasizmi
deb so'raymiz.
Men ishonch bilan ayta olaman,
3 kishi hammasini biladi,
5kishi umuman bilmaydi,
2 kishi chala-chulpa biladi.
Bu nimadan dalolat?Bu aholi orasida islomiy qoidayu, udumlarning o'ta tanqisligidan.Shunchaki og'izda"biz musulmon "deyishlik bilan musulmon bo'lib qolmaydiyu, to'g'rimi?
Men buni juda ko'p kuzataman,na qizlar,na yigitlar tahorat qilish yoki kalima ag'darishni bilishmaydi,ota-onasi bilmasa,o'rgatmasa,qaerdan bilsin.
Shundan kelib chiqib,xulosa qilsak,o'sha yalang'och yuruvchilar ham o'sha10 ta odamning 5 tasidirlar, 2 tasi esa har ikkovida ham yuradilar.
Oilada,erkakning roli haqida gapiribsiz.
Sir emas,hozirgi kunda, iqtisodiy qiyin palladagi oilada,agar ayol tirikchilik deb atalmish aravani sudrasa tamom,u xo'jayin.
Albatta hamma shunaqa ayollar demoqchimasman,astag'furulloh.
Keyin,be e'tibor boy erkaklar ham borlar.
Bular nima qiladilar?
Ayollar hohlagancha kiyinadilar,albatta no islomiy,chunki tirikchilik shunga bo'g'liq,yoki,yayrab yashagisi keladi.
Erkaklar loqaydlar,xotini yoki qizi butun qomatini reklama qilsalar ham ,xursandlar,menikilar chiroyli, yoki zamonaviy deb,astag'furulloh.Bu holat xristianlarda udum,xotini birov bilan ko'p gaplashib qolsa,yoki hamma xotiniga qarasa,xursand,"mening xotinim(yoki qizim) shunchalik go'zal yoki jozibador ekan,men baxtliman "deb.Astag'furulloh.Tavba qildim.
Keyin ularda vafo,sadoqat,toza qalblilik anqonning urug'i.Bugun sevsa,erta yoqmay qolib,qo'shnini sevib qoladida,meni kechir deb ketaveradi,tovba.
Bu holatlar,ular kabi kiyinish odat bo'lgandek,odat bo'lmasin,ilohim.Xudo ko'rsatmasin buni.
Shuning uchun har bir erkakka bo'g'liq bu narsa,kuchli nazorat,kuchli tarbiyagina bu iflosliklarning davosi bo'la oladi. Har bir xonadon, gunoh nimayu,savob nimaligini bilsa,bu dardlar tuzalishi mumkin.
Yuqorida aytganimdek,oldin ota-ona bilsagina keyin farzanlar biladi,agar o'rgatsalar,vallohu alam.Shu o'rinda,kiyinish haqida Hadisi Shariflarda berilgan ma'lumotlarda keltirsangiz,nur ustiga,a'lo nur bo'lardi,hurmatli moderatorlar.