643/4. Kalada ibn Hanbaldan (r.a.) rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, oldilariga kirdim-da, salom bermadim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib, boshidan «Assalomu alaykum, kiraveraymi?» degin», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari.
Mana shu salomni izn so‘rashdan oldin keltirganimiz to‘g‘ridir. Morudiy aytishlaricha, bu uch ko‘rinishdadir. Birinchisi, yuqoridagi (ya’ni, avval salom, keyin izn). Ikkinchisi, izn so‘rashni salomdan oldin qilish. Uchinchisi, ixtiyoriy, agar izn so‘rovchining ko‘zi xonadon sohibiga kirishdan oldin tushadigan bo‘lsa, salomni avval beradi. Agar ko‘zi tushmasa, izn so‘rashni oldin qiladi.
Fasl: Agar biror kishidan kirishga salom ila izn so‘ralsa yoki eshikni taqillatilsa va ichkaridan «Kimsan?» deyilganida, «Falonchi o‘g‘li falon» yoki «Falon faloniy» yo «Taniqli falonchi» kabi tom ma’noda tanitish lozim bo‘ladi. Ammo «men» yoki «bir bola» yoki «xodimingiz» yoki «do‘stlaringizdan biriman» kabi so‘zlarni aytish makruhdir.