Assalomu alaykum.
Qaynim doktor bo'ldi alhamdulillah, unga sovga sifatida Samsung Galaxy Not 2 oldik. Butun ishlarini bitta telefonda hal qilsin, deb.
Bu telefonni ishlatganlar bormi?
Nimalarga e'tibor bersin?
Qanday funksiyalari bor?
Chunki baribir ishlatgan odam yaxshi biladida:)
Oldindan rahmat.
Ha aytgancha narxhi qancha siz taraflarda:)
Va alaykum assalom. Muborak bo'lsin.
Galaxy Note 2 Toshkentda 550-600$ atrofida.
O'zimku ishlatmaganman, lekin hamma Galaxy S3 bilan deyarli bir, faqat razmeri katta va ruchkasi bor deydi.
Funksiyalari: Shahsan menga ko'zni uzganda o'chib qolishi, telefonni qiyshaytirganda boshqa sahifalarga o'tishi, telefonni barmoq bilan sekin ikki marta urib qo'yganda sahifa boshiga avtomatik o'tishi ko'p qo'l keladi. Ayniqsa kamerasiga gap yo'q, xohlagancha nastroyka qilish mumkin, kameraga teskari qarab tursangiz olmaydigan qilishi, o'zingizni rasmga olmoqchi bo'lsangiz telefonni bir joyga qo'yib jilmaysangiz rasmga olishi, bir necha kishi turgan bo'lsa orasidan bir kishini belgilab tiniq qilib olishi, bir necha kishi ho'mrayib turganda olmay birortasi jilmayganda avtomatik rasmga olishi...
umuman funksiyalari juda ko'p, xohlaganini o'chirib xohlaganini yoqib ishlatadi. Menga ko'p funksiyalari kerak bo'lmagani uchun, batareyani himoya qilib o'chirib qo'yaman. Yo'qsa, zaryadi 16 soatga yetmasdan o'chadi.
Nimalariga e'tibor berish kerak?:
Sensorga himoya suv qog'ozidan qoplash.
Sensorni quyoshda qoldirmaslik.
Pen (ruchkasi)ni ko'pam sug'urib qayta joyiga qo'yavermaslik kerak. Sensorning o'zi barmoqlarni juda yaxshi sezadi.
Zaryadnikda turganda telefonda ishlamaslikni, bu qizib ketishiga olib keladi.
Zaryad tez tugamasligi uchun keraksiz dasturlarni o'chirib qo'yish, ayniqsa multimediyani. Kamerani ishlatgandan so'ng albatta buni o'chirish kerak. Bunga alohida "GoTaskManager" singari dasturlar kerak bo'ladi. Nastroykadan ham o'chirsa bo'ladiyu, lekin har ikki soatda nastroykaga kirib chiqish ko'p vaqtni oladi.
Qo'shimcha HDMI cabel olish. Bu oddiy USB fleshkani ulab telefonga ma'lumotni ko'chirib olish imkonini beradi. Yoki, tezkor yozish kerak bo'lgan joyda (asosan internetda) USB klaviaturani ulab klaviaturada yozish mumkin bo'ladi. Umuman USB"lik har narsani o'qiy oladi.
Kerakli dasturlarni Google Play (Android Market)dan yuklab olsa bo'ladi, ko'p dasturlar tekin.