Assalamu alaykum aziz forumdoshlarim!
Haq Subhanohu va taologa behad hamdu sanolar bo'lsin. Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo salallohu alayhi vasallamga salovot va durudlarimiz bo'lsin hamda ularning sahobalari, nubuvvat xonadoni xonimlari, barcha ansoriy,muhojirlar, ISLOM yo'lida xizmat qilganlarga cheksiz hurmatimiz, havasimizni bildiramiz.
Alloh muborak qilgan kunda Siz va boshqa ahli musulmonlarga XAYRLI kelsin! Alloh ushbu kunni munosib o'tkazishga O'zi noil aylasin. Amallarda erinchoqlik qilishdan saqlasin!
Allohim, O'zing bizni Islomda sobit qilgin, amallar mukammalligi yo'lida qilajak harakatlarimizda madad bergin, shayton vasvasasidan O'zing bizni muhofaza et!
Shunday muborak kunlaringdagi singari boshqa kunlarda ham O'z yodingdan, zikringdan begona qilma, Allohim! Faqat Sengagina suyanaman, Sengagina tavakkul qilaman, Sendan o'zga tayanchim,suyanchim yo'q. Men bandangni O'z marhamating va rahmatingdan darig' tutma, ayirib qo'yma.......
Azizlarim, Jum'a Muborak bo'lsin barchangizga...