FASL
Ilm talab qilmoq farzligi bayonida
Vaqtiki ma’lum bo‘ldi, har kishig‘a ul ilmni bilmak vojibdurkim, qilur amalida ul ilmga hojatmand bo‘lg‘ay. Bas, bilgilki, omi(lar) hamisha xatardadurlarkim, agar bir amalni qilmoqni xoqish qilsalar, ul amal ilmini bilmagay, xatar voqe’ bo‘lsa, bilmay qilibdurmen, degani qiyomat kuni hisob bo‘lmas. Chunonchi kishikim, xotuni birla hayz ko‘rgan holatda mubosharat qilsa, va yo hayzdin forig‘ bo‘lib, g‘usul qilmasdan ilgari suhbat qilsa, bul af’ollarning haromlig‘ini bilmay qildim, degani uzrli bo‘lmas.
Agar mazluma subhdin ilgari hayzdin pok bo‘lsa, o‘tkan kungi namozi shom va namozi xuftanning qazosini o‘tamakni bilmas, va yo kishikim, xotinini hayz ko‘rgan holatda taloq qilsa, ul xotun namozning qazosini o‘tamakni bilmadim degani, bu nimarsa hayzda taloq qilmoqni haromlig‘ini bilmadim, degani uzrli bo‘lmas. Haq taoloning dargohidin xitob kelurkim, «Farmon qilmadimmu, ilm talab qilmaq farzdur, nima uchun farzni o‘rganmay haromga qadam qo‘yding», deb azob qilur.
Bildingki, omiy(savodsiz) hech vaqtda xatardan xoli bo‘lmas.Bas, ma’lumdurki, odamga hech ish dunyo va oxiratda ilm o‘rganmakdan afzalroq va ulug‘roq emasdur. Ilm o‘rganmak o‘zga hunardan manfaatliroqdur. Chunki o‘qug‘uvchi to‘rt ishdan xoli bo‘lmas: yo o‘zig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyoliq bo‘lur.
Agar dunyosi bo‘lsa, ilm dunyosini saqlar. Bu olimning izzatiga va oxiratning saodatiga sabab bo‘lg‘usidur. Agar kifoyat qilg‘uncha dunyolig‘i bo‘lmasa, bebisotlikka qanoat qilsa, darvishlik qadru sharofatini bilg‘ayki, darvishlar dunyodorlardin besh yuz yil ilgari behishtga kirgaylar. Bas, ilm inson uchun bu dunyoning osoyishi va oxiratning saodatiga sabab bo‘lg‘usidur.