Ammo kishi o‘zi va ahli ayolining hojatig‘a kifoyat qilg‘uncha dunyosi bo‘lsa, aniqki, ul kishig‘a ibodat qilmoq kasb va tijorat qilmokdan ortiqroqdur. Va kishi hojatidan ziyoda dunyo topmoq talabida bo‘lsa, ul kishida hech fazilat yo‘qtur. Ziyonkordur, dunyog‘a ko‘ngil bog‘lagan bo‘lur. Ul ,kishikim, dunyosi bo‘lmasa va lekin hojatiga kifoyat qilg‘uncha moli vaqfdan yetib tursa, bu nav’ kishig‘a ham, kasb va tijorat qilmaslik yaxshiroqdur. Bas, bu tariqa kishilar bo‘lg‘ayki, ilm va shariat o‘rganmakg‘a mashg‘ul bo‘lg‘ay, tokim haloyiqg‘a oxirat ishini bayon qilib, manfaat yetkurgay va yo ilmi tib o‘rgangaykim, xalqg‘a sihhati badan ishida manfaat yetkurgay va yo kishi qoziliq ishig‘a mutasaddi bo‘lib, xalq maslahatig‘a mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi safoyi botin (ko‘ngil ravshanligi) hosil qilib, so‘fiylarning zikr va fikr ta’limiga mashg‘ul bo‘lsa va yo kishi ibodatda avrodga - duolarga mashg‘ul bo‘lsa, bularning rizqi xonaqodan va vaqfdan va yo xalqning nazr sadaqasidan hosil bo‘lib, kishidan bir nimarsa tilamakka hojati bo‘lmasa, bularga kasb va tijorat qilmokdan ibodat qilmoq yaxshiroqdur.
Buzurglardin ba’zilar bor ediki, uch yuz oltmish do‘sti bor edi. Har kuni bir do‘stining uyida hamisha mehmon bo‘lib, toat va' ibodatga mashg‘ul bo‘lur edi va ba’zilari bor ediki, o‘ttiz do‘sti bor erdi, har do‘stining uyida oyda bir kun mehmon bo‘lib, hamisha toat va ibodatg‘a mashg‘ul edilar. Ammo birovdan bir narsani talab qilib, o‘zig‘a xorliq yetkurmas edilar. Agarda maishati hosil bo‘lmasa, kishidan bir narsa tilamak gunoh jumlasidan bo‘lgani uchun kasb va tijorat qilmog‘i yaxshirokdur. Ammo ro‘zg‘ori but bo‘lib, yetarli bo‘lsa, kasb va tijoratdan ko‘ra ibodat qilmog‘i avlodur. Ammo boshqa iloj topmasa, zarurat tufayli halol bo‘lur. Agar kishi martaba va darajasi baland bo‘lib, xaloyiqg‘a ilmidan manfaati ko‘p yetsa, kishidan bir narsa tilamak birla xorliq yetmasa, ul kishiga kasb va tijorat qilmay, ilm qilmoq yaxshirokdur. Ammo kishi ibodati zohiriyga mashg‘ul bo‘lsa, ul kishig‘a kasb qilmoq yaxshidurki, hamma ibodatning haqiqati Haq taologa zikr aytmoqdur. Kasb va tijorat qilmoqda ko‘nglini Haqtaolo zikrig‘a mashg‘ul tutqali bo‘lur.