Adajonim bizaga dinda ko`p narsalarni rag`batlantirib o`rgatganidila...
Namozni nechchi yoshdan, qanaq qib boshlaganim esimda yo`q ammo, boshqa narsalarda o`rgatish, sevdirish uslublari ajoyib edi... Masalan, bir kuni buvijonimlarnikiga mehmonga bordik. Tog`amlani fotoapparatlari bor edi,bir pastta chiqarib beradigan (nomi esimda yo`q) bitta qog`ozi qolganakan. Hamma jiyanlarim bilan rasmga tushdik. Lekin sinim nimagadur chalg`ib, boshini orqaga qaratib oldi. Rasmam huddi shunaqa chiqdi. Kech payt adajonim keldila, rasmni maqtangani op chiqdik. Adajonim sinimmi maqtab kettila, "o`zimmi aqlli qizim rasmda yuzini ko`rsatmaptide, mani qizim rasmga tushib bo`masligini biladide" Manga rassa alam qildi. Adajonim maniyam maqtasinla deb o`sha rasmni yertib tashlagan edim. Keyin adajonim maniyam rassa maqto`dila... Yana bir matta rassa ko`p yeqqan nakleykalarimmi ko`rib qolib, mani aqlli qizim yugurib borib o`zi ahlatga tashab keladi hozi, muslimala bunaqa narsala o`ynamasligini biladi deb gapirganlarida yugurib borib tashab keganidim. Chunki nakleykalani hammasida ochiq-sochiq qo`g`irchoqlani rasmi bor edi... O`sha payt biza 4-5 yosh bo`lganmiza...
Maqtab rag`batlantirisham yahshi usul manimcha. Sinalgan!...